1 .3 .2 . D iodor
Diodor (miloddan aw algi 90—21 -yillar) yirik tarixchi olim , asli
Sitsiliyaga qarashli Argiriya shahridan. U “Tarixiy kutubxona” nomli 40
kitobdan iborat asar yozib qoldirgan. Um um iy tarix yo'nalishida yozilgan
bu asar, asosan Yunoniston va Rimning qadim zamonlaridan to milodning
asr o'rtalarigacha bo'lgan tarixini o 'z ichiga oladi. Unda Sharq xalqlari,
s uningdek, O 'zbekistonning qadim iy xalqlari skif, sak, massaget,
aqtriyaliklar, yurtimizning Eron bilan bo'lgan munosabatlari haqida
qimmatli ma’lumotlar bor.
Diodorning mazkur asari ko'p jihatlari bilan ko'chirma-kompilyatsiya
125
hisoblanadi. Muallif Efor, Polibiy asarlaridan keng foydalangan. Bundan
tashqari, ko‘p hollarda bayon etilayotgan voqealar uzviy bog'lanmav
qolgan. Shunga qaramay, bu asar dalillaiga boy va katta ilmiy ahamiyatea
egadir.
Diodoming asari to‘la holda bizning zamonamizgacha yetib kelmagan.
Uning faqat 15 kitobi - qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va afsonalari
haqida hikoya qiluvchi 1—5-kitobIari, Yunoniston hamda Rimning
Yunon-Eron urushlari(miloddan awalgi 500—449)da to miloddan awalgi
301-yilgacha bo'lgan tarixini o 'z ichiga olgan 11-20-kitoblarigina
saqlangan, xolos.
Bu asar 1774-1775-yilIari I.Alekseev tomonidan olti qismda va 1874—
1875-yillari F.G. Mishchenko tarafidan ikki qism qilib nashr etilgan.
1.3 .3 . Pompey Trog
Pompey Trog ( milodgacha 1 — milodning I asrlari o'rtasida yashab
o'tgan) - “ Filipp tarixi” asari bilan mashhur bo'lgan Rim tarixchisi. 44
kitobdan iborat bu asar afsonaviy Assuariya podshohlari zamonidan to
Rim im peratori Avgust (m iloddin aw algi 63 — m ilodning 14-yili)
davrigacha dunyoda bo'lib o'tgan voqealami bayon qiladi, lekin asosiy
e ’tibor Yunonistonning makedoniyalik Filipp II (miloddan awalgi 359—
336) va Iskandar Zulqamayn davridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini bayon
etishga qaratilgan.
Mazkur asaming qimmati shundaki, u birtalay nom a’lum kitoblarga
suyanib yozilgan, Rim, Yunoniston kabi yirik davlatlaming paydo bo'lishi
va tarixini keng yoritib bergan. M uhimi shundaki, m uallif bunday
davlatlaming oxir-oqibatda inqirozga uchrashini aytadi. Pompey Trog
tarixni harakatga keltiruvchi kuch urf-odat va taqdir deb hisoblagan.
“ Filipp tarixi”da skiflar, Baqtriya, Iskandar Zulqam ayn davrida
Baqtriya va S o 'g'dd a qurilgan shahar va katta im oratlar, Iskandar
Zulqamayn vafotidan keyin yuz bergan voqealar, parfiyaliklaming kelib
chiqishi, ulaming urf-odatlari, Parfiya podsholigining tashkil topishi,
Baqtriya, Parfiya va Midiyaning o'zaro munosabatlariga oid muhim
m a’lumotlar mavjud.
Pompey Trogning bu asari Yustin (II—111 asr) tarafidan
qisqartirilib
qayta ishlangan shaklda bizning zamonimizgacha yetib
kelgan va
Ruxl
tomonidan 1935-yili chop qilingan. Uning nischa taijimasi A.A.Dekonskiy
va M.M.Rijskiy tom onidan “ Вестник древней истории”
jurnalining
1954-yil 2 - 4 va 1955-yiI 1-sonlarida bosilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |