A. I. Gertsen Iroda borasidagi nazariyalar



Download 21,41 Kb.
Sana06.07.2022
Hajmi21,41 Kb.
#743424
Bog'liq
g.to\'xtasinova

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti pedagogika fakulteti matematika-informatika yo’nalishi 1MI-21 guruh talabasi To’xtasinova Gulchiroyning umumiy psixologiya fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Iroda borasidagi nazariyalar


Mundarija:
Reja

  1. Iroda borasidagi nazariyalar

  2. U.Djeymsning qarashlari (fikri)

  3. Irodaning eng muhim xususiyati

  4. Harakat motivlari va motivlar kurashi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Agar inson irodasi sof, maqsad sari fidokorona yo‘nalgan va o‘zida okean quyunini mujassamlashtira olgan bo‘lsa, unday iroda ko‘p narsaga qodir, u dahshatli kuchga ega, unga deyarli chegara yo‘q.


A. I. Gertsen

Iroda borasidagi nazariyalar


Iroda —odamning oʻz faoliyati va psixik jarayonlarini oʻzi boshqarishda namoyon boʻladigan qobiliyati. Inson Iroda viy harakatini amalga oshirar-kan, oʻziga xukmron ehtiyoj va xohishlariga qarshi turadi: I. uchun «men xohlayman» degan kechinma emas, balki «kerak», «bajarishim shart» degan kechinma xosdir.Inson faoliyatining barcha turlari va har qanday mehnat kishidan mustahkam Irodani talab qiladi. Iroda mehnatda paydo boʻladi va toblanadi. Irodaning ongdagi faoliyati harakat maqsadini belgilashda, maqsadga erishish vosi-talari va yoʻlyoʻriqlarini oldindan aniqlab, maʼlum qarorga kelishda hamda bu qarorni ijro etishda namoyon boʻladi. Odamda Irodaning qay darajada ekanligi maqsadni qanday roʻyobga chiqarishida koʻrinadi. Iroda viy harakat jarayonlarida kishi ichki va tashqi toʻsiqlarga duch keladi. Ichki toʻsiqlar kishining oʻziga, uning ichki mayllariga xos holat. Kishining ichki mayllarini yenga olish, oʻzini boshqarish va oʻz ustidan hukmronlik qila bilish layoqati ichki Iroda deb ataladi. Tashqi toʻsiklar tevarakatrofdagi voqelikda uchraydi. Kishining ana shunday tash-qi toʻsiqlarni yenga olish layoqati tashki Iroda deb ataladi. Irodaviy faoliyatda tashqi toʻsiqlarni yengish (tashqi Iroda) ichki toʻsiqlar (ichki Iroda) ni yengish bilan uzviy bogʻliq.Irodaning muhim sifatlari: oʻzini tuta bilish, dadillik, qatʼiylik, chidam va toqat, prinsipiallik, mustaqillik va b. I. kuchi shu sifatlarning qay darajada namoyon boʻlishiga qarab belgilanadi. Kishi yuksak gʻoyalarga asoslangan ongli qatʼiyat va sabot bilan oʻz harakati yoʻlidagi toʻsikdarni yengar ekan, u kuchli Iroda egasi hisoblanadi. Iroda kishining xarakteri bilan uzviy bogʻliq, uning shakllanishida muhim rol oʻynaydi.Irodaning tadqiqoti uzoq tarixga ega bo’lib, u inson ongining mohiyatini kashf qilishdan boshlanib, muayyan bilimlar to’planishi tufayli shaxsning irodasi tabiatini tushunishga ilmiy yondashuv vujudga kelgan davrgacha bo’lgan tarixiy yo’lni bosib o’tgan. Arastu o’z davrida irodani jon haqidagi fanning muhim tushunchasi deb e'tirof etgan. Uning fikricha, iroda inson xulq-atvorini o’zgartirishini boshqarish imkoniyatiga ega bo’lgan omil hisoblanadi. Gumanitar yo’nalish, ya'ni inson muammolariga e'tiborning ortishi bilan o’zo’zidan irodani o’rganish ham dolzarb masalaga aylanib bormoqda. XVIII-XIX asrlarda bu muammo eng markaziy psixologik tadqiqot masalalaridan biri edi. Biroq psixologiya fanida XX asr boshlarida ro’y bergan inqiroz tufayli u ikkinchi rejaga o’tib qoldi, uni mutlaqo inkor etish mumkin emas. XVII asrdayoq Gobbs va Spinozalar ta'kidlab o’tganlaridek, faollik manbaini bemahsul sohaning paydo bo’lishi, deb tushuntirish mumkin emas, chunki uning shaxsiy kuch-quvvatini hissiy intilish bilan uzviylikda qarash lozim. Spinozaning fikricha, iroda bilan aql aynan bir narsadir. Unga bunday yondashish irodaning ilmiy nuqtai nazardan tushuntirishni shakllantirgan bo’lsa, ikkinchi bir tomondan u mustaqil substansiya sifatida tan olindi. V.Vundtning mulohazasicha, 268 irodaning negizida appersepsiya aktining sub'ekti tomonidan ichki faollik uniki ekanligini his etish yotadi. Uning bu konsepsiyasi emosional yoki affektiv nom bilan psixologiya faniga kirib keldi.
U. Djeymsning qarashlari (fikri)
U.Djeymsning tan olishicha, irodaviy harakatlar boshqa ruhiy jarayonlarga qorishtirib bo’lmaydigan birlamchi xususiyatga egadirlar. Har qanday g’oya dastlab dinamik tendensiyaga ega bo’lganligi tufayli irodaviy aktning vazifasi diqqat yordami bilan bir g’oyaning boshqasi ustidan ustuvorligini ta'minlashdan iboratdir. Yetarli darajada qat'iy fikr qaror topganligi, iroda - bu insonning qo’yilgan maqsadlariga erishish uchun qilgan faolligidir. Iroda tushunchasi mohiyatiga inson tomonidan maqsad g’o’ya olish kabi shaxsiy gavdasini va xulqini idora qilish ham kiritiladi. I.V.Selivanov irodani tadqiq etish negizidan kelib chiqqan holda ayrim xulosalarni chiqaradi: a) iroda-bu shaxsning o’z faoliyatini va olamdagi o’zini-o’zi boshqarish shakllarini anglashning tavsifidir; b) iroda-inson yaxlit ongining bir tomoni hisoblanib, u ongning barcha shakl va bosqichlariga taalluqlidir; v) iroda-bu amaliy ong, o’zgaruvchi va qayta quriluvchi olam, shaxsning o’zini ongli idora qilishlikdir; g) iroda-bu shaxsning hissiyoti va aql-zakovati bilan bog’liq bo’lgan xususiyatidir, ammo qaysidir harakatining motivi, turtkisi hisoblanadi. V.I.Selivanov irodaning psixologik jabhalarini yoritayotib, u shunday g’oyani ilgari suradi, insonning ongini jarayonlar, holatlar, xislatlarni o’zida mujassamlashtiruvchi yaxlit tizim sifatida tasavvur qilish mumkin. Shaxsning u yoki bu ongli harakati o’zining tuzilishiga ko’ra bir davrning o’zida ham aqliy, ham hissiy, ham irodaviy hisoblanadi. Tadqiqotchi V.I.Ivannikov esa irodani motivatsiyaning ixtiyoriy shakli sifatida tushunadi. Shuningdek, harakat ma'nosining o’zgarishi hisobiga tarmoqlovchi yoki qo’shimcha turini yaratuvchi imkoniyat yangi real motivlarni harakat bilan birlashtiruvchi, yoinki vaziyatning tasavvur motivi tariqasida talqin qiladi. Irodaviy boshqaruv esa harakatni "ixtiyoriy boshqaruv ko’rinishlarining bittasi sifatida" tushuniladi, bunda boshqaruv motivatsiyaning ixtiyoriy o’zgarishi orqali amalga oshirilishi sifatida qaraladi. Keltirilgan mulohazalardan ko’rinib turibdiki, psixologiya fanida irodani tushunish, ta'riflash bo’yicha bir xil munosabat yaratilmaganday, irodaviy sifatlarning ma'naviy asosini tahlil qilish yuzasidan ham umumiylik, mustaqillik, qat'iyatlilik, sabr-toqatlilik, intizomlilik, dadillik, jasoratlilik va tirishqoqlilikni kiritadi. P.M.Yakobson bo’lsa, irodaning muhim sifatlari sifatida mustaqillik, qat'iylik, tirishqoqlik o’zini uddalashni ko’rsatadi. Insonda namoyon bo’ladigan irodaviy sifatlar sarasiga A.I.Shcherbakov quyidagilarni kiritadi: sobitqadamlik va tashabbuskorlik, tashkillashganlik va intizomlilik, urinchoqlik va qat'iyatlilik, chidamlilik va o’zini uddalashlik, botirlik va jasoratlilik. Iroda borasidagi tadqiqotlarda "ishonch" atamasi qo’llanilishi kamdan-kam hollarda qo’llaniladi. Shunga qaramasdan ishonch, iroda sifati tariqasida tadqiq etilishga haqlidir. Buning uchun A.I.Shcherbakov tomonidan quyidagicha 269 tadqiqot ishi amalga oshirilgan. Tadqiqotchining ta'kidlashicha, bir talabaga qisqa vaqt (fursat) ichida insititutni tugatish taklif qilingan, lekin sinaluvchi bu ishni uddasidan chiqa olmaslikni oshkora bildirgan. Shundan so’ng tadqiqotchi talabada o’z kuchiga ishonch uyg’otishni maqsad qilib qo’ygan va unda irodaviy zo’r berish, qiyinchiliklarni yengish vositalarini shakllantirgan. Buning natijasida talaba o’z maqsadiga erishishga musharraf bo’lgan. Xuddi shu bois hozirgi zamon psixologiyasining irodaga oid nazariyasi zaifligi tufayli irodaviy sifatlarni tasniflashning asosiy tamoyili ishlab chiqilmagandir.
Irodaning eng muhim xususiyati
Ma’lumki, insonning ehtiyojlari ijtimoiy tuzum shakllari taraqqiyotiga qarab o‘zgaradi. Shu bois o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun inson harakat qiladi. Shaxs o‘z harakatlari yordami bilan muhitga moslashadi va undan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanadi. Lekin shu bilan birga odam muhitni o‘z ehtiyojlariga muvofiqlashtirib o‘zgartiradi, qayta quradi va o‘ziga moslashtiradi. Odamning shaxs sifatidagi faollik xususiyati shundan iboratki, o‘z ehtiyojlarini qondirishga yordam beradigan harakatlari instinktiv harakatlar emas, balki asosan oqilona, ongli harakatlardir. Bu onglilik shundan iboratki, odam oldindan biron-bir maqsadni ko‘zlab harakat qiladi, shu maqsadga etishish uchun yordam bera oladigan vositali yo‘l va usullarni oldindan qidirib topadi, to‘sqinlik va qiyinchiliklarni engish uchun ongli ravishda kuch-g‘ayratini ishlata oladi. Odam faqat o‘ziga xos madaniy-ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishda-gina emas, balki, tabiiy-biologik ehtiyojlarini qondirishda ham ongli va oqilona ravishda ish tutadi. Odam tevarak – atrofdagi narsalarni o‘zgartirib o‘ziga moslashtirar ekan, yangilik yaratadi, ijod qiladi, shu yangilikni tevarak-atrofdagi voqelikka qo‘shadi, voqelikni o‘zgartiradi va to‘ldiradi. Umuman odam har doim harakat qilmasdan tura olmaydi. Ana shu jihatdan olganda odamning barcha harakatlarini ikki turkumgabo‘lish mumkin. Ulardan birinchisi ixtiyorsiz harakatlar bo‘lsa, ikkinchisi ixtiyoriy harakatlardir. Odamning ixtiyorsiz harakatlari qat’iy bir maqsadsiz, ko‘pincha impul’siv tarzda, ya’ni reflektor tarzda yuzaga keladi. Masalan, yo‘talish, aks urish, ko‘z qovog‘ini ochib yumilishi va shu kabilar. Bu harakatlarni odam oldindan o‘ylab rejalashtirmaydi. Ixtiyorsiz harakatlar har qanday sharoitda yuz berishi mumkin. Ixtiyorsiz harakatlar ba’zan, odamning aqliy faoliyatlari bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Chunonchi, ixtiyorsiz idrok, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyorsiz esda olib qolish, ixtiyorsiz esga tushirish holatlari ham bo‘ladi. Bunday hollarda odamning ixtiyorsiz harakatlari idrok qilinayotgan narsaning boshqa narsalardan keskin farq qilishi yoki odamning qiziqishlari, ehtiyojlari bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi.Irodaviy harakatlarda har doim maqsad aniq bo‘ladi. Odam o‘z oldiga qo‘ygan maqsadidan kelib chiqadigan natijalarni ham oldindan tasavvur eta oladi. Ana shuning uchun har qanday qiyinchiliklarni engib bo‘lsa ham maqsadini amalga oshirishga intila boradi. Masalan, odam biror imorat solayotgan paytda oxirgi natija qanday bo‘lib chiqishini juda yaxshi tasavvur etadi va shuning uchun qanday qiyinchiliklar bo‘lsa ham engib ishni davom ettira beradi. Yoki talaba universitetning birinchi kursiga kirganda qanday mutaxassis bo‘lib chiqishini yaxshi biladi va shuning uchun barcha qiyinchiliklarga chidab o‘qishni davom ettira beradi.
Umumiy irodaviy faoliyatni yoki alohida aktni amalga oshirishning muhim xususiyatlaridan biri amalga oshirilayotgan harakatlarning erkin ekanligini anglashdan iboratdir.Odamning irodaviy harakati to‘la-to‘kis determinizmga, ya’ni sababiy bog‘lanish qonuniga bo‘ysunadi. Shu bilan birga irodaviy faoliyatning bevosita sabablari sharoitida irodaviy harakatlarni belgilab beradigan turli-tuman hayotiy sharoitlar bo‘lishi mumkin.Odamning irodaviy faoliyati ob’ektiv jihatdan bog‘langandir. Irodaviy faoliyatning muhim xususiyatlaridan biri, irodaviy harakatlarni odam hamma vaqt shaxs sifatida amalga oshiradi. Xuddi mana shuning bilan bog‘liq ravishda irodaviy xarakatlar odam to‘la ravishda javob beradigan ish sifatida boshdan kechiriladi. Irodaviy faoliyat tufayli shaxs ko‘p jihatdan o‘zini ma’lum sharoitda anglaydi, o‘z hayot yo‘li va taqdirini o‘zi belgilashi mumkin. Irodaning eng muhim xususiyati unda faoliyatni amalga oshirishning puxta o‘ylab chiqilgan rejaning mavjudligidir. Avvaldan rejalashtirilmagan xatti-harakatlarni irodaviy harakat deb bo‘lmaydi. Shu bilan birga iroda avvaldan mavjud bo‘lmagan, lekin faoliyatni natijasiga erishishdan so‘ng hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan qoniqishga butun e’tiborini qaratishdan iboratdir. Ko‘p hollarda iroda vaziyat yoki qiyinchilik ustidan g‘alaba qozonish emas, balki o‘z-o‘zini engish hamdir. Bu ayniqsa, muvozanatsiz, hissiy, qo‘zg‘aluvchan, sust kishilarga xos bo‘lib, o‘zlarining tabiiy xarakterologik xususiyatlari bilan kurashishga to‘g‘ri keladi. Hech bir muammo irodaning ishtirokisiz hal etilmaydi. Inson kuchli irodasiz katta muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Odamzod boshqa tirik mavjudotlardan o‘zining ongi va aqli bilangina emas, balki irodasining mavjudligi bilan ham ajralib turadi. Ixtiyoriy harakatning dastlabki boshlang‘ich nuqtasi harakat maqsadining vujudga kelishi va shu maqsadning o‘rtaga qo‘yilishidir va uning tuzilishini quyidagicha izohlash mumkin. Maqsad-kishining shu paytda ma’qul yoki zarur deb topgan ish harakatini tasavvur etish demakdir. Masalan, inson pedagogika universitetiga kirib o‘qishni zarur deb topdi yoki viloyatga ish bilan borib kelish zarurligini tushundi, deylik. Bularning hammasida kishining maqsadi o‘z-o‘zidan zohir bo‘layotganga o‘xshaydi, ba’zan esa bu maqsad bir qadar fikr yuritish natijasida yuzaga keladi.Maqsadni tasavvur qilish odatda shu maqsadga erishish istagini va zarur ishni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lib, u quyidagicha ifodalanishi mumkin. Ehtiyoj ko‘ngildan kechib, mudom kuchaygan shu ehtiyojni qondirishga intilish maqsadi ham anglanila boshlaydi. Bunday anglanilgan ehtiyojlar tilak-havaslar deb ataladi. Ammo odam o‘z intilishlarining maqsadini tasavvur qilganda ham shu maqsadga etishish yo‘llari va vositalarini hali tasavvur qila olmasligi mumkin. Bunday to‘la anglanilmagan intilishlar (tilak, havas) ba’zan zo‘r xayol surish bilan, ba’zan esa cheksiz orzu bilan bog‘liq bo‘ladi. Ba’zan (xayolparast insonlarda) bunday tilak havaslar ko‘ngildan kechirish orqali orzu (fantaziya) doirasida qolib ketaveradi. Xilma-xil tilak havaslari to‘lib-toshgan kishilar ham mavjud. Bu kishilar doimo xo‘rsinadilar, armon qiladilar, o‘zlarini ham tevarak-atrofdagi kishilarni ham tanqid qiladilar. Bu kishilar ko‘pincha yaxshi orzular qilishadi-yu, amalda kam faoliyat ko‘rsatishadi yoki butunlay faoliyat ko‘rsatishmaydi.
Harakat motivlari va motivlar kurashi
Kishi biron maqsadni, ayniqsa, shu maqsadga etish uchun biron yo‘l va usulni tanlar ekan, nega boshqa maqsadni emas, xuddi shu maqsadni tanlashi kerak, bu maqsadga nima uchun boshqa yo‘llar bilan emas, balki mana shu yo‘llar bilan hal etishi kerak degan savolni ko‘ngildan o‘tkazadi. Maqsadni va unga etish yo‘lini tanlash jarayonida unga ma’qul yoki noma’qulligi nuqtai nazaridan baho beriladi.Maqsadni va unga etishish yo‘llarining ma’qulligi yoki noma’qulligini belgilab beradigan hamma narsa ish-harakat motivlari deb ataladi. Kishi nega boshqa bir maqsadni emas, balki xuddi shu vositalar bilan ish ko‘rishni, yoki ish ko‘rmoqchi bo‘layotganining sababi nima degan savolga javob motiv mazmunini tashkil etadi. Irodaviy ixtiyoriy harakatlar g‘ayri ixtiyoriy (irodadan tashqari) harakatlardan farq qilib, motiv tufayli sodir bo‘ladi.Qarorga kelish. Maqsadga etishish yo‘llarini va vositalarini tanlash jarayonida rejalashtirish, motivlar kurashi bilan bog‘langan bo‘lib, qarorga kelish bilan tugaydi. Qarorga kelish-muayyan bir maqsadni va shu maqsadga erishish yo‘lida harakat usullaridan birini tanlab olish demakdir. Motivlar kurashida buning ma’nosi shuki, motivlardan biri hal qiluvchi rol o‘ynagan bo‘ladi. Masalan, kechqurun qayoqqa borish kerak – teatrgami yoki o‘rtog‘ining yonigami-degan motivlar kurashi natijasida kishi bormoqchi bo‘lgan joyi haqida qarorga keladi. Qaror unga muvofiq keladigan choralar ko‘rish va harakat qilish uchun qabul qilinadi. Qarordan harakatga o‘tishni ijro qilish (yoki bajarish) deyiladi. Irodaviy jarayonda eng muhim narsa-qabul qilingan qarorni ijro etishdir. Irodaviy harakatlar ikki xil bo‘ladi: jismoniy va aqliy harakatlar. Jismoniy harakatlarga har xil mehnat operatsiyalari, o‘yin, sport mashg‘ulotlari va boshqalar. kiradi. Aqliy harakatlarga esa masala echish, yozma ishlar, dars tayyorlash, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va shu kabilar kiradi. Ko‘p vaqt takrorlanib, o‘zlashib ketgan ko‘nikma va odat bo‘lib ketgan harakatlar ham murakkab irodaviy harakatlardandir. Qarorni ijro etish odatda ma’lum vaqt, muddat bilan bog‘liq bo‘ladi. Qaror kechikmasdan belgilangan vaqtda ijro etilsa bu irodaning ijobiy sifatidan dalolat beradi. Bu esa ishchanlik, puxtalikni bildiradi.Kishining irodaviy sifatlari ya’ni iroda kuchi, mustaqilligi jihatidan ayrim hollarda turlicha namoyon bo‘ladi. Har bir kishida irodaning ayrim sifatlari umr bo‘yi mustahkamlanib, shu odamning xususiy sifatlari (ya’ni doimiy xislatlari) bo‘lib qolishi mumkin. Shaxsning bu o‘ziga xos xususiyatlari xarakter xislatlari deb ataladi. Har bir kishidagi biron bir irodaviy sifatlarning har qanday namoyon bo‘lishi shu kishi xarakterining xislati bo‘lavermaydi. Ofitserga duch kelib qolgan askar beixtiyor o‘ng qo‘lini o‘ng qulog‘ining ustiga qo‘ygancha unga harbiychasiga salom berdi, xolbuki u buni qilmasligi lozim edi, chunki uning bosh kiyimi yo‘q edi. Askarning bu harakatiga kutilmagan, bexosdan bo‘lgan, reflektiv harakat deyiladi. Kishining hamma ta’sirlanishlari reflektor tabiatga ega, lekin askarning yuqorida tasvirlangan harakati ongning nazoratisiz yoki uning etarli ishtirokisiz, ma’lum bir maqsadsiz amalga oshirilgan bo‘lib, shu sababli ixtiyorsiz harakat yoki ataylab qilinmagan harakat deyiladi. Lekin har bir kishi juda ko‘p oddiy va murakkab harakatlarni amalga oshiradiki, ular batamom ongli ravishda bajariladi va muayyan maqsadni ko‘zlaydi. Iroda – bu shaxsning ongli harakatlarida, o‘z-o‘zini tuta bilishida ifodalanadigan, ayniqsa, maqsadga erishish yo‘lida uchraydigan jismoniy va ruhiy qiyinchiliklarni engib chiqishda namoyon bo‘ladigan ixtiyoriy faolligi.Iroda ham boshqa ruhiy hodisalar singari voqelikni, xususan jamiyatdagi, alohida kishilar hayotidagi zaruratni aks ettirishning maxsus shakli hisoblanadi. Shuning uchun ham iroda, garchi kishilarning ixtiyoriy faolligi bo‘lsa ham, ob’ektiv sabablar, shaxsning yashash tartibi va sharoitlari bilan belgilanadi.Irodaviy xatti-harakat uch bosqichdan iborat:
1. Tayyorgarlik;
2. Bajarish;
3. Yakunlash.
Tayyorgarlik bosqichi niyatni, maqsadni anglashni, ish olib borish usullarini tanlashni o‘z ichiga oladi. Masalan, agar yosh yigitcha ofitser bo‘lishga qaror qilar ekan, o‘z maqsadini belgilab oladi, u ana shu maqsadga erishish uchun harbiy bilim yurtiga kirishni istaydi, qaysi o‘quv yurtiga, qaysi fakultetga kirish va hokazolar masalasini hal qiladi. U o‘qishga kirishga qanday tayyorgarlik ko‘rishni: mustaqil tayyorgarlik ko‘radimi yoki tayyorlash kursiga kiradimi,-ana shuni o‘ylaydi. Nihoyat maqsad aniq bo‘ldi. Bir qarorga kelish bilan harakatning tayyorgarlik bosqichi tamom bo‘ladi, lekin agar bu harakatning ketidan qarorning bajarilishidan hamda shundan so‘ng ma’lum bir xulosalar chiqarishdan iborat navbatdagi bosqichlar kelmasa, u irodaviy harakat bo‘lmaydi. Mazkur misolda irodaviy harakat to‘la amalga oshishi uchun yigitcha belgilangan kirish imtihonlarini topshirib, harbiy bilim yurtiga kirish (ikkinchi bosqich)i, so‘ngra esa o‘zining faoliyatini tahlil qilib, ma’lum bir xulosalar (uchinchi bosqich) chiqarishi kerak bo‘ladi. Shuni aytib o‘tish kerakki, harbiy xizmatchi o‘zining maqsadi va faoliyatini qanchalik yaxshi hamda chuqur anglasa, u amalga oshiradigan iroda aktlari, ya’ni irodaviy hatti-harakatlar shunchalik oson va samarali kechadi, tabiiyki bunda inson shunchalik kam charchaydi.
Xulosa
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, iroda - tushunchasini har kim turlicha talqin qiladi. Masalan; kimdir uni to'g'ri so'zlamoq bilan yana kimdir oddiygina parhez bilan. Aslida iroda insonning ongdagi faoliyat maqsadini belgilashda, maqsadga erishish vositalari va yo'riqlarini oldindan aniqlab bir qarorga kelishda, qarorlarni to'g'ri va erkin ijro etishda va maqsadlarga erishishda namoyon bo'ladi. Iroda har kimning aqliy faoliyatiga qarab turlicha shakllanadi. Aql bilan idrok qilganda bizga berilgan nutqimidan to'g'ri foydalanib rost so'zlamoq ham iroda, insonlarni to'g'ri tanqit qilmoq ham iroda, bir - birimizga ishonmoq va mana shu ishonch ila shakllanmoq ham iroda. Iroda haqida bahs ketganda kimdir uni miyada joylashgan desa yana kimdir uni qalbda deydi. Aslida, iroda bizning butun boshli jismimizda joylashib, bizning aqlimimizni, ongimizni, kuchimizni, ruhiy quvvatimizni, jahlimizni hatto-ki nutqimizni ham o'z qolibiga solib boradi. Iroda bu hayotda shuningdek, maqsad sari yetaklovchi yo'llardagi qarama - qarshiliklarni bartaraf etishda, o'z-o'zini idora qilishda, axloqiy olamni shakllantirishda kishiga katta yordam beradi.Irodaviy harakatlar odamning shaxsiga, ongiga emas qandaydir ilohiy kuchga bog'liq. Shuning uchun ham iroda o'z mohiyatiga jihatidan doim erkindir. Inson muammolariga e'tibori ortishi bilan irodani o'rganish ham dolzarb muammoga aylanib bormoqda. Bu hayotning issiq yozi-yu sovuq qishiga birdamlik bilan yashamog'imiz ham iroda bo'lmish aqliy hilqatning belgisidir. Inson bu yorug' dunyoga kelar ekan har kuni yangi holat, har kuni yangicha olam bilan tanishadi. Jismimiz bilan birgalikda ruhiyatimiz, dunyo qarashimiz, insonlarga nisbatan muomilamiz har tomonlama yuksaladi. Xullas ko'zguga nazar solganimizda tashqi ko'rinishimizda qanday o'zgarish bo'lsa, aqliy faoliyatimizda ham xuddi shunday o'zgarish sodir bo'ladi. Biz bu jarayonda har kuni o'z-o'zimizni ham jismonan, ham ruhan tarbiyalamog'imiz lozim.Mana shu tarbiya jarayonida ham irodaning o'z ahamiyati, o'z o'rni bor. Bir so'z bilan aytganda ruhiy holatdan chiqishimiz, yangi hayot boshlashimiz, teran fikrlay olishimiz, qalban pok bo'lmog'imiz uchun hayotimizda bo'ladigan har kungi yangi o'zgarishlar-u mashaqqatlarni yengmog'imiz uchun bizdan juda katta iroda talab qilinadi. Ruhan sog'lom insongina o'zini hayotning past-u balandiga, og'ir-u yengiliga qiyinchilik bilan bo'lsada tarbiya qila oladi. Psixologik jihatdan insonda uchraydigan har bir termin, har bir harakat, har bir harakter bir biriga zanjil misol bog'liq. Ularni o'zgartirishni yoki alishtirishning imkoni yo'q. Iroda inson ongining va hayotining ajralmas bo'lagidir. Zero, insonda ruhiy olam sog'lom va mustahkam ekan u ildiz otishdan, gullashdan aslo to'xtamaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. https://fayllar.org/mavzu-iroda-borasidagi-nazariyalar-reja-iroda-borasidagi-nazar.html

  2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Iroda

  3. https://www.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/hikmatlar/tafakkur-gulshani/iroda-va-sabot-matonat-haqida

  4. https://www.bing.com/search?form=MOZLBR&pc=MOZD&q=motiv+va+motivatsiya&ntref=1

  5. https://fayllar.org/mavzu-iroda-borasidagi-nazariyalar-reja-iroda-borasidagi-nazar.html?page=3

  6. https://www.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/hikmatlar/tafakkur-gulshani/iroda-va-sabot-matonat-haqida

  7. https://fayllar.org/umumiy-psixologiya-v3.html?page=19

  8. .https://hozir.org/1-mavzu-eksprimental.html?page=32

Download 21,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish