A. I. Umirdinov, A. M. Xakimov xalqaro ommaviy huquq sud amaliyoti o‘quv-uslubiy qo‘llanma (keyslar to‘plami) toshkent – 2018


Xalqaro tashkilotlarning xalqaro huquq subyektliligining ahamiyati



Download 7,07 Mb.
bet41/110
Sana15.04.2022
Hajmi7,07 Mb.
#554986
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   110
Bog'liq
Xalqaro sud qarorlari materiallari (1)

Xalqaro tashkilotlarning xalqaro huquq subyektliligining ahamiyati.

Ichki (mahalliy) huquqdagi yuridik shaxslarga oid normalar qonun va qonunosti hujjatlarida aniq qilib belgilanligiga qaramasdan xalqaro huquqda bunday aniqlik, afsuski, mavjud emas. Shunday holatdagi xalqaro huquqda subyektlilik masalasini qanday hal etish lozimligi, ushbu chigal huquqiy masalani hal etishda muhim boshlanish nuqtasi hisoblanadi. Sud BMT Nizomida tashkilotga berilgan maqomni yaxshilab o‘rganib chiqqan holda oxir-oqibat ijobiy xulosaga keldi. Bizningcha, ham ushbu xulosa o‘rinli bo‘lgan. Shunday bo‘lsa-da, Sud xalqaro huquqning subyekti (subject of international law) xalqaro huquq va majuburiyatlarga ega bo‘lib, o‘zi ega bo‘lgan huquqlarga tayangan holda xalqaro da’vo qo‘zg‘ata oladi, degan izohdan boshqasini bermagan. Shu sababli Sudning qisqa tarzda bayon qilingan xulosasi, huquq subyektining ahamiyati va uning xalqaro shaxs (international person) bilan aloqadorligi masalalalarini yetarlicha yoritmasdan tushunmovchiliklarga sabab bo‘lib, keyinchalik tanqid qilingan. Misol uchun, xalqaro huquq bo‘yicha ko‘zga ko‘ringan olimlardan Sands va Kleinlar, Sudning “xalqaro tashkilotlar shartnoma tuzish layoqatiga ega, shuning uchun ularni subyekt sifatida tan olish lozim. Aynan ushbu subyektliligidan xalqaro da’volarni qo‘zg‘ata olish vakolatini keltirib chiqarganligini” sirkulatsion fikrlash (circular reasoning) deya tanqid ostiga olishadi.35 Chunki sirkulatsion fikrlash bir munozara asosini yana o‘ziga qaytarib olib keladigan mantiqiy jarayondir. Biroq Sud ushbu konsulatativ xulosasida bunday fikrlamagan. Bundan tashqari, shu paytgacha taklif etilgan nazariyalar orasida BMTga a’zo davlatlardan mustaqil bo‘lgan tashkiliy shaklga ega xalqaro tashkilotning mavjudligi faktiga asoslangan holda uning xalqaro subyekt ekanligini tan olib, tashkilotning ta’sis hujjatida belgilangan vakolatlarning borligi yoki yo‘qligini inobatga olmagan holda, xalqaro tashkilotlarda ma’lum bir vakolatlarning mavjudligini (shartnomalar tuzish vakolati, hududiy yurisdiksiya, elchilik missiyalarini jo‘natish va qabul qilish, ko‘rilgan zararni undirish da’vosini qo‘zg‘atish kabi) da’vo qiladigan nazariyalar mavjudligini ham inkor etmaslik lozim. Ammo ularni ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlamaydi.
Shu bilan birga, davlatlar emas, balki xalqaro tashkilot tomonidan biror bir shaxsga zarar berilsa, u masala qanday hal etiladi degan muammoli savol ham mavjud. Biroq Sud bu masala bo‘yicha konsultativ xulosada o‘z fikrini bayon etmagan.


    1. Download 7,07 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish