Ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirishda, aholiga xizmat ko’rsatish
sohalarini, shart–sharoitini yaratishda, davlat xo’jalik tashkilotlari rejalarini tuzishda aholini hududiy
o’rganish, ya’ni aholi geografiyasini o’rganish zarurligini ko’rsatib berdi. Shuningdek, xo’jalikni
kelajakdagi rejalarini ilmiy asosda tuzishda tabiat, ishlab chiqarish kuchlari hududiy xususiyatlari,
aholiga xizmat ko’rsatish sohalari to’g’risidagi to’liq ma’Iumotlar talab etiladi. Bunday ma’lumotlar
majmuali kartalar va mavzuli kartalarda aniq ifodalanadi.
Aholi kartalarida o’rganilayotgan muhim masalalardan biri, aholi zichligi va joylanishidir.
Agarda, ilgarilari aholining joylanishi kartada faqat ma’lum bir vaqt holatini ifodalagan bo’lsa,
endilikda esa aholi joylanishi va zichhgini davriy o’zgarishini makonda ko’rsatib bermoqda.
Aholi mavzuli kartalari ichida ilmiy–amaliy ahamiyatga ega bo’lgan, aholi va mehnat resurslari
to’g’risidagi to’liq ma’lumotIarni mujassamlashtirgan, asosiy demografik xususiyatlarni, aholi harakati
va tarkibini qamrab olgan ba’zi, atlaslarni keltirib o’tish o’rinli.
Aholi geografiyasida hududning o’zlashtirganlik darajasi aholi zichligj kartasidan foydalanish
orqali o’rganiladi. Bunda kartogramma usulidan foydalanish orqali o’rtacha zichlik ko’rsatkichni har
bir hududda yaqqol ko’rsatib beriladi. Aholi tarqalishini zichlik ko’rsatkichini kartada tasvirlash
hamma aholi qatlami uchun qilinadi. Bunda qishloq–shahar aholi manzilgohlari alohida ajratib
beriladi.
Aholining tarqalishi kartada yirik regionlar doirasida bo’lib ko’rsatilgan. Agar har bir mintaqa
aholi kartasi tuzilib tahlil etiladigan bo’lsa, yanada yaqqolroq va to’la ma’lumotlar aks eta boshlaydi.
Chunki, davlatlarning, aholi kartasida o’sha hudud geografik xususiyatlari, ya’ni aholi bilan tabuy
muhit ijtimoiy–iqtisodiy shart–sharoit o’rtasidagi bog’liqlik bisobga olinadi.
Aholi geografiyasi fani yuzasidan qilinayotgan karta turlarini aholishunoslik fanlari tizimi
belgilaydi. Aholi geografiyasi tuzilishidan kelib chiqib, aholi kartasi bir bo’lim bo’lsa, demografik
xususiyatlari, soilial–iqtisodiy kartalar (oila, bandlik) va etnografik xususiyatlari alohida–alohida
bo’Umlari tashkil etadi. Shu nuqtai nazardan yuqorida aholi joylanishi kartasi birinchilaridan bo’lib
tahlil etildi.
Aholi soni va tarkibi, aholi manzilgohlarining iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishida roli kattaligi
bois, ular kartografiyada eng muhim ko’rsatkichlar bo’lib xizmat qiladi. Chunonchi, aholi
manzilgohlari funktsiyasi aholining xalq xo’jaligi tarmoqlarida bandligi bilan belgilanadi va kartada
o’z aksini topadi.
Aholi geografiyasining muhim o’rganish predmetlaridan yana biri aholining yosh–jinsiy va
oilaviy tarkibidir. Ma’lumki, aholining yosh tarkibi aholi takror barpo bo’lish xususiyatlariga
bog’liqdir. Aholining takror barpo bo’lishi esa tug’ilish, o’lim, nikoh, ajrim kabi demografik jarayonlar
asosida sodir bo’ladi. Shuningdek, aholining oilaviy tarkibi ham oilaning jamiatda tutgan o’rni, davlat
tomonidan qo’llab–quvvatlanishi, demografik rivojlanish xususiyatlariga, urf–odat va qadriyatlarga
bog’liqdir. Aholi geografiyasi hududning demografik va oilaviy tarkibini aholi takror barpo bo’lishi va
migratsiyasiga bo’lgan talab va ehtiyojlarni o’rganishda falsafa, psixologiya, etnodemografiya, mehnat
va oilaviy huquq, demografiya, sotsiologiya kabi fanlar bilan uzviy aloqada bo’ladi.
Aholi geografiyasining muhim tarmoqlaridan biri aholi salomatligi va tibbiyot geografiyasidir.
Mazkur tarmoq tadqiqotlarida aholi geografiyasi, ekologiya, sotsial gigiena, sotsial psixologiya fanlari
tadqiqotlariga murojaat etadi
8
.
Ma’lum, davlat, shahar va qishloq hududlari, aholisi, aholi maskanlarining o’z shakllanishi
xususiyatlari va tarixi bordir. Bu borada aholi geografiyasi tarix fani tadqiqotlaridan foydalanadi.
Aholi geografiyasi o’z tadqiqot ob’ekti va predmetlari doirasida ish olib borar ekan, asosan
statistik ma’lumotlar, sotsiologik–demografik tadqiqot natijalari demografik koeffitsientlar va ilmiy
manbalarga asoslanadi. Bu borada statistika va matematika fanlari bilimlariga tayanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: