Va yana nomi tilga olingan sadrga ushbu viloyatda yangidan o ‘zlashtirilgan
barcha yerlar mulk sifatida in'om qilib berilgani aytilgan.
Huquqiy hujjatlar, yorliqlar “ Ravzat ar-rizvon” kitobida ham bor.
Ulardan ba’zilarini qayd etamiz.
1) Abulg‘oziy Abdulla Bahodirxonning 1579-yilgi farmoni. Unda Hisor,
Dehi nav — Denov, Kubodiyon va shahri safoning hokimlari — arbobon
va kalontaronga xoja Sa’dga tegishli yerlami sug'orish uchun Vaxshdan
chiqarilayotgan ariqni qazish ishlariga 10 ming ishchi, mardikor yuborish
majburiyati yuklatilgan.
2) M azkur xonning jo ‘yboriy xojalaridan xoja Sa’dga Toshkent
yaqinidagi Zax ariqni tortiq qilingani haqidagi 1583-yilgi farmoni.
3) Toshkent hokimi Abdulquddus Sultonning Zax ariq atrofidagi
yerlami xoja Sa’dga suyurg'ol qilib berilgani haqidagi va o ‘sha yerlami
barcha soliq va jarimalardan ozod qilingani, uning yerlarida ishlash uchun
ishchi, koranda yuborish haqidagi farmoni.
4) Abulg'oziy Abdulla Bahodirxonning hazrat xoja Sa’dning Marvi
shohijahon viloyatidagi barcha yer-suvi va boshqa mulkini uning faqat bir
o ‘ziga tegishli ekanligini va uni mol-u jihot, muqarrariy, tarh, sabon2 va
boshqa soliqlardan ozod etilganligi haqidagi 1578-yil avgustdagi farmoni.
5) Abulg‘oziy Abdulla Bahodirxon tarafidan mulla Muhammadbiy
nomiga berilgan 1585-yil aprel oyidagi yorlig*. Unda Hisor viloyatining
hokimlari unga xoja Sa’dning mazkur viloyatdagi yerlami sug'orish uchun
Vaxsh daryosidan chiqarilayotgan nahmi qazish ishiga 10 ming ishchi,
m ardikor to 'p la b berishlari va nomi zikr etilgan am irning barcha
ko'rsatmalarini so'zsiz bajarishlari zarurligi aytilgan.
6) Abulg‘oziy Abdulla Bahodirxonning xoja Kalonga, xoja Sa’dga
Yazd va Isfahon viloyatlaridan yer-suv in’om qilish — darubast haqidagi
1588-yil oktabr-noyabr oyidagi farmoni.
7) Abulg'oziy Abdulla Bahodirxonning xoja Sa’dning suyurg'ol yerlarini
o ‘g‘illari xoja Tojiddin bilan xoja Abdurahim o ‘rtasida taqsimlash va bu
yerlami soliq va jarimalardan ozod qilish to'g'risidagi 1590-yil yanvar-
fevral oylaridagi farmoni.
8) Abulg'oziy Abdulla Bahodirxonning xoja
Tojuddin Hasanning Marv
viloyatidagi yer-suvini barcha soliq va jarimalardan ozod qilish to'g'risidagi
1590-yil fevral-mart oylaridagi farmoni.
Yurtimiz tarixiga oid hujjatlarni o'rganish va ilmiy tadqiqotlarga tadbiq
1 Suyurg'ol — davlat oldidagi katta x izm a tlar uchun bcrilgan ycr-suv, mulk.
1
Sabon - hosil baynim i, sabon to 'y n i o ‘tkazish uchun ah o lid an olinadigan yig'im , sabon
to ‘y xarajatlari
40
•
h h a li
talab darajasida emas. Bu ishni kuchaytirish lozim, chunki
hufarsiz
tarixni, ayniqsa uning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini o'rganib
b o 'lm a y d i.
Bizning fikrim izcha, eng a w a lo , ulam i ilmiy tavsiflab,
k a ta lo g la rin i
nashr qilish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: