1.2. Manbashunoslik fanining maqsadi va vazifalari
Manbashunoslik fani tarix ilmining asosiy va m uhim sohalaridan biri
b o ‘lib, turli (yozma, bosm a va boshqa) manbalarni o'rganish ham da
ulardan ilmiy foydalanishning nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etadi.
Tarixiy manba deganda nim ani tushunamiz?
Manba yoki tarixiy m anba tushunchasi keng qamrovli b o ‘lib, inson
faoliyati natijasida yaratilgan barcha narsalarni tushunamiz.
Inson faoliyati natijasida yaratilgan m oddiy mahsulot m a ’lum vazifani
bajarish bilan birga ayni za m o n d a tarixiy m anba b o ‘lishi munkin.
M anba deb o'z ida m a ’lum m a ’lumotga ega yodgorlik tushuniladi.
Chunki tarixiy manbalardagi m a ’lumotlar tarixiy, ilm asosini tashkil qiladi.
Manbashunoslik fani ijtimoiy fan sohasida, asosan ikki xil b o ‘lishi
m um kin — tarixiy manbashunoslik va adabiy manbashunoslik. Bizning
maqsadimiz tarixiy manbashunoslikni o'rganishdir.
Manbashunoslik fanining vazifalari tarixiy manbalarni turlari va ularni
tadqiq etish, tamoyillarni o ‘rgatishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |