tartibining ketma-ketligi
uning tezkorligini susaytiradi, uzellardan birining ishdan
chiqishi aylana butunligini buzadi va axborotni uzatish traktini saqlash uchun
choralar ko‘rishni talab qiladi.
SHinali topologiya
- eng oddiy turlardan biri. U uzatish vositasi sifatida
koaksial kabeldan foydalanish bilan bog‘liq. Ma’lumotlar tarmoq uzatish uzelidan
shina bo‘yicha xar ikki tomonga tarqaladi. Oraliq uzellar
kelayotgan axborotlarni
translyasiya qilmaydi. Axborot barcha uzellarga kelib tushadi, lekin kimga
jo‘natilgan bo‘lsa, faqat o‘shagina qabul qila oladi. Xizmat ko‘rsatish tartibi parallel.
Bu xol shinali topologiya bilan LXTning tezkor xarakatini ta’minlaydi. Tarmoqni
kuchaytirish va konfiguratsiyalash, shuningdek turli tizimlarga moslashtirish oson.
SHinali topologiya tarmog‘i aloxida uzellarning buzilish extimolligiga chidamli.
Ushbu turdagi topologiya tarmog‘i hozirchi kunda joriy etilgan. SHuni ta’kidlash
lozimki, ularning ko‘lami kichkina va bir tarmoq doirasida turli xildagi kabeldan
foydalanish imkonini beradi.
LPT yoki COM portlar orqali ulash
Ba’zan kompyuterlar o‘rtasida COM yoki LPT portlar orqali aloqa qilish
zaruriyati tug‘iladi. Buning qulaylik tomonolari shulardan iboratki, katta xajmli
ma’lumotlarni olishda kompyuterni
qattiq diskini chiqarish, ularni Master-Slave
qilib ulash, kaompyuterni o‘chirish va yoqish kabi ortiqcha ishlarga zarurat
tug‘ilmaydi. YAna ba’zan shunday xolatlar xam yuzaga kelishi mumkin. Masalan
juda katta xajmdagi ma’lumotni biror bir boshqa kompyuterda ikkinchisiga
ko‘chirmoqchi bo‘lasiz, lekin sizning kompyuterningizda na tarmoq kartasi bar va
na uning qattiq diskini olish imkoniyati bor. Qattiq diskni olish
uchun kompyuterni
case ini bo‘shatish kerak. Lekin bu vaqtda sizning kompyuterinngizga berilgan
kafolat muddati tugamagan bo‘lishi mumkin. Agar six kompyuterni ochsangiz u
xolda kafolat muddati bekor qilinishi turgan gap. Xullas COM yoki LPT porlar
orqali kopyuterlarni bir-birlariga ulashning bir-necha qulaylik tomonlari bor.
Ikkita kompyuterlarni LPT yoki COM portlar orqali ulash uchun bizdan talab
qilinadigan narsa kabel va Windows ga ba’zi bir dasturlarni o‘rnatish. COM yoki
LPT portlar orqali kompyuterlarni bir-birlariga
ulash uchun maxsus ishlab
chiqarilgan kabellar mavjud bo‘lib siz ularni kompyuter do‘konlaridan topishingiz
mumkin. YAna shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki biror bir kompyuter ni COM port
orqali ulashda agar sizning kabelingizning birinchi uchi kompyuterning COM
poriga ulandimi, demak uning ikkinchi uchini xam aloqa o‘rnatilayotgan
kompyuterning COM portiga ulash kerak. Agar LPT bilan ulanayotgan bo‘lsa, u
xolda kabelning ikkala uchi xam kompyuterlarning LPT portiga ulangan bo‘lishi
kerak.
Kabel ulanib bo‘lingandan keyin Start->All Programs->Accessories-
>Communications->New Connection Wizard ga kiriladi va xosil bo‘lgan oynada
Next tugmasi bosiladi, keyingi hosil bo‘lgan
oynadan Set up an advanced
connection tanlanadi va Next tugmachasi bosiladi (4.1 - rasm). Keyingi xosil
bo‘lgan oynadan esa Connect directly to another computer tanlanadi. Keyingi hosil
bo‘lgan oynada tanlash quyidagicha amalga oshiriladi.
Agar siz biror bir kompyuterga ma’lumot berish maqsadida bu aloqani
o‘rnatayotgan bo‘lsangiz, u xolda siz Guest ni talaysiz aks xolda esa Host ni
tanlashingiz kerak. Agar siz Host ni tanlab so‘ngra Next ni bosgan bo‘lsangiz, u
xolda 4.2-rasmdagi kabi oyna hosil bo‘ladi. Ushbu oynadan esa aloqa
o‘rnatilayotgan port tanlanadi (LPT yoki COM) so‘ngra esa Next tugmasi bosiladi.
Keyingi xosil bo‘lgan oynadan ushbu kompyuterga
kirishga ruxsat etilgan
foydalanuvchilar nomi keltirilishi kerak so‘ngra esa yana Next bosiladi. Keyingi
xosil bo‘lgan oynadan esa Finish tugmasi bosilib ulanish jarayonining dasturiy qismi
yakunlanadi.
Agar siz biror bir kompyuterdan ma’lumot olish maqsadida aloqa o‘rnatmoqchi
bo‘lsangi. U xolda siz Guest ni tanlab Next ni bosishingiz kerak. Hamda keyingi
xosil bo‘lgan oynadaga maxsus joyga siz o‘zingiz ma’lumot olmoqchi bo‘lgan
kompyuterning nomini yozib so‘ngra Next tugmasini bosasiz. Keyingi oynada esa
avvalgisidagi kabi port tanlanadi (LPT yoki COM). Keyingi xosil bo‘lgan oynadan
esa Finish tugmasi bosilib ulanish jarayonining dasturiy qismi yakunlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: