2-variant
1. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganimizdan keyin quyidagi qanday strategik
maqsad fuqarolik jamiyatini shakllantirish sifatida belgilangan?
A) bozor iqtisodiyotiga asoslangan mustaqil demokratik davlat barpo etish
B) inson manfaatlari, huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi
C) mamlakatimiz barcha fuqarolari uchun qonun oldida tenglik ta’minlanadigan
D) yuqoridagi javoblar to‘g‘ri
2. Ma’lumki, fuqarolik jamiyatining amalda yuzaga kelishiga Huquqlar haqidagi
billning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etgan. U qachon va qaerda qabul
qilingan?
A) Angliya, 1689 y
B) AQSH, 1791
C) Fransiya, 1789
D) A va B
3. Quyidagilardan qaysi birining axlokiy-siyosiy qarashlari markazida insoniylik,
inson tabiatining axloqiy masalalari, oila hayoti, davlatning vazifasi, uni
boshqarish, xalq va davlatning o‘zaro munosabati, ijtimoiy tartib, ijtimoiy
qatlamlar to‘g‘risidagi g‘oyalar yotadi?
A) Aristotel
B) Dun CHjunshu
C) Konfutsiy
D) SYUN-Szi
4. U o‘z asarlarida aristokratik nuqtai nazardan turib, xukmdor va posbonlarga
alohida e’tibor berdi, hunarmand-ishlab chiqaruvchilarga esa kam o‘rin ajratdi.
Uning fikricha, so‘nggi tabaqa, shubhasiz, yomonlikdir, chunki ular ishlab
chiqarish bilan band bo‘lganliklari tufayli boylik orttirishga intiladilar. Ular oxir-
oqibatda ideal davlatni halokatga olib keladilar. Gap qaysi antik davr mutafakkiri
haqida bormoqda?
A) Aflotun
B) Aritotel
C) Suqrot
D) Ksenofont
5. Kontinental-evropa an’anasi quyidagi qaysi madaniy doira ta’sirida bo‘lgan?
A) italyan
B) olmon
C) fransuz
D) anglo-amerika
6. U o‘zining «Huquq falsafasi» asarida fuqarolik jamiyati tushunchasini atroflicha
o‘rgandi va unga shaxslarning ehtiyoji va mehnat taqsimoti tizimi, adliya (huquqiy
muassasalar va huquqiy tartibot), tashqi tartib (politsiya va korporatsiyalar) orqali
aloqasi (munosabatlarga kirishishi) sifatida ta’rif berdi. Gap kim haqida
bormoqda?
A) Tomas Gobbs
B) Jon Lokk
C) G.Gegel
D) I. Kant
7. «...davlat ishi bilan mashg‘ul bo‘lgan amaldorlik chog‘larimda ko‘ngil mulkini
turli odamlarning hujumi bulg‘aladi. Goh amirlik o‘rnida o‘tirdim va hukumat
mahkamasida xalqning arz-dodini so‘rdim va goh podshoh yonida vazirlik qildim
va menga umidvor nazar bilan qarab turgan elga muruvvat ko‘rsatdim».
YUqoridagi jumlalar muallifini aniqlang.
A) YUsuf Xos Hojib
B) A.Navoiy
C) A.Temur
D) Nizomulmulk
8. Ma’lumki, davlatning nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida
muzokaralar olib borish va siyosiy hujjat qabul qilishida mashkur tashkilotlarning
tashabbuskor bo‘lishi tabiiy va ehtimollik darajasi ham yuqori hisoblanadi, lekin
quyidagi qaysi davlatlarda ushbu masalada davlat hokimiyati ham manfaatdor
bo‘lib, o‘zi mazkur jarayon tashabbuskori bo‘lishi va uni muvaffaqiyatli yakuniga
etkazishi ham ko‘zda tutilgan?
A) Xorvatiya va Vengriya
B) Estoniya va Xarvatiya
C) Estoniya va Vengriya
D) Latviya va Estoniya
9. Siyosatshunos N. Gardele: “Ehtimol butun er yuzida ushbu davlatchalik
tartiblilik, yuqori texnologiyalar, boy o‘rtacha sinf, madaniyat va tolerantlik bilan
XXI asrga qadam qo‘yishga tayyor shahar-davlat bo‘lmasa kerak” daganda qaysi
davlatni nazarda tutgan?
A) Singapur
B) Janubiy Koreya
C) YAponiya
D) Xitoy
10. Agar fuqaroviy pozitsiya hali shakllanmagan, fuqaroviy xususiyatlar, o‘z haq-
huquqlari uchun kurashish istagi to‘liq namoyon bo‘lmasa fuqaroviylikning qaysi
darajasi namoyon bo‘ladi?
A) eng quyi
B) o‘rta
C) yuqori
D) minimal
11. Qachon yangi tahrirda “Prokuratura to‘g‘risidagi Qonun” qabul qilingan?
A) 2001 yil 29 avgustda
B) 2002 yil 29 avgustda
C) 2003 yil 29 avgustda
D) 2004 yil 29 avgustda
12. Ma’lumki, umumiy saylov huquqi fuqarolarning ijtimoiy kelib chiqishi,
ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga
munosabati, mashg‘ulotining turi va xususiyati kabi holatlardan qat’i nazar, hech
qanday kamsitishlarsiz ro‘yobga chiqariladi. Kimlar saylanishi mumkin emas va
saylovda qatnashmaydilar?
A) sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar
B) sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar
C) vaqtincha fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar
D) A va B javoblar to‘g‘ri
13. 1787 yilda qabul qilingan AQSH Konstitutsiyasida quyidagi qaysi jinoyat
AQSH prezidentini impechmentga tortish mumkin bo‘lgan ikki jinoyatning biri
sifatida ko‘rsatib o‘tilgan?
A) xoinlik
B) sotqinlik
C) sudxo‘rlik
D) pora olish
14. 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi nechta ustuvor yo‘nalishni o‘z ichiga qamrab olgan?
A) 2
B) 3
C) 4
D) 5
15. 2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning bo‘yicha
Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishi qanday nomlanadi?
A) davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish.
B) xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur
o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish.
C) iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish.
D) ijtimoiy sohani rivojlantirish.
16. O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalarini tarqatib yuborish, ular
faoliyatini taqiqlab yoki cheklab qo‘yish faqat ...
A) Sud qarori asosidagina amalga oshiriladi
B) Prezident qarori asosidagina amalga oshiriladi
C) Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarori bilan amalga oshiriladi
D) Prezident va Senat qarori bilan amalga oshiriladi
17. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida Ommaviy
axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning
to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi,
deb ta’kidlangan?
A) 17-modda
B) 47-modda
C) 67-modda
D) 97-modda
18.
O‘zbekiston
Respublikasi
Birinchi
Prezidentining
“O‘zbekiston
Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi
qarori (PQ-191) qachon qabul qilingan?
A) 2005 yil 28 sentyabrda
B) 2006 yil 28 sentyabrda
C) 2007 yil 28 sentyabrda
D) 2008 yil 28 sentyabrda
19. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash
tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida"gi 7-son Qarori qachon
qabul qilingan?
A) 05.01.2018 y
B) 15.02.2018 y
C) 25.03.2018 y
D) 05.04.2018 y
20. Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (2017 yil 3 fevral, PF-4944-son)
ga ko‘ra, qachongacha fuqarolar yig‘inlari idoralari binolarini namunaviy loyihalar
va ularga qo‘yilgan talablar asosida qurish (rekonstruksiya qilish, ta’mirlash),
shuningdek ularni zarur mebel jamlanmasi, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari
va internet tarmoqlari bilan jihozlashi zarur?
A) 2019 yilning 1 dekabrigacha
B) 2020 yilning 1 dekabrigacha
C) 2021 yilning 1 dekabrigacha
D) 2022 yilning 1 dekabrigacha
Do'stlaringiz bilan baham: |