Head-5. Files grounds
5.1. Definition of concepts ……….……………………………………………. 207
5.2. Properties of files … … … … … … … … … … … … … … … … … …. 211
Glossary ………………………………………………………………………... 215
The literature ……………………………………………………..……………. 220
10
Kirish
Gruntshunoslik fani – Oliy o„quv yurtlarining «Gidrogeologiya va
muhandislik geologiyasi», shuningdek qurilish sohasiga tegishli oliy o„quv
yurtlarining «Bino va inshootlar», «Avtomobil yo„llari va aerodromlar» , «Temir
yo„llari qurilishi», «Transport tunellari va ko„priklar» kabi mutaхassisligining
asosiy o„quv fani hisoblanadi.
Ma‟lumki, insonning tabiatga geologik faoliyatining ta‟siri ilm-fan va
texnikaning rivojlanishi bilan ortmoqda. Natijada atrof-muhit geologiyasini
o„rganuvchi fanlar orasida muhandislik - geologiyasining ahamiyati oshib
bormoqda. Shu bilan birgalikda, muhandislik - geologiyasining asosiy nazariy
bo„limi bo„lgan gruntshunoslikning ham dolzarbligi yaqqol namoyon bo„lmoqda.
Insonning muhandislik faoliyati bilan bog„liq bo„lgan hamma tog„ jinslari,
tuproqlar, cho„kindilar va antropogen yo„li bilan hosil bo„luvchilarni grunt deb
nomlash qabul qilinganiga ancha bo„ldi. Ularning hammasi insonning
rejalashtirilgan, amalga oshiriladigan va oshirilgan muhandislik faoliyati davomida
ko„p komponentli dinamik tizim sifatida o„rganiladi. Insonning ta‟siri natijasida,
gruntni tashkil qiluvchi komponentlarning nisbati o„zgaradi, bu ularning
xossalarining o„zgarishiga olib keladi. Shuning uchun darslikda, birinchi navbatda,
gruntlarning qattiq, suyuq va gazsimon komponentlari bilan birgalikda tirik
komponentlari xususiyatlari tavsiflangan. Keyingi o„rinlarda ularning fizik, fizik-
kimyoviy, mexanik xususiyatlari, mustahkamligi va alohida turlariga e‟tibor
berilgan.
Gruntlarni tavsiflashda faqat ularning xossalarini ayrim namunalarda
o„rganib qolmasdan, grunt qatlamini bir butinlikda tabiiy massiv holatda o„rganish
katta ahamiyatga ega. Shuning uchun grunt massivini o„rganishga ham alohida
e‟tibor berilgan bo„lib, darsikning bitta bandi unga bag„ishlangan.
Ta‟kidlash lozimki shu vaqtgacha «Gruntshunoslik» darsligini tayyorlash
bilan asosan M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining
o„qutuvchilari shug„ullanishgan. 1936 - yili M.M.Filatov “Основы дорожного
11
грунтоведения” nomli o„quv qo„llanmasini nashr ettirdi. Unda u gruntlarni
o„rganishda asosiy omil sifatida genetik va fizik-kimyo tomonidan yondashdi.
V.A.Priklonskiy tomonidan 1943 - yili “Общee грунтоведениe”, 1949 va 1952-
yillari 2 - tomdagi “Грунтоведениe”, 1955 - yili “Грунтоведениe” o„quv
qo„llanmasi nashrdan chiqarildi. 1952 - yili Ye.M.Sergyev “Общаee
грунтоведениe” o„quv qo„llanmasini, 1959 - yili “Грунтоведениe” darsligini
nashrdan chiqardi. Bu darslik 1971, 1974, 1983 va 1988 - yillari Ye.M. Sergeyev
va 2005 - yili V.T.Trofimov tahriri ostida qayta nashrdan chiqarilib, mazmuni,
mohiyati va tuzilishi tubdan o„zgartirildi.
2007 - yili o„zbek tilida kirill alifbosida A.A.Adilov va N.M.Qayumova
tomonidan “Грунтшунослик” o„quv qo„llanmasi nashrdan chiqarildi. Bu
qo„llanma 2011 - yili A.D.Qayumov, A.A.Adilov va N.M.Qayumova tomonidan
lotin alifbosida qayta ishlandi.
Ushbu darslik bakalavr, magistr va doktorantlarga mo„ljallangan bo„lib,
ularga mazkur fanning asosini tanishtirish bilan birgalikda gruntshunoslikning
kelajakda amalga oshiradigan vazifalari va rivojlanish nazariyasi to„g„risida
tushunchalar beradi.
Shuningdek darslikda gruntshunoslikda keng foydalaniladigan va unda
tushunchasi keltirilmagan ayrim atamalar izohi berilgan.
Darslikni yozishda muallif tomonidan o„zining ilmiy-tadqiqot ishlari,
Toshkent davlat texnika universitetida o„qigan ma‟ruzalari, shuningdek, 1983 - yili
Ye.M. Sergeyev va 2005 yili V.T.Trofimov tahriri ostida nashrdan chiqarilgan
“Грунтоведениe”, V.D.Kazarnovskiy «Основы инженерной геологии,
дорожного грунтоведения и механики грунтов» o„quv adabiyotlari, chet el
adabiyotlaridan M.D.Brajani “Principles of Geotechnical Engineering” (2010 y.),
G.P.Davidni “Enjineering Geology principles and practice” (2009 y),
R.F.Craigning “Craig‟s soil mexanics” (2010 y.) ini asos sifatida olinib undan keng
foydalanilgan.
12
Do'stlaringiz bilan baham: |