GLOSSARIY
Global tarmoq (Глобальная сеть, Global network)
— 1) lokal tarmoqlarni birlashtirgan holda yagona
protokol asosida ishlaydigan telekommunikatsion tizim; 2) mintaqaviy (qit’alararo) kompyuterlarni о‘zida
birlashtirish imkoniga ega tarmoq.
Gipermatn (Гипертекст, Hypertext)
— assotsiativ bog‘langan bloklar kо‘rinishida taqdim etilgan
(boshqa matnli hujjatlarga yо‘l kо‘rsatuvchi) matn.
Gipermurojaat (Гиперссылка, Hyperlink)
— tagiga chizilgan yoki boshqa usulda ajratib kо‘rsatilgan
sо‘z yoki jumla. Gipermurojaat tizimdagi boshqa blok, hujjat, gipermuhit sahifasi, gipermatnni kо‘rsatish
imkoniyatini beradi.
HTML tili (Язык NTML, Language HTML)
— Web-sahifalarni yaratishda keng qo‘llaniladigan til.
Interfaol o‘zaro aloqa (Интерактивная коммуникация, Interactive communication)
— o‘zida
elektron pochta, e’lonlar elektron doskasi, onlayn mavzuli muhokamalar, chat, audioanjuman,
videoanjuman, ma’lumot va fayllar almashish, umumiy tarmoq ilovasi va boshqalarni qamrab olgan
kompyuter bilan о‘zaro aloqa, «inson-mashina» muloqoti.
Interfaol о‘quv kurslari (Интерактивные учебные курсы, Interactive training courses)
— о‘zaro
muloqot asosiga qurilgan kurslar.
Internet (Интернет, Internet)
— yagona standart asosida faoliyat yurituvchi jahon global kompyuter
tarmog‘i. Internet orqali о‘qitish — о‘quv-axborot manbalari va internet kompyuter tarmog‘i orqali о‘zaro
bog‘langan real vaqtdagi о‘qitish.
Kompyuter (Компьютер, Computer)
— ma’lumotlarni qayta ishlovchi va saqlovchi elektron mashina.
Ma’lumotlarni raqamli ko‘rinishda qabul qiladi va qayta ishlaydi. Ular turli dasturlar yordamida qayta
ishlanib, boshqa ko‘rinishlarga o‘tkazilishi mumkin (masalan, analogli ko‘rinishga).
Login (Логин, Login)
— 1) tarmoq yoki kompyuterga kirish uchun ruxsat beruvchi foydalanuvchi ismi
yoki taxallusi; 2) foydalanuvchi kompyuterdan erkin foydalanishi uchun qayd yozuvi nomi, maxfiy emas;
3) kompyuterga ma’lumotlarini uzatayotganda u bilan bog‘lanish yozuvi (odatda, qayd yozuvi nomi va
parol).
Lokal foydalanuvchi (Локальный пользователь, Local user)
— tarmoqqa ulanmagan foydalanuvchi.
Aksariyat hollarda, lokal foydalanuvchi deyilganda, uyda kompyuter bilan ishlovchilar tushuniladi.
Lokal kompyuter (Локальный компьютер, Local computer)
— foydalanuvchi tomonidan tizimga
ortiqcha cheklovlarsiz (masalan, lokal tarmoqqa yoki global tarmoqqa) kirish mumkin bo‘lgan
kompyuter. Unga xos xususiyat — kommunikatsion tarmoq, modem yoki tarmoq kartasi ishlatilmaydi.
Lokal web-server (Локальный веб-сервер, Local web-server)
— mijozdan kelayotgan so‘rovlarni
qabul qilib, ularga mos javoblarni jo‘natadigan dastur.
LMS (Ta’limni boshqaruv tizimi, Система управления обучением, Learning management system)
— o‘quv
jarayonini web-muhitda tashkillashtirish, boshqarish imkoniyatini beruvchi webga yo‘naltirilgan dasturiy
majmua (Moodle).
Ma’lumotlar (Данные, Data)
— 1) rasmiylashtirilgan, ya’ni uzatish, izohlash va qayta ishlash uchun mos
shaklda taqdim etilgan axborot; 2) kompyuterda qayta ishlanishi natijasida hujjatlashtirilgan axborot;
3) hisoblash mashinasida uzatish, saqlash va qayta ishlash uchun tayyorlangan, ya’ni ramz (raqam)
lar shaklida taqdim etilgan axborot. Misol sifatida kompyuterga kiritish uchun kodlangan yoki kiritib
bo‘lingan matn, nutq, tasvir, istalgan kattalikdagi jadval va hokazolarni keltirish mumkin.
107
Do'stlaringiz bilan baham: |