Jamoa shartnomalarini ishlab chiqish va tuzish. Xodimlar va ish
beruvchilar manfaatlarini muvofikdashtirishga qaratilgan jamoa shartnomalarini
ishlab chiqish hamda tuzish tartibi, qoidalari O’zbekiston Respublikasining Mehnat
Kodeksida aniq belgilab qo’yilgan. Bu tartib va qoidalar Xalqaro Mehnat
Tashkilotining 1957 yilda qabul qilingan 91-son “Jamoa shartnomalari to’g’risida”gi
tavsiyalari hamda 1981 yilda qabul qilingan 154-son “Jamoa munozaralariga yordam
ko’rsatish to’g’risida”gi Konvensiyasida
1
belgilab qo’yilgan xalqaro me’yorlarga
to’la mos keladi.
Jamoa shartnomalarini ishlab chiqish va tuzishni shartli ravishda to’rt izchil
bosqichga bo’lish mumkin.