Q ayqubodni o'sha yerdan Eronga olib kelib taxtga o'tqizgan. Bu viloyat
qadim da Q ubodobod deb atalgan. K eyincha Q ubodiyon nom i bilan
shuhrat topgan. Hozirgi paytda oliy hazrat, A llohning yerdagi soyasi
N adr M uham m adning adl-u ehsoni tufayli u qadar obod bo'ldiki, har
kim ning u viloyatdan o'tadigan bo'lsa yelkasi devor va daraxtlaming
soyasi ostida bo'ladi. O b-havosi yum shoq. U yerda turli navdagi shirin-
shakar mevalar ko'p yetishtiriladi. X ususan, anori ko'p mashhur. U
viloyatda qovun va tuxum sotish odati yo'q. U lam i bir xarvardan kam
bo'lsa, pulga sotm aydilar va sotib olm aydilar, balki harkim istaganicha
olishi m um kin. Egalari bunga m onelik qilmaydilar.
Xalqi mehribon va mehmondo'st. M ehm on uchun alohida xona tutadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |