A. D. Kayumov gruntshunoslik



Download 8,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/147
Sana30.06.2021
Hajmi8,96 Mb.
#105332
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   147
Bog'liq
gruntshunoslik

Mexanik  zichlashtirish  usulini  qo„llash  gruntlar  xossalarining  tubdan 
o„zgarishiga  va  yangi  strukturali  bog„lanish  omillarining  hosil  bo„lishiga  olib 
kelmaydi: strukturali bog„lanish turlari tabiiy gruntlarnikidan farq qilmaydi. Faqat 
jinslarning  strukturasi  va  teksturasida  qisman  o„zgarish  bo„ladi,  natijada  ulardagi 
bog„lanish  qayta  shakllanadi,  kuchaytiriladi  va  to„ldiriladi.  Shuning  uchun 
jinslarning xossalarining tubdan o„zgarishi kuzatilmaydi. Sun‟iy dispers gruntlarda 
ularni  zichlashtirishda  hosil  bo„ladigan  tashqi  sharoit  o„zgarishining  faol  ta‟siri 
davom  etadi.  Xususan,  suv  shimilish  darajasining  o„zgarishida  ular  o„zining 
xossalarini kuchli o„zgartiradilar. 
Qumli  gruntlarning  g„ovakligi  va  suv  o„tkazuvchanligi  kolmatatsiya 
natijasida  sezilarli  o„zgaradi,  uning  asosi  qumdan  suspenziya  filtrlanib  o„tganda 
nozik zarralarning fizik va mexanik yutilish jarayonlariga bog„liq bo„ladi. Mayda 
zarrali  qumlarda  montmorillonitli  gillardagi  gil  zarralarining  kirib  borish 
chuqurligi 20 sm, gidroslyudalarda – 10 va kaolinlarda – 5 sm ni tashkil qiladi. 


205
 
 
«Muqobil  aralashma»  yaratib  gruntlarni  yaxshilash  usulida,  tashqi  ta‟sirga 
yaxshi qarshilik ko„rsatadigan eng zich massani olish uchun ma‟lum granulometrik 
tarkibli  gruntga  ma‟lum  yiriklikdagi  fraksiyalari  qo„shiladi.  Qumli  va  gilli 
zarralarning  uyg„unlashgan  aralashmasi  yordamida  muhandis-quruvchi  nuqtai 
nazaridan  gruntlarning  maksimum  musbat  va  minimum  manfiy  xossalarini  olish 
mumkin. 
Ko„tarma  gruntlar  qurilish  jarayonida  qurilish  elementining  kerakli 
tuzilmasi yoki sanoat chiqindilari zaxirasi sifatida shakllanadi. Birinchisi qurilishda 
ko„tarma gruntlar degan nomni olgan, ularning namunaviy ko„rinishi avtomobil va 
temir yo„llari, platinalar, dambalar va boshqa inshootlarning ko„tarmasi; ikkinchisi 
– sanoat chiqindilaridan iborat ko„tarma gruntlardir. 
Avtomobil  va  temir  yo„llarni  qurishda  katta  ko„tarmalar  yon  o„ymalardan 
olinadigan,  shuningdek  qurilish  joylariga  maxsus  karyerlardan  olib  kelinadigan 
materiallardan quriladi. Ko„tarmada gruntning strukturasi tabiiy holatda yotganga 
nisbatan  farq  qiladi;  suvli  va  havoli  tartibi  ham  berilgan  tumandagi  jinsning  va 
gruntning tabiiy suv - havo tartibidan farq qiladi. Bularning hammasi ko„tarmaning 
grunti  tabiiy  holatda  yotgan  o„zidaka  qattiq  komponentli  gruntlardan  xossalari 
bilan  farq  qilishini  ko„rsatadi.  Aytib  o„tilganlar  to„liq  ravishda  to„g„on  va 
dambalarning gruntiga ham taalluqlidir. 
Yuvilgan  gruntlar  o„zlashtirishga  tayyorlanayotgan  relyefi  past  bo„lgan 
joylarda  (masalan,  daryo  vodiysi  qayirida)  hosil  bo„ladi.  Yuvish  uchun  odatda 
alyuviyning  o„zanli  fatsiyasi  qumlari  ishlatiladi.  Ularning  zichlashtirilishi  va 
degidratatsiyasi  kerakli  darajada  tez  bo„ladi.  Shuning  uchun  bitta  karyerdagi,  bir 
xil texnologiya bilan har xil vaqtda yuvilgan qumlarning muhandis-geologik tavsifi 
o„zaro yaqin bo„ladi. 
Madaniy qatlamlar. Bu guruhdosh gruntlar murakkab tuzilmaga ega. Ular - 
inson  faoliyatining  izi  qolgan  yirik  aholi  yashash  joylaridagi  kesimning  yuqori 
qatlam  gruntlaridir  deb  tushuniladi.  O„zining  moddiy  tarkibi  va  xossasi  bo„yicha 
bu  qatlam  ostida  yotgan  tabiiy  gruntdan  farq  qiladi.  Madaniy  qatlamda  qoldiq 
sifatida har xil materiallar: qurilish axlati, singan g„isht va tosh, xo„jalikka kerakli  


206
 
 
buyumlar: gilli tovoqlar, sopol idishlar va boshqalar uchraydi. 
Madaniy  qatlamning  qalinligi  keng  oraliqda  bir  necha  santimetrdan  o„nlab 
metrgacha  o„zgarishi  mumkin.  U  joyning  relyefiga  va  boshqa  omillarga  bog„liq 
bo„ladi. Ko„tarmali madaniy qatlamning ko„plab yig„iladigan joylari odatda jarlar, 
daryo  vodiysi,  botqoqliklar  bo„lishi  mumkin.  Chunki  birinchidan  ular  axlat 
tashlaydigan  joylar  hisoblanadi,  ikkinchidan  ular  aholi  yashash  joylarini  vertikal 
rejalashtirish uchun maxsus joylarga ko„miladi. 
Madaniy  qatlamlar  o„ziga  xos  tarkibga  ega  bo„ladi.  Asosiy  mineral 
massasining  mineral-petrografik  tarkibi  ko„pincha  joyning  geologik  sharoiti  bilan 
belgilanadi,  qo„shimchalar  tarkibi  insonning  xo„jalik-madaniy  faoliyati  tavsifi 
bilan  aniqlanadi.  Tabiatda  hosil  bo„lgan  gruntlardan  farqli  ravishda  madaniy 
qatlam  tarkibi  bo„yicha  juda  xilma  xildir.  Madaniy  qatlamning  tarkibini  vertikal 
bo„yicha  ham,  gorizontal  yo„nalish  bo„yicha  ham  bir  xil  emasligi  adabiyotlarda 
ta‟kidlanadi. Ayrim turdagi madaniy qatlamlar tarkibida ko„p miqdorda, madaniy 
qatlamning yoshi ortishi bilan miqdori kamayuvchi organik moddalar bo„ladi. 
 

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish