Aholining kategoriyalari: doimiy, vaqtincha mavjud aholi.
Aholi kategoriyalari – ma’lum
aholi maskanida yashovchi va shu maskan bilan bog’liq aholi guruhining umumiy xususiyatlari
tushiniladi.
Statistikada aholini uch kategoriyaga bo’lib o’rganadi; doimiy, mavjud va yuridik (ro’yxatdan
o’tgan) aholi.
Doimiy aholi –
ma’lum hududning doimiy yashovchi asosiy aholisi hisoblanadi. Doimiy aholi
bo’lish uchun har bir davlatning o’z qonunlari bor. Masalan, Rossiyada doimiy aholi bo’lishi uchun 1
yil Rossiyada yashash lozim. Rossiyaga 1 yil va undan ko’p muddatga o’qishga, xizmatga kelgan aholi
ham doimiy aholi hisoblanadi. SHuningdek, Rossiyada 1 yildan ko’p yashagan, shu joyda ro’yxatda
turgan va boshqa boror joyi bo’lmagan shaxslar doimiy aholi hisoblanadi (V.I.Medkov. Demografiya.
M.:2004, 48 bet)
Mavjud aholi
– aholi ro’yxati o’tkazilgan davrda, ushbu aholi maskanida ro’yxatdan o’tgan
yoki o’tmaganligidan qat’iy nazar shu yerda yashovchi aholi guruhidir.
Mavjud aholining doimiy aholi guruhiga kirmaydigan qismi bo’lib, bu guruh
vaqtincha
yashovchilar
(vaqtincha kelganlar - VK) deyiladi.
Mavjud aholining yana bir qismi doimiy aholiga kiriruvchilar, lekin vaqtincha shu maskanda
bo’lmaganlar (
vaqtincha bo’lmaganlar
– VB)dir. Doimiy aholi (DA) = Mavjud aholi (MA) –
Vaqtincha kelganlar (VK) + Vaqtincha bo’lmaganlar (VB) yoki
DA = MA – VK + VB
Yuridik (ro’yxatdan o’tgan) aholi – aholi ro’yxati o’tkazilgan davrda qaerda bo’lishidan qat’iy
nazar qadimdan ushbu hududda ro’yxatga olingan, politsiya xodimlari, harbiylar va dengizchilar,
elchilar va ularning oilalaridir. Ular alohida yuridik guruh sifatida qadimda ro’yxatga olinar edi.
Yuridik aholini alohida guruh sifatida Rossiyada, shu jumladan O’zbekistonda ham 1897 yilda
o’tkazilgan aholi ro’yxatida qayd etilgan edi. (Ushbu davrda O’zbekiston hududi Chor Rossiyasining
koloniyalari tarkibida edi.) Demografik jarayonlar tarkibida tug’ilish alohida ahamiyat kasb etadi.
Chunki, o’rganilayotgan mavjud aholi avvalo tug’ilish jarayoni natijasida dunyoga keladi.
Demografiya asoslari tug’ilishni alohida, aholi takror barpo bo’lishining demografik zamini sifatida
o’rganadi, unga ta’sir etuvchi barcha ijtimoiy – iqtisodiy va tabiiy omillarni tahlil etadi. SHuningdek,
o’lim jarayoni ham aholi takror barpo bo’lishining asosiy elementi sifatida demografiya asoslari
fanining e’tiborida turadi. Aholining takror barpo bo’lishida birinchi navbatda oila tashkil topishi,
ya’ni shakllanishi ahamiyatlidir. Chunki dunyoda tug’ilayotgan insonlarning aksariyati oilada, oila
muhitida dunyoga keladi, shaxs sifatida shakllanib o’zining demografik faoliyatini (oila qurish,
farzandlar ko’rish) boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |