Bosh kelishuv. U ushbu jamoa kelishuvini imzolagan sub’ektlar tomonidan
iqtisodiy siyosatni amalga oshirish umumiy tamoyillarini belgilaydi. O’zbekiston
Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq Bosh kelishuv O’zbekiston Kasaba
uyushmalari Federatsiyasi kengashi (xodimlarning boshqa vakillik organlari) va ish
beruvchilarning respublika miqyosidagi birlashmalari o’rtasida, tomonlarning
taklifiga ko’ra esa O’zbekiston Respublikasi hukumati bilan ham tuziladi (48-
modda). Bosh kelishuvda odatda, ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning mazkur davrdagi
umumiy tamoyillari, xodimlar va ish beruvchilar manfaatlari o’z ifodasini topadi.
Ularda shuningdek, mehnat munosabatlarini, shu jumladan, mehnatga haqto’lashni,
ijtimoiy-iqtisodiy kafolatlarni muvo-fiqlashtirish tamoyillari ko’zda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |