Qisqacha xulosalar
Bozor munosabatlari davrida jamoa shartnomalarining ahamiyati ortib boradi.
Ijtimoiy sheriklik va uning tamoyillari, ijtimoiy sheriklikning sub’ektlari hamda
ob’ekti yoritib berilgan.
Mehnat munosabatlari barcha taraflar manfaatlarini hisobga oladigan
ahdlashuvlarga asoslangan bo’lishi talab etiladi.
O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksida jamoa shartnomalari va
kelishuvlari tuzishning asosiy tamoyillari ko’rsatib berilgan.
Mehnat shartnomasining mazmuni taraflar kelishuvi asosida, mehnat
to’g’risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilgan holda belgilanadi.
Bundan tashqari, mehnat shartnomasi qaysi sabablarga ko’ra bekor qilinishi keng
yoritilgan.
Ishga tiklanganda ish beruvchi xodimga etkazilgan zararni qoplash yo’llari
ko’rsatib berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |