7
KIRISH
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni
modernizatsiyalash jarayoni personalni boshqarish sohasida ham tub o’zgarishlar
qilinishini taqozo etadi. Bunday sharoitlarda har bir korxonaning muvaffaqiyatli
faoliyat ko’rsatishi uning jamoasi, personali malakasi, bilim va tajribasi,
tashabbuskorligi, intizomliligi, mas’uliyatiga bog’liq bo’lib qoladi. Rivojlangan
davlatlarda korxona personallarida bu va boshqa sifatlarni qaror toptirish va
rivojlantirishga boshqaruvni takomillashtirish hisobiga erishilishi ko’pdan bo’yon
yaxshi ma’lum.
“Bugun biz tarixiy bir davrda – xalqimiz o’z oldiga ezgu va ulug’ maqsadlar
qo’yib, tinch-osoyishta hayot kechirayotgan, avvalombor o’z kuch va
imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo’lidaulkan
natijalarni qo’lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz”.
1
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Vazirlar
Mahkamasining 2012 yilning asosiy yakunlari va 2013 yilda O’zbekistonni
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning
eng muhim ustuvor yo’nalishlariga
bag’ishlangan majlisidagi maruzasida mamlakat iqtisodiyoti oldida turgan asosiy
vazifalar to’g’risida alohida to’xtalib quyidagilarni ta’kidladi: Barchamiz
avvalambor, katta kichik rahbarlar bir narsani hech qachon esimizdan
chiqarmasligimiz lozim. Har qaysi oiladagi faravonlik, yurtdoshlarimizning hayotga
bo’lgan munosabati, pirovard natijada butun jamiyatimizning barqarorligi, avvalo,
odamlarimizning qanday ish bilan ta’minlangani, o’z mehnatiga yarasha munosib
maosh olishiga bog’liqdir. Odamlarning o’ziga o’zi baho berishi, o’zini aholining
muayyan guruhiga mansubligini anglashi ularning turmush darajasi va sifatining
umumiy hamda yakuniy indikatori hisoblanadi
2
-deb, ta’kidlab o’tdiiar
Darhaqiqat, milliy iqtisodiyotda keng qo’lamli, har taraflama, chuqur
o’zgartirishlarga kirishilar ekan, eng avvlo iqtisodiyotni tizimli va tarkibiy jihatdan
izchil yangilash ustuvor ahamiyatga egadir. Mamlakatimizda ham ana shu
yo’nalishdagi islohotlardan iqtisodiyotda makroiqtisodiy mutanosiblikni ta’minlash,
etakchi o’rin tutishi lozim bo’lgan ishlab chiqarish soha va tarmoqlarini jadal
rivojlantirish, shu bilan birga O’zbekistonning o’ziga xos demografik xususityalari,
ish bilan bandlik, aholi daromadlarini ko’paytirish bilan bog’liq o’ta muhim
muammolarni hal etish maqsadi ko’zlanmoqda. Bu respublikamizda tom ma’nodagi
iqtisodiy mustaqilikka erishishning asosiy omilidir. Ana shu ustuvor yo’nalish ichki
va tashqi investitsiyalar kiritish hisobiga tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish,
xom-ashyo etishtirishga yo’naltirilgan bir yoqlama iqtisodiyotdan xalos bo’lish
vazifasini hal etishga xizmat qiladi.
Bugungi kunda iqtisodiyotni liberallashtirish jarayonlari kengayib va
chuqurlashib bormoqda. Bunda asosiy e’tibor soliq yukini kamaytirish, tashqi
1
Кaримoв И.А
. Юксак маънавият-енгилмас куч. T.: Ўзбекистон, 2009.3-bet
2
Кaримoв И.А. Бош мақсадимиз - кенг кўламли ислоҳотлар ва модернизация йўлини қатъият билан
давом эттириш //Халқ сўзи, 2013 йил, 19 январь.
8
savdoni, shunigdek, moddiy resurslar, tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish va
ulardan
foydalanish
tizimini
liberallashtirish,
jahon
xo’jalik aloqalariga
integratsiyalashuv jarayonlarini jadallashtirishga qaratilmoqda.
Islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish, eski
zamon illati bo’lgan byurokratik tizimni bartaraf etish, ayni raytda boshqaruvni
zamonaviy, bozor iqtisodiyotiga mos asosda tashkil etishni hayotiy zaruratga
aylantirdi. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlar natijasida
markaz
va
joylardagi
boshqaruv
organlari
tuzilmalari
jiddiy
ravishda
takomillashtirilmoqda.
Iqtisodiyotning turli sohalarida xo’jalik yuritadigan sub’ektlarning huquqlari
va iqtisodiy erkinlik borasidagi maqomlari qonun yo’li bilan mustahkamlandi.
Korxonalarning bankrot bo’lishi qonuniy asosga ega bo’ldi. Xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarning iqtisodiy mustaqilligi kengayib borgan sari avvalgi tarmoq vazirliklari
o’rnida tashkil topgan davlat konsernlari tarmoq uyushmalariga aylantirildi, ularning
boshqaruv apparatlari tizimi bozor munosabatlariga moslashtirildi.
Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy mazmuni mulkni
haqiqiy egalari qo’liga topshirish, tadbirkorlik faoliyatini olib borishlari uchun ularga
barcha shart-sharoit va imkoniyatlarni yaratib berishga qaratildi. Chunki ishbilarmon,
tadbirkor mulkning haqiqiy xo’jayiniga aylangan taqdirdagina ishlab chiqaruvchida
o’z faoliyati natijalarini amalda his etish to’yg’usi ularni shaxsiy tashabbuskorlik,
izlanish, yangiliklarni joriy etishga doim rag’batlantirib turadi.
9
Do'stlaringiz bilan baham: |