Muayyan so‘z o‘zaro sinonimik qatorni tashkil etgan har bir so‘z bilan alohida antonimlik hosil qila oladimi?
a)Bir so‘z sinonimik qatordagi faqat bitta so‘z bilan antonimlik hosil qiladi, qolganlari bilan hosil qilmaydi.
b)O‘zaro sinonim so‘zlargina boshqa sinonimlar bilan antonimlik hosil qiladi.
c)So‘zlarning o‘zaro antonimlik hosil qilishi ma’nodagi zidlik asosida bo‘lganligi uchun sinonimlikning ahamiyati yo‘q.
d)Bir so‘z o‘zaro sinonimik qatordagi har bir so‘z bilan alohida antonimlik hosil qila oladi.
2.Qaysi xalq maqolida antonimdan foydalanilgan?
a)Do‘sting ming bo‘lsa ham oz, dushmaning bir bo‘lsa ham ko‘p.
b)Qadrlasang, qadring oshar, qadrsizdan hammaqochar.
c)Bilgan bilganin ishlar, bilmagan barmog‘in tishlar.
d)Bugungi ishni ertaga qo‘yma.
3.Zid so‘zlar qo‘llangan gapni toping.
a)Sovuq shamol o‘qtin-o‘qtin esib, to‘qayni allaqanday vahimaga to‘ldirdi.
b)Bir no‘noqni bir epchil eplaydi.
c)Sherali qo‘rqmas va kamtar, kamgap va qaysar bir bola edi.
d)Yolg‘onchining so‘zi rost bo‘lmas.
4.
Visoli lazzatidin zavq topmoqlig‘ erur dushvor,
Firoqi shiddatinda yo‘qsa jon bermaklik osondur.
Bobur qalamiga mansub ushbu baytda so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra qaysi turi qo‘llangan?
a)shakldosh so‘zlar
b)ma’nodosh so‘zlar
c)zid so‘zlar
d)paronim so‘zlar
5.Qaysi qatorda ot antonimlar mavjud?
a)savol - javob
b)oq - qora
c)or - nomus
d)o‘y - xayol
6.Ko‘p ma’noli so‘z har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim so‘zlarga antonim bo‘lishi mumkinmi?
a)Bir ma’noli so‘zlargina antonim bo‘lishi mumkin.
b)Har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim so‘zlarga antonim bo‘lgan so‘zlar ko‘p ma’noli so‘z hisoblanmaydi.
c)Ko‘p ma’noli so‘z faqat bir ma’nosi bilan boshqa bir so‘zga antonim bo‘lishi mumkin.
d)Ko‘p ma’noli so‘z har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim so‘zlarga antonim bo‘lishi mumkin.
7.Antonimlar berilgan qatorni aniqlang.
a)suyuq, quyuq, yirik, mayda
b)bahs, tortishuv, munozara, mubohasa
c)qarash, boqish, nigoh, nazar
d)kech, xayr, kul, tuz
8.Qaysi turkumlarga oid juft so‘zlar asosan antonimlardan hosil bo‘ladi?
a)ravish
b)sifat
c)son
d)ot
9.Frazeologik antonimlarni aniqlang.
a)yerga urmoq, ko‘kka ko‘tarmoq
b)katta ketmoq, katta gapirmoq
c)achchiq, shirin
d)beqiyos, mislsiz
10.Antonimlar qaysi qatorda berilgan?
a)Tok zangi qayishga o‘xshaydi, egila beradi. Boboqul otaning zangi eshitilmaydigan bo‘ldi.
b)Nuri onasini yolg‘iz uchratib, sekingina maqsadini aytdi. Yo‘lchi Mirzakarimboyning darvozasi oldida tanho o‘tirar edi.
c)
Mirzakarimboy ilonning yog‘ini yalagan odam: hamma boylar kabi ayyor, mug‘ombir.
d)
Kattaga hurmatda bo‘l, kichikga izzatda bo‘l.
Do'stlaringiz bilan baham: |