A. D. Kayumov gruntshunoslik


-BOB. GRUNTLARNING TASNIFI



Download 8,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/147
Sana30.06.2021
Hajmi8,96 Mb.
#105332
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   147
Bog'liq
gruntshunoslik

4-BOB. GRUNTLARNING TASNIFI 
4.1. Tasnif turlari 
 
Har qanday tasnifni tuzish – juda murakkab ish. Uni amalga oshirish uchun, 
ma‟lum  bir  yo„nalishda  berilgan  fan  bo„yicha  tadqiqot  obyektida  umumiy 
qonuniyatni  aniqlash  davomida  katta  miqdorda  amalda  material  yeg„ilgan 
bo„lsagina mumkin bo„ladi. Ko„rilayotgan masala bo„yicha gruntlarni tasnifini tog„ 
jinslari muhandis-geologik xossalarining qonuniyatlari, ularning tarkibi va tuzilishi 
to„g„risida, shuningdek, qonuniyatlarni tasdiqlaydigan amaliy ma‟lumotlar kerakli 
miqdorda yeg„ilgan bo„lsagina, yaratish mumkin bo„ldi deb aytish mumkin. 
Bu masala bo„yicha nashr qilingan birinchi ish M.S.Volkov 1840-yili chop 
ettirgan «Toshli binolar asosi to„g„risida» maqolasidir. Unda muallif gruntlarning 
ikkita  muhim  xossasini:  bosimga  qarshilik  va  mustahkamlik  tushunchasini 
keltiradi.  
XIX  asr  oxiri  va  XX  asr  boshida  rus  quruvchilari  gruntlarning  siqilishi  va 
bo„kishi  masalalariga  katta  ahamiyat  berdilar.  Bu  A.P.Pаvlov  tomonidan  qurilish 
uchun ishlab chiqilgan tog„ jinslari tasnifida o„z aksini topdi.  
A.P.Pavlov  tasnifi  har  xil  gruntlarda  ilashish  kuchini  o„rganish  asosida 
qurildi. Bu jihatlar F.P.Savarenskiy taklif qilgan tog„ jinslari tasnifida rivojlandi va 
ularni  to„ldirdi,  keyinchalik  uni  birmuncha  V.A.Priklonskiy  va  P.N.Panyukov 
qayta ishlashdi va to„ldirishdi. 
Keltirilgan  tasniflar  umumiy  tavsifga  ega,  ularning  mualliflari  o„zlarining 
oldilariga,  tabiatda  uchraydigan  tog„  jinslarining  o„ziga  xos  xususiyatlarini  aks 
ettirishni,  muhandis-geologik  xususiyatlari  yaqin  bo„lgan  jinslarni  guruhlarga 
ajratishni  maqsad  qilib  qo„yishgan  edi.  Bunday  tasnif  «gruntlarning  umumiy 
tasnifi» degan nomni oldi. 
Umumiy tasnif o„z oldiga tog„ jinslarining eng ko„p tarqalgan turlarini iloji 
boricha  qamrab  olish  va  ularni  grunt  sifatida  tavsiflash  vazifasini  qo„yadi.  Ular 
genetik  asosga  qurilishlari  kerak.  Takidlash  lozimki,  genetik  asos  deb  jinsning 
hosil  bo„lish  sharoiti  tushunilib  qolmasdan,  gruntning  «geologik  hayotida» 


162
 
 
keyinchalik  o„zgarishi  ham  tushiniladi.  Gruntlarning  umumiy  tavsifi  qolgan 
tavsiflar uchun asos bo„ladi. 
Ma‟lum bir alohida olingan yo„nalish uchun umumiy tasnif xususiy tavsiflar 
bilan  to„ldiriladi.  Xususiy  tasniflar  xususiyatini  hisobga  olgan  holda  umumiy 
tasnifni rivojlantiradi, o„rganiladigan jins turlari ma‟lum miqdoriy ko„rsatkichlarga 
asoslanib guruhlarga bo„linadi.  
Umumiy va xususiy tasniflardan tashqari regional va soha tasniflari bo„ladi.  
Regional  tasniflar  gruntlarni  ma‟lum  hududga  mos  ravishda  ko„radi;  ularni 
tuzishda  geologiyaning  formatsiyasi  va  fatsiyasi  to„g„risidagi  tushunchadan  kelib 
chiqiladi.  Gruntlarning  regional  tasnifi  asosida,  berilgan  hududlarda  jinslarning 
yoshi va genetik bo„linishi shakllanishi kerak. 
Gruntlarning soha tasniflari qurilishni (gidrotexnik, yo„l, gruntlar inshootlar 
asosi  sifatida  foydalanilganda  va  b.)  aniq  soha  talablariga  mos  ravishda  tuziladi. 
Bunday  tasniflarning  to„g„ri  bo„lishi  ma‟lum  bir  tortishuvlarga  ega,  chunki 
jinslarning muhandis-geologik xususiyatlari ular qanday maqsadda ishlatishlaridan 
qat‟i nazar o„zgarmasdan qoladi. 
Regional  va  soha  tasniflari  xususiyga  o„xshab  umumiy  tasnifga  asoslanadi. 
Gruntlarning  umumiy  tasnifi  boshqa  tasniflar  uchun  asos  hisoblanadi.  Shuning 
uchun uni tuzishda to„g„ri jihatini topish muhim ahamiyatga ega. 
Gruntlarning  umumiy  tasnifi.  Gruntlarni  umumiy  tasnifi  Ye.M.Sеrgeyev 
tomonidan 1948-yili tog„ jinslari ayrim guruhlarining o„zaro bog„liqligini o„rganib 
tuzilgan.  Keyinchalik,  1957-yili  Ye.M.Sеrgeyev,  V.A.Priklonskiy,  P.N.Panyukov 
va  L.D.Beliy  umumiy  tasnifning  kerakli  muhim  jihatlarini  rivojlantirdilar.  Ular, 
tasnifni  tuzishda  quyidagi  ko„rsatkichlarni  hisobga  olish  lozimligini  ta‟kidladilar: 
sinfi, guruhi, guruhdoshi, turi, xili. 
Gruntlar  umumiy  tasnifining  oxirgi  maqsadi  har  bir  bo„lim,  jinslarning 
inshootlar  bilan  o„zaro  holatini  hisobga  olib,  o„zida  muhandis-geologik  xossalari 
yaqin bo„lgan jinslarni birlashtirish bo„lishi kerak. 
Yuqorida,  hamma  tog„  jinslarining  xossalari  ular  tuzilgan  komponentlarni 
o„zaro  nisbati  va  ta‟siri,  komponentlarning  o„z  tarkibi  va  jinsning  struktura-


163
 
 
tekstura  xususiyati  bilan  aniqlanishi  ta‟kidlandi.  Keltirilgan  omillardan  qaysi 
ko„rsatkich  tog„  jinslarining  xossalarini  umumlashtirib  o„zida  aks  ettiradi  degan 
savol tug„iladi? Bunday ko„rsatkich tog„ jinslari tuzilgan komponentlarning o„zaro 
nisbati  va  ta‟siri,  komponentlarning  tarkibi  va  jinslarning  struktura-tekstura 
xususiyatini mujassamlashtirgan ulardagi strukturali bog„lanish bo„lishi kerak. 
Bir  tomondan  strukturali  bog„lanish  o„ziga  xos  indikator  bo„lib  jinsning 
xususiyatini va unga bo„ladigan tabiiy jarayonlarning ta‟sirini aks ettiradi, ikkinchi 
tomondan  –  jinslarning  xossalariga  sezilarli  ta‟sir  etadi.  Shuning  uchun  umumiy 
tasnifni qurishda jinslardagi strukturali bog„lanish tavsifini hisobga olish maqsadga 
muvofiq bo„ladi. 
Keyinchalik  gruntlarning  umumiy  tasnifi  takomillashtirildi.  Unga  asosan 
hamma  jinslar  ikkita  sinfga  bo„linadilar:  qattiq  kristalli  bog„lanishga  ega  bo„lgan 
qoya tog„ jinslari, unday bog„liqlik bo„lmagan dispers (bo„sh) gruntlar. Shu bilan 
birgalikda  gruntlarning  uchinchi  sinfi  –  xossalari  jinslarda  muz  yordamida  hosil 
bo„ladigan bog„liqliklarga ega bo„lgan muzlagan gruntlarni ham ajratish maqsadga 
muvofiqdir. 

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish