O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI MILLIY G’OYA, MA’NAVIYAT ASOSLARI VA
HUQUQ TA’LIMI YO’NALISHI
1-MILLIY G’OYA, MA VA HT 21/22 SIRTQI
A GURUH TALABASI
MEHMONOV FIRDAVSNING
“MILLIY G’OYA VA MAFKURALAR TARIXI”FANIDAN
“DEMOKRATIK TARAQQIYOTDA TURLI XIL G'OYALAR VA MAFKURALAR, SIYOSIY INSTITUTLAR XILMA XILLIGINING AHAMIYATI”
MAVZUSIDA YOZGAN
MUSTAQIL ISH
QABUL QILDI: DOTSENT TORAYEV SHAVKAT
2021-2022 O’QUV YILI
|
MAVZU: DEMOKRATIK TARAQQIYOTDA TURLI XIL G'OYALAR VA MAFKURALAR, SIYOSIY INSTITUTLAR XILMA XILLIGINING AHAMIYATI
Reja:
Mafkuralar xilma-xilligi muhim demokratik prinsip. Uning inson qadr-qimmati, manfaatlari, fikr erkinligi bilan bog‘liqligi.
Islom Karimov – Milliy g‘oya va mafkura konsepsiyasi asoschisi
Demokratik taraqqiyotda turli xil g’oyalar va mafkuralar, siyosiy institutlar xilma-xilligining ahamiyati
MAFKURALAR XILMA-XILLIGI MUHIM DEMOKRATIK PRINSIP. UNING INSON QADR-QIMMATI, MANFAATLARI, FIKR ERKINLIGI BILAN BOG‘LIQLIGI.
Milliy g‘oyaning mustaqillik yillarida ishlab chiqilgan tamoyillari bir-biri bilan uzviy aloqadordir. Ular umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi talablariga to‘la-to‘kis mos keladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitstuiyasida jamiyat hayotining, xususan, mafkuraviy jarayonlarning ham huquqiy meyorlari aniq belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 12-moddasida «O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas» deyilgan.
Istiqlol tufayli demokratik taraqkiyot yo‘lini tanlagan O‘zbekiston jamiyat hayotida plyuralizmni qaror toptirish yo‘lidan bordi. Siyosiy plyuralizmni qaror toptirish jamiyatda turli g‘oyalar, qarashlar, mafkuralar, konsepsiyalarning hamda ularni ilgari surgan siyosiy kuchlar, partiyalar va boshqa institutlarning erkin raqobati muhitining yaratilishiga zamin bo‘lib xizmat qilardi. Bu esa, o‘z navbatida, kishilarning turfa xil manfaatlarini qondirish, samarali siyosiy qarorlar qabul qilish, mavjud nuqtai nazar-larni yanada boyitish, jamiyat hayotini yangilash imkonini berar edi.
Biroq siyosiy plyuralizm tamoyili amal qilishida qonun doirasidan chiqmaslik, o‘zgacha fikrlaydiganlarga nisbatan hurmat va bag‘rikenglikni qaror toptirish talab etiladi. Bu jihatdan siyosiy plyuralizm jamiyatda demokratiyaning yetukligi darajasi ko‘rsatkichi sifatida namoyon bo‘ladi. Zero, plyuralizm tafovutlarni inkor etmagan holda siyosiy jarayonning barcha ishtirokchilari tomonidan qabul qilinadigan umumiy tamoyillar va qoidalar bo‘lishini hamda ularga itoat etishni shartlab qo‘yadi. Ayniqsa, fikrlar xilma-xilligi va ko‘ppartiyaviylik qaror topgan muhitda muloqot odobiga amal qilish, o‘zgacha fikrlaydi-ganlar mulohazalariga hurmat bilan qarash muhim ahamiyat kasb etadi.
Albatta, davlat-jamiyat siyosiy tizimining o‘zagi, mamlakat barqarorligi va izchil taraqqiyoti uchun mas’ul bo‘lgan siyosiy institutdir. Shu ma’noda u jamiyatning o‘z milliy g‘oyalari atrofida mustaxkam jipslashuvi, fikrlar rang-barangligi va qarashlar xilma-xilligi asosida hayotda mafkuraviy jarayonlarning muvofiqlashuvidek manfaatdor. Bosh islohotchi sifatida davlat ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, milliy xavfsizlik, kelajak hayot manfaatlaridan kelib chiqib, jamiyatda milliy g‘oyalarni keng yoyish borasida faoliyat olib boradi.
Buni xorij tajribasida ham ko‘rishimiz mumkin. Bu mamlakatlarda yuzaki qaraganda g‘oyaga, mafkuraga u qadar katta e’tibor berilmaydigandek tuyuladi. Masalan, AQShni olaylik. Bu yerda har bir inson ongiga «Sen — amerikaliksan, ozod insonsan, sening erkinligingga daxl qilishga hech kimning haqqi yo‘q» degan tushuncha bolalikdan singdirib boriladi. Shuning uchun ham bu mamlakat fuqarosi, dunyoning qay burchida bo‘lmasin, «Men — amerikalikman» deb g‘ururlanib yuradi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasida va mamlakatimiz qonunlarida fuqarolarimizning huquqlari to‘la kafolatlangan. Bu huquqiy asosga tayangan holda g‘ayriinsoniy qarashlarning hayotimizga ta’siridan mutlaqo xalos bo‘lish, millatning kuch-qudratini zaiflashtiruvchi ayrim ma’naviy nuqsonlarga barham berish jarayoni izchil amalga oshirilishi kerak. Bu esa demokratiya mohiyatini tom ma’noda anglab yetishni, hokimiyat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar tizimi va madaniyatini yuqori saviyaga ko‘tarishni talab etadi.
Fikrlar rang-barangligini qaror toptirish — demokratik jamiyat barpo etishning asosiy shartidir. Demokratiya davlat va jamiyat kurilishi, uni idora etishning eng maqbul shakli sifatida har bir fuqaroga o‘z qarashlarini, fikrini erkin ifoda etish uchun sharoit yaratadi. Bu esa insonning mamlakat siyosiy, ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy hayotidagi ishtirokini, qonunlarni ishlab chiqishda, uni hayotga joriy etishdagi faolligini ta’minlaydi. Milliy g‘oyaning ushbu tamoyili olamdagi turlitumanlik bilan insoniyat dunyosidagi xilma-xillikning, odamlar fikrlashi, orzu-umidlari, g‘oya va maqsadlari sohasidagi rang-baranglikning uyg‘unligini ifodalaydi. Fikrlar rang-barangligi milliy g‘oyaga jon bag‘ishlaydi, uning takomillashishiga yordam beradi. Ana shu asosda bu mafkura xilma-xil fikrlar bilan boyib boradi, turli g‘oyalarni o‘ziga doimiy singdirish imkoniga ega bo‘ladi. Bu tamoyil O‘zbekiston hududida istiqomat qilayotgan har bir fuqaroning o‘z milliy qadriyatlarini asrab-avaylashi, kelajak avlodlarga yetkazishi uchun to‘la imkoniyatlar yaratilishini ifodalaydi. Har bir millatning tili, qadriyatlari, urf-odatlari, an’analarini hurmat qilishni ta’minlash milliy g‘oyaning amal qilishida umuminsoniy andozalar namoyon bo‘lishi uchun asos yaratadi.
Shaxs erkinligini ta’minlashda siyosiy va huquqiy institutlarning demokratik asosdagi tizimini shakllantirish muhimdir. Shu bilan birga bunda xususiy tadbirkorlik faoliyati, bozor munosabatlari jarayonida shaxsning ijtimoiy faolligi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Fikrimizcha, O‘zbekiston Konstitutsiyasida inson erkinligi o‘zining to‘g‘ri, maqbul talqinini topgan, ya’ni unda erkinlik boshqalarga zarar keltirmaydigan faoliyat sifatida baholangan. Zero, jamiyat va davlat, ijtimoiy tuzum va siyosiy institutlar o‘rtasidagi munosabat individ, ijtimoiy birliklar va guruhlar o‘rtasidagi munosabatlarga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lib, ularning barchasi milliy g‘oya tamoyillari asosida uyg‘unlashtirishni talab etadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda hokimiyat va boshqaruv idoralari faoliyati samaradorligi oshirilmoqsa, jamoat tashkilotlarining yangi qiyofasi shakllanmoqda, ta’bir joiz bo‘lsa, siyosiy tizim modernizatsiyasi yuz bermoqda. Bu jarayonga milliy g‘oya tamoyillarini uzviy tarzda singdirib borish va ularni demokratik institutlar faoliyatining tarkibiy qismiga aylantirign muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamiyat hayotini erkinlashtirish milliy g‘oyani xalqimiz qalbi va ongiga singdirishning muhim shartidir. Milliy g‘oya siyosiy voqelikni uyg‘unlashtirib, turli shaxslar, ijtimoiy guruhlar ehtiyojlarini mutanosiblashtiradi, ularni mavjud imkoniyatlar asosida bir-biri bilan yaqinlashtiradi va shu ma’noda, demokratik qadriyatlarning nufuzini oshiradi. Kishilar ongini mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, mahdudlik kabi ijtimoiy illatlar asoratidan poklash, yot g‘oyalarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirish, mafkuraviy kurashda to‘g‘ri yo‘l tanlash va jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish milliy g‘oyaning xalqimizning qalbi va ongiga teran singdirilishi bilan bog‘liq. Milliy g‘oyani amalga oshirish «kuchli davlatdan — kuchli jamiyat sari» konsepsiyasiga asoslanadi va undan kelib chiqib, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishda manfaatlar uyg‘unligini ta’minlovchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
Milliy mafkura shaxs erkinligi g‘oyasiga tayanadi. O‘z haq-huquqini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni paytda, shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan insongina milliy g‘oya tamoyillarini to‘g‘ri baholay oladi. Erkinlashtirish jarayonida inson haq-huquqini ta’minlash, gumanizm va umuminsoniy qadriyatlarga rioya etib yashash jamiyatimiz hayotining asosiy mezoniga aylanib bormoqda. Jamiyatda loqaydlik, beparvolik, boqimandalik, poraxo‘rlik kabi illatlarning payini qirqish, odamlar qalbida yuksak ishonch va e’tiqodni qaror toptirish, axloqan pok, ma’naviy boy, ijtimoiy faol, jismonan baquvvat avlodni voyaga yetkazish, ularda vatanparvarlik, mehnatsevarlik, odamiylik kabi olijanob fazilatlarni tarbiyalash milliy g‘oya ta’sirchanligini oshiribgina qolmay, demokratik jamiyat barpo etish borasidagi intilishlarimiz samaradorligini ham oshiradi.
Shu o‘rinda erkinlik kategoriyasining ijobiy va salbiy jihatlarga ega ekanini ham ta’kidlash zarur. Uning ijobiy jihati shaxsning o‘z manfaatlariga muvofiq ravishda harakat qilish imkoniyatini ifodalaydi. Bunda shaxs biror-bir moddiy va ma’naviy ne’matga intilib, shu yo‘lda zarur harakatlar qilishi mumkinki, bu xatti-harakatlar boshqalarning intilish va manfaatlariga zid kelmasligi kerak. Chunki adolat chegarasi, erkinliklar meyori aynan shu asosda shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |