TERI VA TANOSIL KASALLIKLARI KAFEDRASI
Kafedra mudiri, professor
A.B.PAKIRDINOV
Dermatovenerologiya kafedrasi 1958 yili
tashkil qilingan.
Kafedra tashkil qilingandan to 1970 yilgacha
institutning ushbu bo‘limiga dosent T.T.Tadjibaev
rahbarlik qilgan, 1970 yildan 1977 yilgacha
kafedrani professor Ereshev M.E. boshqargan. 1977
yildan to 2009 yilgacha. kafedra mudiri bo‘lib
professor Sh.A.Xamidov. ishlagan. 2009 yildan
hozirgi kungacha kafedra mudiri bo‘lib t.f.d.,
professor Pakirdinov xisoblanadi.
Kafedra tashkil topganidan buyon quyidagi
xodimlar bu yerda ishlaganlar: V.M.Arishev,
X.X.Djalilov,
V.S.Dolgoshein,
V.A.Efremova,
D.S.Mojar', N.O.Smil'china, Yu.M.Mexmanov, S.M.Madraximov, F.I.Stexun,
I.K.Karimova, M.X. Salaxuddinova, T.A.Tereshko, Kasimov N.S., A.A.Asranov,
Z.X.Djalilova, A.A.Tadjibaev, R.M. Qilichev, M.K. Baltabaev.
Hozirgi kunda kafedrada A.B. Paqirdinov, F.Sh. Xamidov, K.Z.Botirov, A.A.
Qo‘chqarov, L.M.Aliev, F.A. Fozilov, L.A., Muxammadjonova, Nasridinova N.B.,
M.A. Yokubova, B.X. Toshpo‘latov A.A. Abduraxmonov kabi xodimlar
ishlamoqdalar.
Kafedra xodimlari tomonidan ilmiy-tekshirish ishlariga juda katta e'tibor
qaratilmoqda. Kafedra tashkil topganidan buyon 4 doktorlik va 5 kandidatlik
dissertasiyalari ximoya qilindi.
M.E. Ereshev tomonidan 1975 yili «Sovremennie voprosi lecheniya kojnogo
leyshmanioza (bolezni Borovskogo») mavzusida doktorlik dissertasiyasi himoya
qilindi. Ushbu ilmiy ishda teri leyshmaniozini davolashda monomisin preparatini
qo‘llashning yangi usuli ishlab chiqildi.
Sh.A. Xamidov tomonidan 1990 yili «Rol' narusheniy kletochnogo m
gumoral'nogo immuniteta i endokrinnix mexanizmov yego regulyasii v techenie
neyrodermita, pochesuxi i ix terapevticheskaya korreksiya» mavzusiga
bag‘ishlangan doktorlik dissertasiyasi ximoya qilindi, unda qichishish bilan
kechuvchi surunkali dermatozlarning patogenezida yangi aspektlar ochib berildi
va shu asosda yangi davolash usullari ishlab chiqildi.
M.K. Baltabaev tomonidan 1997 yili «Psoriaz (voprosi diagnostiki,
patogeneza i sovershenstvovanie lecheniya») mavzusida doktorlik dissertasiyasi
ximoya qilindi. Dissertasiyada psoriaz kasalligining patogenezining yangi qirralari
ochib berildi va shu asosda zamonaviy, yanada samarador davolash usullari ishlab
chiqildi.
A.B. Pakirdinov tomonidan 2007 yili «Kombinirovannoe primenenie
plazmafereza i giperbaricheskoy oksigenasii v kompleksnoy terapii xronicheskix
dermatozov (psoriaz i atopicheskiy dermatit)» mavzusida doktorlik dissertasiyasi
ximoya qilindi, unda og‘ir kechuvchi psoriaz va atopik dermatit kabi kasalliklarni
davolashning yangi samarali usullari mufassal bayon qilib berildi.
Kafedra xodimlari tomonidan shuningdek qator nomzodlik dissertasiyalari
ham muvaffaqiyatli ximoya qilingan. Sh.A. Xamidov 1971 yili «Lechenie
zaraznix form sifilisa bisillinom-5» mavzusida nomzodlik dissertasiyasini ximoya
qildi. 1972 yili R.M. Qilichev «Materiali k xarakteristike sovremennogo
klinicheskogo techeniya sifilisa i sostoyaniya nervnoy sistemi u bol'nix s zaraznimi
yego
formami»
mavzusida,
M.K.
Boltabaev
1987
yili
«Kliniko-
immunologicheskie osobennosti i terapiya bol'nix yazvennimi formami
xronicheskoy piodermii», A.B. Pakirdinov 1991 yili «Plazmaferez v kompleksnom
lechenii tyajelo protekayushix form psoriaza, atopicheskogo dermatita i angiitov
koji», A.A. Tadjibaev 1992 yili «Epidemiologiya, klinicheskiy polimorfizm
nasledstvennix bolezney koji naseleniya Ferganskoy dolini Uzbekistana», F.Sh.
Xamidov 2001yili «Kliniko-bioximicheskiy monitoring antitoksicheskoy funksii
pecheni bol'nix psoriazom v kompleksnoy terapii s vitaminom D3 (Vigantol)»
mavzularida nomzodlik dissertasiyalarini ximoya qilganlar..
Yuqorida ko‘rsatilgan mavzulardan ko‘rinib turibdiki, kafedraning asosiy
ilmiy yo‘nalishi bo‘lib quyidagilar xisoblanadi:
1.Zaxm kasalligining xozirgi zamonaviy klinik kechishi va yangi, yanada
samaraliroq zamonaviy davolash usullarini izlab topish.
2. Psoriaz bilan og‘rigan bemorlarda gepatobiliar tizimning patogenetik
axamiyatini o‘rganish va aniqlangan buzilishlarni xisobga olgan xolda yanada
samaraliroq kompleks davolash usullarini ishlab chiqish.
3. Atopik dermatit bilan og‘rigan bemorlarda xujayra va gumoral
immunitetdagi buzilishlarni o‘rganish, bu bemorlarni davolashning noan'anaviy
(efferent) usullarini ishlab chiqish.
Ushbu ilmiy-tekshirish ishlarning natijalari (ximoya qilingan doktorlik va
nomzodlik dissertasiyalaridan tashqari) xar xil jurnallarda 30dan ortiq ilmiy
maqola va xar xil to‘plamlarda150dan ortiq ilmiy tezislar sifatida chop etilgan.
Kafedrada iqtidorli talabalarga katta axamiyat berib kelinmoqda. Buning
uchun yosh dermatovenerologlar maktabi tashkil etilgan, ushbu maktabda
kafedraning xodimlari o‘zlarining bilim va tajribalarini yosh avlodga berib
kelmoqdalar. Iqtidorli talabalar A.B, Paqirdinov va F.Sh. Xamidovlarga biriktirib
qo‘yilganlar va avvaldan tuzilgan dastur bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boradilar.
Iqtidorli talabalar uchun asosiy yo‘nalish bo‘lib zamburug‘ kasalliklarining
epidemiologiyasini, zamonaviy kechishining o‘ziga xos tomonlarini o‘rganish va
yangi fungisid preparatlarining samaradorligini qiyosiy o‘rganishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |