A. D. Kayumov gruntshunoslik


 «Gruntshunoslik» fanining rivojlanishi



Download 8,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/147
Sana30.06.2021
Hajmi8,96 Mb.
#105332
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   147
Bog'liq
gruntshunoslik

 
2. «Gruntshunoslik» fanining rivojlanishi 
 
Gruntshunoslik  –  gruntlar  to„g„risidagi  fan  bo„lgani  uchun  birinchi  galda 
«grunt» atamasini tushunib olish kerak. 
Rus  quruvchilarining  atamasiga  nemis  tilidagi  «grunt»  so„zi  Petr  I  davrida 
Volga  daryosini  Baltika  dengizi  bilan  birlashtirilgan  vaqtdan  boshlab  kiritilgan. 


15
 
 
XIX asrga kelib rus quruvchilari orasida «grunt» atamasi to„g„risida ma‟lum fikrlar 
bo„lgan.  Grunt  deb  qandaydir  inshoot  uchun  asos  sifatida  foydalaniladigan  tog„ 
jinslari tushunishgan.  
MDHda  «Gruntshunoslik»  qurilishga  bog„liq  holda  tuproq  va  grunlarni 
o„rganish bo„yicha yangi yo„nalish sifatida shakllandi. Uning yuzaga kelishi uchun 
asosiy  kuch  tuproqshunoslikda  V.V.Dokuchayev  ishlab  chiqqan  genetik 
yondashuv  va  P.A.Zemyatchinskiy  gillarni  o„rganishdagi  ishlari,  1923  -  yili 
gillarni o„rganishda uni ma‟lum tabiiy tarixiy sharoitda shakllangan fizik jism deb 
qarashi sabab bo„ldi. 
1923  -  yili  Sankt-Peterburgda  yo„l-ilmiy  tadqiqot  byurosi  tuzilib, 
N.I.Proxorov, P.A.Zemyatchinskiy va N.N.Ivanov rahbarligida tuproq va cho„kindi 
(ko„pincha  yosh)  jinslarning  yo„l  qurilishi  uchun  tadqiqotlari  tashkil  etildi.  Yo„l 
grunt-shunosligi paydo bo„ldi, keyinchalik boshqa turdagi muhandislik inshootlari 
uchun tog„ jinslarini o„rganishda genetik yondashish o„z o„rnini topganidan so„ng, 
«yo„l»  atamasi  mazmunini  yo„qotadi  va  kengroq  «gruntshunoslik»  deb  atay 
boshlandi.  
1924 - yili sentyabr oyida O„rta Osiyo davlat universitetida prof. O.K.Lange 
tomonidan «Dinamik geologiya» kafedrasi tuzilib, 1930 - yildan «Gidrogeologiya 
va  muhandislik  geologiyasi»  kafedrasi  deb  nomlandi  va  gruntshunoslik  faniga 
alohida ahamiyat berila boshlandi. 
«Gruntshunoslik»  sohasi  bo„yicha  maxsus  ilmiy-tadqiqot  ishlarini  olib 
borish  va  talabalarga  chuqurroq  bilim  berish  uchun  1930  -  yili  Sankt-Peterburg 
universitetida,  keyinchalik,  1938  -  yili  Moskva  universitetida  gruntshunoslik 
kafedrasi tashkil qilindi.  
Gruntshunoslik  avvaldan  tabiiy  tarixiy  fan  sifatida  rivojlandi.  Uning 
rivojlanishida  bobokalonlarimiz  Abu  Rayhon  Beruniy,  Abu  Ali  Ibin  Sino,  Al 
Xorazmiy,  Al  Forobiylar  bilan  birgalikda  rus  olimlaridan:  P.A.Zemyatchinskiy, 
M.M.Filatov, 
V.V.Oxotin, 
V.A.Priklonskiy, 
V.M.Gumenskiy, 
I.V.Popov, 
S.S.Morozov,  Ye.M.Sergeyev,  N.N.Maslov,  chet  el  olimlaridan:  M.D.Braja, 
G.P.David,  R.F.Craig,  o„zbek  olimlaridan:  G„.O.Mavlonov,  K.P.Po„latov, 


16
 
 
E.V.Qodirov,  A.D.Kayumov,  X.Z.Rasulov,  M.Sh.Shermatov,  A.A.Adilovlarning 
ilmiy ishlari katta ahamiyatga ega bo„ldi. 
Gruntshunoslik  bilan  bir  vaqtda  unga  yaqin  bo„lgan,  fizika-matematika, 
qurilishi  va  geologiya  fanlari  orasidagi  fan  -  gruntlar  mexanikasi  yuzaga  keladi. 
Uni yuzaga kelishi uchun birlamchi ma‟lumotlar sifatida 1925 - yili chop etilgan 
K.Tersagini  «Cтроительная  механика  грунтов»  nomli  monografiyasi  sababchi 
bo„ldi.  
Gruntlar mexanikasida nazariy va qurilish mexanikasini tog„ jinslariga ta‟sir 
qilishi bo„yicha umumiy qonuniyatlar ko„riladi. Shu bilan birgalikda mexanikaning 
qonuniyatiga  bo„ysunuvchi  va  ma‟lum  hisobiy  chizmalarda  ifodalanuvchi 
gruntlarning  mexanik  xossalari  birinchi  o„ringa  qo„yiladi,  ularning  genezisi 
natijasida shakllangan gruntlarning geologik xususiyatlari kamroq hisobga olinadi.  
Tog„ jinslarini grunt sifatida tadqiqot qilishda jinsning mineral qismi (qattiq 
komponenti) o„rganib qolinmasdan, har qanday tog„ jinsi tarkibida (1-rasm) bo„la- 
 

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish