Yuqori bo’g’in rahbariyatining bosh vazifasi
boshqaruv jarayoniga umumiy
rahbarlik — turli funktsiyalarni muvofiqlashtirish, tegishli bo’linma va xizmatlar
rahbarlarini tanlash, boshqaruv tizimi ishini tashkil etishdan iboratdir.
O’rta va quyi bo’g’in rahbarlari
belgilangan ish turlarining tashkilotchilari
vazifasini bajaradilar. Ular xizmat vazifasiga ish rejasini ishlab chiqish, mehnat
faoliyatini amalga oshirish uchun personalni birlashtirish, ish jarayoniga rahbarlik
qilish, korxona alohida bo’linmalari va alohida xodimlar ishini muvofiqlashtirish, ish
jarayonini nazorat qilish va boshqalar kiradi.
Inson resurslaridan korxona va xodim manfaatlarini muvofiqlashtirgan holda
foydalanishni ta’minlaydigan shaxsni rivojlantirish ustuvorligini e’tirof etish
Do'stlaringiz bilan baham: |