A. D. Kayumov gruntshunoslik



Download 8,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/147
Sana30.06.2021
Hajmi8,96 Mb.
#105332
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   147
Bog'liq
gruntshunoslik

Kimyoviy  tabiatli  strukturali  bog„lanish.  Bu  turdagi  strukturali  bog„lanish 
o„zining tabiatiga qarab minerallarning ichki kristalli bog„lanishiga yaqin turadi. U 
mineral  zarrachalarining bir biri bilan o„zaro tutash  joyida  yoki  zarralar  orasidagi 
bo„shliqni  sementlashtiruvchi  moddalar  bilan  to„lishidan  yuzaga  kelishi  mumkin. 
Bunda sementlashadigan zarralarning tashqi kristall panjarasi kimyoviy bog„lanish 
hisobiga mustahkamlanadi. 
Kimyoviy  bog„lanish  strukturali  bog„lanishlar  ichida  eng  mustahkami 
hisoblanadi.  Ayrim  hollarda  (masalan,  kvarsitlarda,  kristalli  ohaktoshlarda)  u 
mustahkamligi  bo„yicha  kristallar  ichidagi  kimyoviy  bog„lanishdan  kam 
bo„lmaydi.  Shuning  uchun  bunday  jinslarda  sinish  chizig„i  mineral  zarralarining 
tutash joyida, shuningdek ularning o„zida ham bo„lishi mumkin. 
Kimyoviy strukturali bog„lanish har xil usullar bilan bog„lanadi. Magmatik 
jinslarda  mineral  zarralarining  o„zi  bilan  bir  vaqtda  –  magmatik  eritmalarning 
kristallashuvi va qotishi jarayonida; metamorfik jinslarda – ona tog„ jinsining qayta 
kiristallashuvida;  sementlashgan  cho„kindi  jinslarda  –  eritmalar  infiltratsiyasi 
natijasida  va  ulardan  tuzlarning  ajralishida,  shuningdek  kolloid  kremnezyomning 
yoki temir gidrookisining g„ovaklik fazosida cho„kishi, ularning qarishi va zarralar 
orasidagi tutash joylarning kristallashuvida  hosil bo„ladi. 
Kimyoviy  bog„lanishlar  o„zining  tabiatiga  qarab  elektromagnit  tavsifli 
kuchlarni  aks  ettiradi.  Ular  atomlarning  valentli  elektronlari  orqali  amalga 
oshiriladi. O„zaro ta‟sirda bo„lgan atomlarning elektromanfiylik qiymatiga bog„liq 
ravishda  ular  orasida  valentli  elektronlarning  bo„linishi  har  xil  bo„lishi  mumkin. 
Bunda ko„pincha asosiy jins hosil qiluvchi minerallarda ikki xil turdagi kimyoviy 
bog„lanish  hosil  bo„ladi:  kovalent  va  ion.  Kimyoviy  bog„lanishning  tavsifli 
xususiyati,  birinchidan  o„zaro  ta‟sirda  bo„lgan  atomlar  orasining  yaqin  bo„lishi 
(taxminan  0,5-3,5Å),  atomlar  orasidagi  masofaning  oshishi  bilan  u  tez  kamayadi; 
ikkinchidan 1200 kDj/mol ga yetuvchi yuqori energiyadan iborat bo„ladi, buzilishi 
orqaga qaytmaydigan tavsifga ega. 


68
 
 
Fizik  va  fizik-kimyo  tabiatli  strukturali  bog„lanishlar.  Nozik  dispers 
sementlashmagan  va  bo„sh  sementlashgan  gruntlarda  (gilli  va  lyossli,  bo„r  va 
mergel, diatomit va trepel), shuningdek biogen yo„l bilan hosil bo„lgan (torflar) va 
tuproqlarda  strukturali  bog„lanishning  shakllanishida  fizik  va  fizik-kimyo  tabiatli 
bog„lanishlar  katta  ahamiyatga  ega.  Ularning  hosil  bo„lishi  nozik  dispers 
jinslarining  qattiq  komponentlarining  yuqori  solishtirma  yuzasi  va  mineral-suv 
chegarasidagi fizik va fizik-kimyoviy hodisalar bilan bog„liq. Fizik va fizik-kimyo 
tabiatli  kuchlar  nozik  dispers  zarralarning  tutash  joyida  ta‟sir  qiluvchi  bir  necha 
xilli  turlarga  farqlanadi:  molekulyar,  elektrostatik,  magnit,  ion-elektrostatik, 
kapillyar. Jinslarning umumiy strukturali bog„lanishining shakllanishida keltirilgan 
har  bir  kuchning  ahamiyati  jinslar  litifikatsiyasi  darajasiga  va  uning  suvga 
to„yinishiga  bog„liq  o„zgarishi  mumkin.  Masalan,  gilli  cho„kindilarda,  bo„sh 
litifitsirlangan  gillar  va  torflarda  asosiysi  molekulyar,  elektrostatik  va  magnitli 
o„zaro  ta‟sirlar  hisoblanadi.  Sezilarli  litifikatsiyaga  uchragan  gilli  jinslarda, 
shuningdek  lyosslar  va  tuproqlarda  strukturali  bog„lanishni  belgilovchi  ion-
elektrostatik va kapillyar kuchlar mavjud bo„ladi. 
Mexanik tabiatga ega strukturali bog„lanish. Yuqorida ko„rib o„tilgan fizik 
va  fizik-kimyo  tabiatli  kuchlar,  suvga  to„liq  yoki  qisman  to„lgan  g„ovakli  nozik 
dispers  tizimlarda  ta‟sir  qiladi.  Masalan,  qumli  va  yirik  donali  gruntlarda, 
keltirilgan  kuchlar  hisobiga  strukturali  bog„lanishning  samaradorlik  yig„indisi 
sezilarli  darajada  kamayadi.  Shuning  uchun  bunday  jismlar  odatda  sochiluvchan 
(bog„lanmagan)  tizimga  taalluqli  bo„ladi.  Ularning  strukturali  bog„lanishi  uncha 
katta  emas  va  toza  mexanik  tabiati  bilan  tavsiflanadi.  Bunga  zarralar  yuzasining 
relyefi mikrobirxil emasligi natijasida yuzaga keladigan o„zaro bog„lanishi xosdir. 
Zarrachalar  va  donalar  ilashishining  miqdori  jinsning  zichligiga,  uning 
zarrachalarining  tarkibi  va  qirrasiga    bog„liq.  Ilashish  jins  zarralari  tarkibining 
birxil emasligi, yirikligi va mineral tarkibining qirraliligini oshishi bilan oshadi. 
Tutash  joy  ta‟sirlari  nazariyasi.  Tog„  jinslarida  strukturali  bog„lanishning 
hosil bo„lishi zarraning hamma yuzasining fazalari orasida bo„lmay, faqat ularning 
eng  bir-biriga  yaqin  kelgan  tutash  joylarida  ro„y  beradi.  Tutash  joylar,  odatda, 


69
 
 
jinslarda  eng  ko„p  bo„shashgan  qismi  hisoblanadi,  shuning  uchun  tashqi  ta‟sirda 
ular  birinchi  bo„lib  buziladi.  Natijada  tog„  jinslarining  buzilishga  qarshiligi 
zarralarning  tutash  joylardagi  (ya‟ni  zarrachaning  tutash  joydagi  hududining 
mexanik  mustahkamligi)  ilashish  kuchining  qiymati  va  g„ovakli  tizmning  hajmi 
ichidagi tutash joylar miqdori  bilan belgilanadi. 
Hozirgi zamon g„ovakli jismlarning fizik-kimyoviy mexanikasi tasavvuriga 
asosan  (Rebinder),  tog„  jinslarida  o„zining  tabiati,  hosil  bo„lish  sharoiti  va 
mustahkamligi bo„yicha bir nechta tutash joylarni ajratish  mumkin:1) fazoviy, 2) 
sementlashgan, 3) koagulyatsiyali, 4) o„tuvchi (nuqtali) va 5) mexanik (
2.1-rasm
). 

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish