Baza stavkalari. Korxonaga zarur malaka va tayyorgarlikka ega bo’lgan
xodimlarni jalb etish uchun baza ish haqi etarli bo’lishi kerak. Bu baza, xodim
umumiy daromadlarini 70-90 foizidan ko’p bo’lmasligi lozim. Baza ish haqi miqdori
xodimlar guruhi yoki umuman kompaniya yoki firma darajasida mehnat
unumdorligining oshirilishiga muvofiq ravishda oshirilishi kerak.
Korxona personalining daromadi asosan quyidagilardan iborat bo’ladi:
1.Tarif stavkalari va okladlar bo’yicha ish haqi to’lash mehnatning
murakkabligi va mas’uliyatiga muvofiq amalga oshiriladi.
2.Mehnat bozori ishchi kuchiga talab va taklif nisbatini aks ettiradi. Ish
beruvchi vaxodim o’rtasidagi munosabatlar natijasida belgilangan tarif stavkalari