A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a


 .2 .3 . Term a hujjatlar



Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/245
Sana01.07.2022
Hajmi6,54 Mb.
#725345
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   245
Bog'liq
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov

4 .2 .3 . Term a hujjatlar
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti 
qo'lyozmalar fondida, O'zbekiston Respublikasi Markaziy tarix arxivida, 
Buxoro o'lkashunoslik muzeyi va Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro 
kutubxonasida saqlanayotgan hujjatlar: farm o nlar, hukm nom alar, 
inoyatnomalar, vasiqalar, oldi-sotti haqidagi hujjatlar vaajrimlardan iborat 
bo lib, ulardan O.D.Chexovich 51 tasini tanlab olib, rus tiliga tarjima 

, m atn' bilan qo'shib, 1954-yili “Д окументы к истории аграрных 
отношений в 
Бухарском ханстве XVII—XIX вв.” nomi bilan alohida 
kitob qilib chop ettirdi.
29


Kitobda keltirilgan hujjatlar Ashtarxoniy hukmdorlardan Imomqulixon 
(1611—1642-yy.) bilan Ubaydullaxon soniy (1702—1711-yy.), mang'it sulola 
vakillari amir Haydar, am ir MuzafTar va Nasrullolaming farmonlari, 
hukmnomalari XVII asrda o'tgan yirik yer va mulk egalari bo'lmish 
Yalangto'shbiy, Allohyordevonbegi, Odina Muhammadjonlarga tegishlidir.
Hujjatlar yer-suvni soliqlardan ozod qilish, yemi sotish, garovga qo'yish
- vasiqai joiz, yemi sotib olish va uni imtiyozli mulkka aylantirish -
vasiqai mubodila, yemi in’om qilish - vasiqai bahshish, tanhoh, mulkni 
ijaraga berish — vasiqai ijara, ma’lumot yetkazish — ariza va boshqa masalalar 
haqidadir. Ulaming ichida alohida xiroj olinadigan va davlat yerlarini 
mulki xurri xolisga aylantirish, ya’ni soliqlardan ozod etish hollari uchraydi.
4 .2 .4 . «Xiva qozilik hujjat lari »
«Xiva qozilik hujjatlari* davlat idoralari qaydiga tushmagan 1992-yili 
yapon olimi Tom Xorikava tomonidan xivalik Aliakbarov Abduhamidning 
qizi Akliya Aliakbarovaga tegishli bo'lgan hujjatlardir. Ulami yapon olimi 
sotib olib, O'zbekiston Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy 
nomidagi Sharqshunoslik instutiga sovg'a qilgan edi. Shundan so'ng, ushbu 
hujjatlar ustida yapon va o'zbek olimlari A.O'. O'rinboyev, T.Xorikova, 
K.Isogay, T.Fayziyev, AJo'rayeva bir necha yillar davomida ilmiy tadqiqot 
ishlarini olib borib, nihoyat 2001-yili uni maxsus katalog shaklida ms tilida 
nashr etdilar. Bu kitobda 1713 rasmiy hujjat ms tilida ilmiy tavsiflangan, 
kitob oxiriga shaxslar nomlari, jo'g'rofiy nomlar va boshqa eng muhim 
m a’lumotlar ko'rsatkichi va o'ttizta hujjat fotonusxasi ilova qilingan.
Ushbu hujjatlaming aksariyati XIX asrga oid va qisman XX asr 
boshlarida tuzilgan. Ayrim hujjatlar XVIII da yaratilgan bo'lib, eng 
qadimgisi 1762-yilda tuzilgan. Eng so'nggi hujjatlar Sho'ro davriga oid 
bo'lib, 1924-yilda tuzilgan va muhrda «Xorazm Xalq jumhuriyatining 
Xiva qoziligi* muhri bilan tasdiqlangan.
Hujjatlar yaratilgan davrda Xiva xonligi tarixida murakkab siyosiy 
holatlar yuz beigan: Q o'ng'irot sulolasi namoyandalari xonlik qilgan, 
o'zaro hokimyat uchun kurashlar, urug'larjanjali, qo'shnilar bilan janglar 
bo'lib turgan. Ayni shu davrda, 1873-yili Xiva xonligi ms qo'shinlari 
tom onidan bosib olingan, 1920-yili esa ushbu hududda sh o 'ro lar 
hokimiyati joriy etilgan.
Majmua hujjatlarining aksariyati mazmun jihatidan xususiy (shaxsiy) 
hujjatlar bo'lib, qozixonalarda tuzilib, qozi muhri bilan tasdiqlangan. 
Ularda turli shaxslar orasidagi munosabatlar o'z aksini topgan bo'lib, 
aksariyati savdo hujjatlari — «bay’i bot-batot* va «bay’i joiz* deb
30


nomlangan. Ularda yer, uy, do'kon, ustaxonalar kabi mulklaroldi-sotdisi 
q a y d
etilgan.
S o n
jihatidan ikkinchi o'rinda turuvchi hujjatlar «bay’i joiz* deb 
n o m la n ib , 
ularda mulk (yer, uy va boshqalar) keyinchalik sotib olish
sharti bilan ijaraga qo'yilgan.
«Ibro* nomli, da’vodan voz kechish hujjatlari ham son jihatdan ko‘p 
bo'lib, unda da’vogar va javobgar orasidagi bahsni to'xtatilgani qayd etiladi. 
Bu hujjatlar mazmuniga ko'ra, da’vogarga javobgar m a’lum miqdor pul 
berish evaziga uning da’vosini qaytarib olishga erishganini ko'rish mumkin.
Bu majmuada vaqfnom alar ham bor. U larda masjid, qabriston, 
madrasa va boshqalar uchun turli ko'chm as va boshqa mulk-yer, do'kon, 
naqd pul va boshqalar vaqf qilingani qayd etilgan. Vaqfnomalar ichida 
shundaylari ham borki, mazmuniga ko'ra, vaqf qilingan mulk foyda olish 
maqsadida, birovlarga ijaraga berilgan va foyda xayriya idoralari va ulaming 
xizmatchilarini moddiy ta ’minlash uchun ishlatilgan.
Shuningdek, yerdan foydalanish, uni sug'orish bo'yicha tuzilgan 
hujjatlar ham bor.
Ushbu qozixona hujjatlari yer ijarasi, meros taqsimoti, xatti nikoh, 
vasiyatnoma, tuhfa, homiylik to'g'risidagi hujjat, janjalli masalalar, qo'ydi- 
chiqdi munosabatlari, mulk uchun mutasaddi ta ’minlash va boshqalar 
bor. Shuningdek, qullik masalasiga oid hujjatlar ham bor. Ular 1873- 
yilning 12 iyuniga qadar tuzilgan bo'lib, shu tarzda Xiva xoni Sayyid 
Muhammad Rahim Bahodirhon Xiva xonligi hududidagi barcha qullami 
rasman ozod qilish to'g'risida farmon bergan edi. Bu paytda Xiva xonligi 
rasman Rossiyaga qaram bo'lgan edi. Hujjatlar ichida qarz, mol-mulkka 
berilgan vasiqalar ham bor.
Xususiy hujjatlardan biri (86-raqamli) Xiva xoni Sayyid Muhammad 
Rahim soniy (1865-1910) yorlig'i bo'lib, unda o 'n uchta xojalar -
Muhammad pir Eshon avlodlarini davlat soliqlari, solqut, olg'ut, ham 
bigar, hashar, qazuv ishlaridan ozod etganligini ko'rsatadi.
Hujjatlar orasida «rivoyat* nomi ostida yuridik, huquqiy ajrimlar ham 
bor. Ularda fiqhiy kitoblaiga asosan xususiy mulk mojarolari ajrim 
qilingan. Bunday ajrimlar ushbu majmua hujjatlardan farqli o'laroq, 
«rivoyat» lar yirik faqihlardan bir nechtasi, muftiy, raislar tomonidan 
ham tasdiqlangan.
Har bir hujjat tuzish uchun m a’lum qonun-qoida, tartibga rioya 
qilinganini ko'rishimiz mumkin. Masalan, hujjatga daxldor shaxslar 
nomlari aniq-tiniq ko'rsatiladi, ulam ing joyi, yer chegarasi, uy, do'kon 
tafsilotlari qayd etilib, ularga qo'shni joy nomlari, guvohlar va hujjatni
31


tuzuvchi kotib nomi bitiladi. hujjat qozi muhri bilan tasdiqlanib, tarixi 
yoziladi. Agar hoshiyaga bironta qo'shim cha kiritilsa, u ham qozi muhri 
bilan tasdiqlangan.
Shunday qilib, «Xiva qozilik hujjatlari* majmuasi Xiva xonligining 
XIX asr va XX asr boshidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarini yorituvchi 
boy m a’lumotlarga ega.

Download 6,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish