Xodimni ob’ektiv baholash uch asosiy vazifani hal etishga asoslanadi:
1. Baholashning ob’ektiv mezonlarini hamda umumiy mezonlarga aniqlik
kirituvchi omillarni topish.
2. Omillarni har bir mikdor bo’yicha ifoda etish usullarini aniqlash.
3. Baholash tarkibini maqbullashtirish.
Baholashning bosh masalasi - uning ko’rsatkichlarini (10.8-jadval)
belgilashdir. Baholash ko’rsatkichlari bir hodda xodimning tashkiliy-ijtimoiy tizimga,
ikkinchi bir holda - xodimning kasbiy talablarga muvofiqligini belgilaydi.
208
Baholash ko’rsatkichlari g’oyat xilma-xil bo’lishiga qaramasdan ularni
quyidagi uch guruhga bo’lish mumkin:
1.Shaxsiy sifatlar.
2.Kasb malakasi sifatlari.
3.Mehnat samaradorligi.