A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a



Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/245
Sana08.07.2022
Hajmi6,54 Mb.
#757234
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   245
Bog'liq
A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a

‘rnatilgach, 
o'zbek tilining va madaniyatining taraqqiy etishi uchun
k a t t a
imkoniyatlar yaratildi.
Bizning tilimizdagi yozma m anbalar faqat hozirgi Respublikamiz 
h u d u d i 
bilan chegaralanib qolmay, balki Alisher Navoiy iborasi bilan 
avtilsa Xitoydin to Xurosongacha, hatto Idil (Volga) daryosi bo'ylarigacha 
bo'lgan joylarda o'zbek tili tushunilgan, yozma m anbalar, madaniy
obidalari yaratilgan.
Birgina xarakterli misol. Buyuk Bobunylaming oltinchisi Avrangzeb 
Olamgir (1 6 5 7 -1 7 0 6 ) o 'z in in g Rus podshohiga jo 'n a tg a n rasmiy 
maktubini o ‘zbek tilida bitgan va bu m uhim hujjat asli m atni rus 
solnomalarida saqlanib qolgan.
XIII asrda Qul Ali tomonidan o‘zbek tilida “Yusufva Zulayho” dostoni 
Oitin 0 ‘rdada bitilgan. O'zbek tilidagi, birinchi aruz risolasi XV asr 
o'rtalarida Misrda yaratilgan.
Mo‘g‘ul hokimlar huzurida bahshi - kotiblaming bo'lganligi va nihoyat
XIV asr oxiriga borib “Tem ur tuzuklari” ning yuzaga kelishi turkiy-o'zbek 
tilining taraqqiyoti uchun katta xizmat qildi. Nosiriddin Rabg'uziyning 
“Qisas ul-anbiyo” asarining yaratilishi, “Tarixi Tabariy” , Sharafuddin 
Ali Yazdiyning “ Zafam om a” , M uhammad Mirxondning “ Ravzat us- 
safo” kabi yirik asarlaming o'zbek tiliga o'girilishi, Durbek, Sayid Qosimiy, 
Lutfiy, Alisher Navoiy, Hofiz Xorazmiy kabi shoirlar ijodi o'zbek tilining 
jahonda taraqqiy etgan adabiy va ilmiy til ekanligini ko'rsatdi.
Alisher Navoiy yirik badiiy asarlari “ Xamsa” va “ Lison ut-tayr” 
dostonlari, “ Xazoyin ul-maoniy” nomli to'rt devonlari qatorida yaratilgan 
nasriy tarixiy asarlari, xususan tarixga oid “Tarixi anbiyo va hukam o”, 
’’Tarixi muluki Ajam”, “ Xamsat ul-mutaxayyirin”, ’’Holoti Sayyid Hasan 
Ardasher” , ’’Holoti Pahlavon M uham m ad” , ’’Vaqfiya”, “ Mahbub ul- 
qulub”, ’’Majolis un-nafois”, ’’Nasoyim ul-m uhabbat” , “ M unshaot” 
asarlari - juda katta tarixiy ahamiyatga molik manbalarning yaratilganligi 
keyingi davrlarda o'zbek tilining rivojiga ulkan hissa bo'lib qo'shildi.
Zahiriddin Muhammad Boburning “Vaqoyi” ’ (“ Boburnoma” , 1530) 
asarining yaratilishi jahonshumul ahamiyatga molik manba sifatida ijod 
etilganligini ko'rsatadi. Chunki, bu obida to'rt marta fors tiliga, to'rt 
marta ingliz tiliga to'la taijima qilinib, birgana forsiy qo'lyozm alam ing 
juda ко p tarqalganligi, o 'n uch qo'lyozmaga ko'plab mo'jaz rasnilar 
i an ziynatlanganligi, asl matnning sakkiz marta chop etilishi, o'ndan 
Zl^ Ai 'H ^ ^ ch a 
4
i*qa nashrlar yuqoridagi fikr isboti uchun kifoyadir. 
isher Navoiyning “ Majolis un-nafois” tazkirasi ham XVI asrda uch
47


marta fors tiliga taijim a qilingan. Yana Muhammad Solih, Abulg'oziy 
Bahodirxon, Munis, Ogahiy, Bayoniy, Hakimxon To'ra va boshqalaming 
tarixiy asarlari juda muhim va qimmatli manbalardir.
Ayniqsa, XIX asrda Xorazmda va Sharqiy Turkistonda o'zbek 
tilig a 
katta e ’tibor tufayli ko'plab tarixiy, diniy va badiiy asarlar forsiy, arabiy 
tillaridan taijima qilindi, yangi asarlar yaratilishiga imkon yaratildi.
Umuman, XX asr birinchi choragigacha o'zbek tillarida qator tarixiy 
manbalar yaratilgan edi. Bu davigacha bitilgan bizning tilimizdagi obidalar 
arab alifbosi asosidagi yozuvlarda bitilgan edi.
1929-yili lotin alifbosiga o'tildi.
1940-yili rus-kirill alifbosi kiritildi.
Mustaqilligimiz bizga yana lotin alifbosini qayta tikladi. Albatta, lotin 
alifbosi rus-kirill alifbosiga nisbatan ko'plab turkiy xalqlar uchun qabul 
qilinganligi bilan qator afzallikka ega. Lekin, deyarli XIII yoki XII asr 
davomida yaratilgan manbalar taqdiri nima bo'ladi? degan savol kishini 
o'ylantiradi. Bo'lg'usi tarixchilaiga fors, arab tili asoslarining o'igatilishi, 
arab yozuvidagi manbalardan foydalanish malakasini hosil qilish qay 
darajada?
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti LA.Karimovning tarixga e ’tibori 
va xalqimiz boy madaniyatini o'rganishga, qadrlashga intilishi kishida umid 
va kelajakka ishonch uyg'otadi. Darhaqiqat, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q”.
Ushbu darslikda o'zbek tilida bitilgan hamma manbalarni qamrab olish 
mumkin emas, shuning uchun eng muhim va yirik yozma manbalaming 
xarakterli xususiyatlami bayon etamiz, xolos. Umid qilamizki, bu yerda 
olgan bilimlarini talabalar o'zlari mustaqil ravishda kengaytirib, yanada 
chuqurlashtiradilar. Chunki, manbalar barcha bilim asosidir.

Download 6,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish