Baholash mezoni:
“5” baho-mavzuni to`liq o`zlashtirgan, tushunchalarga to`g`ri ta`rif bera olgan, o`z fikrini erkin bayon eta olgan, amaliy jihatdan dasturda erkin ishlay olgan, fakt va misollarni o`z vaqtida keltirgan o`quvchilarga qo`yiladi.
“4” baho-mavzuni bayon etishda qisman xatolikka yo`l qo`ygan, ammo o`qituvchining yordami bilan uni tuzata olgan, amaliy jihatdan o`qituvchi yordamida dasturda ishlay olgan, shuningdek o`z fikrlarini bayon etishda qisman xatoliklarga yo`l qoyadigan o`quvchilarga qo`yiladi.
“3” baho-mavzuni 55% o`zlashtira olgan, atama va tushunchalarni izohlashda bir necha xatoliklarga yo`l qo`ygan, o`z fikrini bayon etishga qiynalgan, ma`lumotlarni umuman bayon eta olmagan o`quvchilarga nisbatan qo`yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |