A. D. Kayumov gruntshunoslik



Download 8,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/147
Sana30.06.2021
Hajmi8,96 Mb.
#105332
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   147
Bog'liq
gruntshunoslik

Mayda  donali  (qumli)  gruntlar.  Qumli  gruntlar  monomineral  tarkibli 
o„lchami 0,05-2 mm bo„lgan ko„p miqdordagi zarralardan iborat bo„ladi. Ularda gil 
zarralari miqdoi 5% dan oshmaydi. Quruq holatda ular odatda sochiluvchan, nam 
holatda uncha katta bo„lmagan bog„liqlikka ega bo„ladi. Qumli gruntlarning ayrim 
suvga to„yingan turlari oquvchan xossaga ega bo„ladi. 
Qumli gruntlarning muhandis-geologik xususiyati (xususan, suv o„tkazish va 
surilishga  qarshilik  qiymatlari)  ularda  graviy-galechnikli  va  changli  zarralarning 
bor  yoki  yo„qligiga  qarab  kuchli  o„zgaradi,  shuningdek  qum  zarralari  yirikligiga 
bog„liq  bo„ladi.  Shuning  uchun  qumli  gruntlarning  tarkibini  tavsiflaydigan 
xususiyatlarini  ularni  turlarga  bo„lish  uchun  asos  qilib,  graviyli,  toza  va  changli 
qumlar  uchun  olingan.  Bundan  tashqari,  qumli  gruntlar  guruhiga  yengil  supeslar 
ham kiritilgan, bunda qumli gruntlar asosiysi hisoblanadi, ularda gil firaksiyalarini 
miqdori 3-5% dan oshmaydi. 
Qumlarni  granulometrik  tarkibi  kerakli  darajada  xilma  xildir.  Uning 
xususiyati  joyning  tektonik  holati  va  tartibi  keng  tarqalgan  jinslar  tarkibi,  iqlim 
sharoiti va qumli yotqiziq genezis bilan aniqlanadi. Tog„-buramali tumanlarda, har 
xil  genezisli  (allyuvial,  prolyuvial,  gravitatsion,  suv-muzli  va  b.)  yotqiziqlar 
kesimida  graviyli,  yirik  va  o„rta  yiriklikdagi  qumlar  ko„p  tarqalgan.  Shuningdek 
ular  harakatchan  platformalar  (masalan,  G„arbiy-Yevropa  platformasining  Boltiq 
shiti)  atrofida  keng  tarqalgan.  Bu  tumanlarda  qumlar  tarkibining  ko„proq  qismi 
flyuvioglasial,  dengiz  va  allyuvial  yotqiziqlarining  yuvilishi  natijasida  hosil 
bo„lgan.  Bu  turdagi  qumlar  allyuvial  yotqiziqlarning  qatlamli  kesimning  eng 
quyida  yotadilar  (perlyuviy  fatsiyasi),  ularning  yuqorisida  kerakli  darajada  bir  xil 


182
 
 
bo„lgan o„rtacha, mayda va changli qumlar (o„zanli, ayrim hollarda qayirli fatsiya) 
yotadi. 
Qumlar granulometrik tarkibining genezisiga bog„liqligi akkumulyatsiya va 
chiqib ketish hududi bitta bo„lgan tumanlarda yaxshi ko„riladi. Masalan, ko„pchilik 
tumanlarda,  to„rtlamchi  davrda  qitani  muz  bosishida,  eng  yirigi  flyuvioglasialli 
qumlar hosil bo„lgan. Yosh jihatdan kichik bo„lgan allyuvial qumlar, qadimgiroq 
flyuviolgilatsion  yotqiziqlarning  yuvilishi  va  daryolar  bilan  qayta  yotqizilishi 
natijasida hosil bo„ladi. Ularning tarkibi odatda ko„proq bir xil va dispersli bo„ladi. 
Dengiz  qirg„oqlari  va  daryolarning  dengiz  havzasiga  quyiladigan  joylaridagi 
qumlar ko„proq dispers tarkibli bo„ladi.  
Qumlarning  mineral  tarkibi  ham  har  xil  bo„ladi.  Ularning  tarkibida  juda 
ko„p minerallar uchraydi, ammo ulardan 25-30 tasi amalda ahamiyatga ega bo„lgan 
miqdorda  bo„ladi.  Groutning  ma‟lumotiga  asosan,  qumli  gruntlarning  o„rtacha 
mineral tarkibi quyidagicha: kvars – 70%, dala shpati – 8, kalsit – 7, dolomit – 3, 
xlorit –  1, qolgan  minerallar  – 11%  bo„ladi. Bu  ma‟lumotlar  qum  tarkibida  kvars 
va dala shpati asosiy ahamiyatga ega ekanligini ko„rsatadi.  
MDHning  ko„pchilik  tumanlaridagi  qumli  gruntlar  sho„rlanmagan 
hisoblanadi. Ularda yengil- va o„rta eriydigan tuzlarning miqdori foizning yuzdan 
bir  ulushiga  teng.  Ammo  O„zbekistonda  tarkibida  yengil  eruvchi  tuzlar  miqdori 
0,3%  dan  ko„p  bo„lgan  qumlar  ham  uchraydi.  Ular  kontinental  yoki  dengiz  yo„li 
bilan  hosil  bo„lgan  bo„lishi  mumkin.  Ularda  sho„rlanish  genezisi  xilma  xildir. 
Dengiz  qumlarining  qatlamlarida  singenetik  qumli  tuzlar  rivojlangan,  ular  arid 
sharoitda  (bunday  qumlar  Kaspiy  dengizi  qirg„oqlarida)  diagenezning  erta 
bosqichida  rivojlanganlar.  Alyuvial,  prolyuvial  va  boshqa  turdagi  qumlar 
qatlamida tuz miqdorining ko„p bo„lishi, odatda, kontinental sho„rlanishli, yer osti 
suvlari  sathining  tabiiy  yoki  antropogen  sabablar  bilan  oshishiga  bog„liq. 
Qumlarning alyuvial, prolyuvial va boshqa turidagi qatlam-laridagi tuzlarning katta 
miqdori  hosil  bo„lishi,  odatda,  tabiiy  yoki  antropogen  ta‟sirlar  natijasida  yer  osti 
suvlari ko„tarilishi bilan bog„liq. 


183
 
 
Qumlarning  namligi  1-2  dan  5-35%  gacha  o„zgaradi.  Kesimning  yuqori 
qismida (kapillyar sathi tepasida) qumlarda uncha katta bo„lmagan – 1-5% namlik 
bo„ladi.  Kapillyar  namlanish  hududida  qumlarning  namligi  qonuniy  o„zgaradi  va 
grunt  suvlari  sathida  maksimum  qiymatga  yetadi.  Suvga  to„yingan  hududda 
namlik, odatda 25-30%ni tashkil qiladi. Qumlar va yengil supeslardagi suvlar fizik 
holati  bo„yicha  kapillyar  va  gravitatsion  turlarga  taalluqlidir.  Ko„pchilik 
tumanlarda qumlar g„ovaklikdagi namlikda uncha ko„p bo„lmagan tuzni saqlaydi. 
Ammo, aridli tumanlarda g„ovaklik suvlari kuchli minerallashgan (nomokopgacha) 
bo„ladi. Yuqori minerallashuv dengiz qirg„oqlarida rivojlangan qumlardagi yer osti 
suvlari uchun ham tavsiflidir. 
Yengil  eruvchi  tuzlar  va  organik  moddalari  bo„lmagan,  kvarsli  yoki  dala 
shpatili-kvarsli  tarkibli  eng  keng  tarqalgan  qumli  gruntning  qattiq  zarrasining 
zichligi  ko„pincha  2,65-2,66  g/sm
3
  ga  teng  bo„ladi.  Yengil  eriydigan  tuzlarni, 
shuningdek  alohida  organik  moddalarning  bo„lishi  bu  ko„rsatkich  qiymatini 
kamaytirib yuboradi (2,55-2,66 g/sm
3
 gacha, ayrim hollarda undan kam).  
Qumli  gruntlarning  skeleti  zichligi  keng  diapazonda  o„zgaradi:  1,45-1,50 
dan  1,80-1,85  g/sm
3
  gacha  va  ayrim  hollarda  undan  yuqori.  Ko„p  miqdorda 
organik  moddalari  bo„lgan  qumlarda  zichlik  miqdori  1,20-1,35  g/sm
3
  gacha 
kamayadi.  Hamma  turdagi  qumlar  kesimida  bu  ko„rsatkich  miqdori  1,55-1,75 
g/sm
3
  ni  tashkil  qiladi.  Bir  xil  bo„lmagan  har  xil  tarkibli  qumlarda  skelet  zichligi 
odatda yuqori bo„ladi. 
Qumlarning  umumiy  g„ovakligi  25-30  dan  50-55%  gacha  o„zgaradi. 
Ko„pincha  uning  miqdori  35-45%  atrofida  bo„ladi.  G„ovaklik  qiymati,  odatda, 
qumli  gruntlarning  dispersligi  oshishi  bilan  oshadi.  Masalan,  yirik  qumlarning 
g„ovakligining  o„rta  arifmetik  qiymati  hozirgi  Nadim  daryosi  kesimida  (G„arbiy-
Sibir plitasining shimoli) 39%, o„rta yiriklikdagi qumlarda - 41, mayda donalida – 
42,  changlida  –  45,  yengil  supeslarda  –  50%  (bunday  qonuniyat  allyuviyalli 
terrasalar poymasiga ham xosdir)ni tashkil qiladi. Qumli gruntlarda g„ovaklikning 
o„lchami,  aksincha  ularning  dispersligi  oshishi  bilan  oshadi: 
Mio„er 
tekisligidagi 
allyuvialli o„rtadonali qumlarning o„rtacha o„lchami, P.I.Fadeev bo„yicha 88 mkm 


184
 
 
ni  tashkil  qiladi,  yengil  supeslarda  –  48  mkm.  Qumlarning  bir  xil  bo„lmaslik 
darajasining oshishi g„ovaklik o„lchamining kamayishiga olib keladi. 
Qumli  gruntlarning  o„ziga  xos  xususiyati  –  ularning  nisbatan  yuqori  suv 
o„kazuv-chanligidir.  Changli  qumlarning  filtratsiya  koeffitsiyenti  odatda  1  m/sut 
dan oshmaydi. Mayda va o„rta zarrali qumlarda mos ravishda u 1-5 va 5-25 m/sut 
ga teng. Yirik donali qumlarda uning qiymati 40-50 m/sut ga yetishi mumkin. Eng 
katta  filtratsiya  koeffitsiyenti  –  80-100  m/sut  graviyli  qumlar  uchun  tavsiflidir, 
ayrim hollarda undan katta bo„lishi mumkin.  
Qumlarda  kapillyar  ko„tarilish  3-12,  o„rta  donalilarda  –  15-35,  mayda 
donalilarda  –  35-100  sm  ga  yetishi  mumkin.  Supeslarda  kapillyar  ko„tarilish 
balandligi 1-1,5 m ga teng bo„ladi. Ta‟kidlash joizki, bir xil granulometrik tarkibli 
va  tuzilishli,  har  xil  genezisli  qumlarda  kapillyar  ko„tarilish  balandligi  orasidagi 
farq uncha katta emas. 
Qumli gruntlarning siqilishi strukturasi bog„langan gruntlarga nisbatan kam 
bo„ladi.  Statik  kuch  ta‟sirida  ular  juda  bo„sh  zichlashadilar.  Dinamik  yuk  ta‟siri 
qumli gruntlarda jadal tebranma zichlashishga olib keladi, ayniqsa bo„sh va o„rta 
zichlikdagi qumlar uchun bu tavsiflidir.  
Qumli gruntarning deformatsiya moduli 10 dan 45-50 MPa gacha o„zgaradi. 
U  qonuniy  ravishda  qumlarning  dispersligi  oshishi  va  uning  zichligi  kamayishi 
bilan kamayadi. 
Qumli  gruntlarning  surilishga  qarshiligi  gilli  va  lyossli  gruntlarga  nisbatan 
sezilarli yuqori bo„ladi. U qonuniy ravishda disperslikning kamayishi va qumning 
zichligi  ortishi  bilan  ortadi.  Suv  filtratsiyasi  bo„ladigan  qumli  yon  bag„irlarda 
mustahkamlik  15-30%  ga  kamayadi.  Buning  asosiy  sababi  zarralarni  yon  bag„ir 
bo„yicha pastga suruvchi gidrodinamik bosim ta‟siri hisoblanadi. 
Qumli  gruntlarning  o„ziga  xosligi  –  tog„  kovlanmalarini  ochishda 
oquvchanligi yoki suvga to„yingan qumlarning va supeslarning qovushqoq holatga 
o„tishidir. Bu hodisa ko„pincha filtratsiyali oqimning gidrodinamik bosimi ta‟sirida 
ro„y  beradi.  Qumlarning  qovushqoqligiga  va  ularning  harakatchang  holatga 
o„tishiga  sabab  qumli-kalloidli  teksotropli  gruntlar  ta‟siri  hisoblanadi.  Bunday 


185
 
 
ta‟sir kerakli darajada allyuvial yotqiziqlar orasida, ayniqsa eski, delta, leguna va 
ko„lli qumlarda ko„p uchraydi. 
 

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish