A. Axmedov, E. Qudratov, X. Pulatov



Download 2,56 Mb.
bet6/6
Sana22.06.2017
Hajmi2,56 Mb.
#11760
1   2   3   4   5   6

SIGIR:

Hayot yo’li

Odatiy hayot tarzidan vozkyeching.Agar shu paytgacha ota-onangizga suyangan bo’lsangiz, endi mustaqil hayot kechirish payti keldi.Barcha hatti harakatlaringizga o’zingiz javob bering.Mavjud imkoniyatlardan to’g’ri foydalansangiz , shaxsiy hayotingiz yaxshi tomonga o’zgarada.Baxt yulduzingizni topishingiz mumkin.Shubhali ishlarga bosh qo’ymang, aks holda obro’yingz to’kilib , moddiy zarar ko’rasiz. Yil boshida yaqin va uzoq qarindoshlaringiz manfaati yo’lida ter to’kib mehnat qilasiz.Yaxshilik yerda qolmaydi, deganlaridek, yozga kelib yaqinlaringizmoddiy masalalarda sizga yordam qo’lini cho’zadi. Kuz oylarida turar joyingizni ta’mirlash va boshqa uy ro’zg’or yumushlari bilan band bo’lasiz.Yil oxirida turmush o’rtog’ingiz, farzandlaringizga ko’proq e’tibor qarating.



Karyera va biznes

Kirib kelayotgan 2015 yilda kasbiy faoliyatingiz rivoj topadi.Endi hayotdan talab qilish emas, boshqalarga mehr-muruvvat ko’rsatish muhimroq ahamiyat kasb etadi. Ahamiyatsiz buyumlarga bog’lanib qolmay, ulardan o’z vaqtida xolos bo’ling, bor e’tiboringizni asosiy ishga qarating. Hozir o’z ishingizni boshlashingiz uchun qulay davr. Kiyim, dizayn, go’zallik saloni yoki umumiy ovqatlanish joylari bilan bog’liq sohalarda omadingiz chopishi ehtimoldan yiroq emas. Sizga rahbarlik lavozimini taklif etshlari ham mumkin. Eng muhimi- o’z qobilyatingizga shubha qilmang, odatiy, odatiy turmush tarzingiz buzilishidan cho’chimang. Uddasini qilsa , ish va oila o’rtasidagi muvozanatni ta’minlash mumkin. Yil boshida ish faoliyatingiz nihoyatda samarali kechadi. O’zingizni oddiy, erkin tutsangiz, odamlar sizga talpinadi. Yoz faslida g’ayratingiz to’lib-toshib, omad sizga kulib boqadi. Ilgari iloji bo’lmagan narsalarni endi amalgam oshirish imkoni tug’uladi. Avvallari qiyinchilik bilan bo’ladigan ishlar endi osongina ro’yobga chiqadi. Yil oxirida xayriya ishlari bilan shug’ullaning, muhtojlargayordam bering. Ezgu ishlaringiz natijasi sizniquvontirishi aniq. Yil bo’yi ham ma’nan, ham moddiy boyiganingizni his etasiz. Yangi yil sizga baxt olib kelsin.



EGIZAKLAR:

Hayot yo’li:

Ushbu yilda odatdagi faoliyatingiz ozroq pasayadi, ruhiy olamingizni ko’proq tahlil qilishga, o’rganishga ehtiyoj sezasiz. Asosiy e’tiboringizni uy-ro’zg’or tashvishlariga qaratasiz. Oila bilan bog’liq muhi ishlar chiqadi, xonadoningizga yangi jihozlar sotib olish va uy ichida ayrim o’zgarishlar qilishingiz mumkin. Oilaviy sirlaringizni boshqalarga oshkor qila ko’rmang. Aks holda turli mish-mishlar tarqalishi ehtimoli bor. Shahsiy hayotingiz avvalgi yillarga qaraganda qiziqarli kechadi. Voqelik yaxshi tomonga o’zgara boradi. Ammo eski muammolar ham o’z ta’sirini o’tkazmay qo’ymaydi. Yil davomida shaxsiy hayotingizda keskin o’zgarishlar qilmaslikka harakat qiling, chunki bu o’zgarishlar hamisha ijobiy natijalar bermaydi. Yil oxirida sog’lig’ingizga e’tiborli bo’ling. Bilim olishingiz mumkin bo’lgan qimmatli vaqtingizni behuda sarflamay, vaqtingizni ko’proq yaqinlaringiz, oila a’zolaringiz davrasida o’tkazishga, foydali mashg’ulotlar bilan shug’ullanishga harakat qiling.



Karyera va biznes

Karyera bobida garchan olamshumul yutuqlarga erishmasangizda, umuman olganda, ish faoliyatingiz muofaqiyatli kyechadi. Yil o’rtasida foydali bitimlar tuzi, yaxshigina daromar orttirasiz. Birinchi galda o’zingizning hatti-harakatingizga, fe’l-atvoringizga e’tibor bering. Kirib kelayotgan 2015 yilga qanchalik umid bilan qarasangiz, taqdir sizni shunchalik siylaydi. Bir vaqtnig o’zida ko’plab ishning boshini tutasiz. Kuz fasliga kelib esa sizni faqatishxonada topish mumkin bo’lib qoladi. Atrofingizdagi odamlar uchun go’yoki tunu kun ish bilan banddek taasurot uyg’otasiz. Moliyaviy masalalarda omadingiz chopib, kasbiy faoliyatga boshingiz bilan sho’ng’iysiz. 2015 yilda anchadan buyon ko’nglingizga tugub yurgan niyatingizni amalgam oshirish imkoniyati paydo bo’ladi. Birvarakayiga bir necha imkoniyatni ko’ra olish qobiliyatingiz tufayli azaliy orzuyingiz ushaladi. Chekkan mashaqqatlaringizning shirin mevasini, albatta tatiysiz. Ot yili sizga omad olib kelsin.


QISQICHBAQA:

Hayot yo’li:

2015 yilda sizni ro’zg’or xarajatlari hisob-kitobi qiziqtirib qo’yadi. Tejamkor bo’lishga intilib, faqat zarur narsalarnigina sotib olasiz. Natijada ancha-muncha mablag’ jamg’arishga muvaffaq bo’lasiz. Siz uchu oilaviy hayot ham biznes ham birday muhim. Shu bois ikki o’rtada sarson bo’lishingiz mumkin. Zero ikkisini birdek uyg’unlashtirish anchayin mushkul. Ammo yordam so’rab murojaat etsangiz, yaqinlaringiz ko’mak berishadi, qiyin vaziyatda yo;g’iz qoldirmaydilar. Shubhali ishlarga aralashmang, aks holda zarar ko’rishingiz ehtimoldan holi emas. Yalqovlik qilish ham to’g’ri kelmaydi, erishgan yutuqlaringiz chippakka chiqishi turgan gap.Kuz oylarida uy ro’zg’or tashvishlari bilan band bo’lishingiz kutilmoqda. Bor e’tiboringizni maishiy masalalarga qaratasiz. Siz “O’z uyim-o’lan to’shagim” deydigan odamlar toifasidan siz. Oilangiz davrasidagina o’zingizni chinakkamiga baxtli xis etasiz. Ro’zg’or haqida qayg’urishni ham, mehnat qilishni hamqotirishingiz mumkin. Salomatligingiz borasida ishga kirishsangiz, buni kuz va bahor oylarida amalgam oshirganingiz ma’qul. O’z bilganingizcha davolanmay mutaxasisga uchrashganingiz ma’qul. Fursatni boybermay shifokorlar bilan maslahatlashingda muolajalarni boshlang. Mehnat ta’tilida to’laqonli dam oling.



Karyera va biznes

Ot mo’chalida ish faoliyatingiz muvofaqiyatli kyechadi. Maoshingiz ko’payadi. Lavozimingiz oshadi yoki foydaliroq boshqa ishga o’tishingiz mumukin. Mazkur yilda yangi kuch g’ayrat bilan ishga kirishasiz. Hammaslahatchilaringiz bilan yelkama- yelka turib mehnat qilsangiz marra sizniki. Bahorda ishingiz ko’paygandan bosh qashishga vaqtingiz qolmaydi. Shunga yarasha daromad ham orttirasiz. Ish jarayonida ayrim narsalarga nuqtai nazaringiz o’zgaradi. O’z oldingizga qo’ygan maqsadlaringizga qati’yat bilan erishasiz. Kuz faslida ko’tarinki kayfiyat sizni tark etmaydi. Hamkorlaringiz ham, rahbarlaringizham sizdan xursand. Yol oxirida ish bo’yicha yangi aloqalar o’rnatishga harakat qilasiz.Ishlarni qoilmaqom qilib bajarasiz. Farzandlaringizni, sevimli odamlaringizni asrab avaylang. Hozir kelajak hayotingizning poydevorini yaratyapsiz . Uni ezgu amallar bilan bunyod eting.



ARSLON:

Hayot yoli:

2015 yil ko’proq yaqinlaringiz sog’lig’i haqida o’ylashingizga to’g’ri keladi. Kundalik tashvishlar yelkangizni zildek bosib turishi mumkin. Atrofingizdagi har biro damning hojatini ravo qilaman deb o’ylamang. Bunaqada o’zingizni toliqtirib qo’yasiz, asabingiz ham charchauydi. Shuning uchun jismoniy va ruhiy imkoniyatlaringizning hisobga olin, boshqalarga maslahat berishga ham shoshmang. Hadeb haqligingizni ta’kidlay vermang, hammaga buyruq berish odatingizdanvoz keching. Aks holda hayotning o’zi sizni boshqalarning fikrini hisobga olishga majburlaydi. Ushbu yilda umr yo’ldoshingiz hayotingizda muhimrol o’ynaydi. O’zingiz bilan yonma-yon yashayotgan odamga ishonch bildirsangiz, kelajakdagi ishlaringiz omadli kechadi.



Karyera va biznes

Kasbiy faoliyatigi borasida tavsiyamiz shundan iboratki , qanday bo’lmasin doimiy ishga ega bo’ling. Yurist, o’qituvchi, harbiy xizmatchi sohalarida faoliyat yuritsangiz, omadingiz chopadi. Nufuzli odamlar bilan aloqa o’rnating. Munosibhamkor topish va o’zingizda mavjud bo’lgan xato va kamchiliklarni tuzatish hozirgi paytdagi eng muhim vazifalardan biridir. Siz juda mehnatkashsiz, bu esavazifangiz muhimligi bilan bog’liq. Bahorda biroz moliyaviy qiyinchilikka duch kelasiz. Mansabingiz oshishi murakkablashadi. Ammo umidsizlikka tushmang, sabrli bo’ling. Shubhali ishlarga bosh qo’shmang. Yozga kelib omad qushi boshingizga qo’nadi. Ishoning Xudao bersa, qo’sh qo’llab byeradi, do’stona aloqalaringiz mustahkamlanib, ishingiz ham baroridan kela boshlaydi. Kuz oxirlariga borib, ish xonangizda sharoit o’zgaradi. Pul topishingiz xiyla qiyinlashadi. Shu sabab mablag’ingizning bir qismini jamg’arib boring. Boshqalarga imkon qadar yordam berishga harakat qiling. Yil oxirida yana qat’iat bilan ishga kirishasiz. Ish va shaxsiy hayotda muvaffaqiyatlarga erishasiz. Yaqinlaringiz bilan birga xordiq chiqarsangiz, juda maroqli kechadi. Ot muchali oilangizga baxt va quvonch olib kelsin.


SUNBULA:

Hayot yo’li:

2015 yil muvofaqiyatlar qanotida parvoz ilasiz. Yil bo’yi bor tashvishlarni unitib dam olishga otlanasiz. Qizzig’i, hatto yuzaga keladigan qiyinchiliklar ham sizga qo’l kelishi mumkin. Ish va oiladagi vaziyat sog’ligingizga ta’sir ko’rsatadi.Shu sabab hayotingizni izga tushirish va to’g’ri kun tartibi tuzish muhim ahamiyat kasb etadi. Uyga kerakli buyumlarni xarid qilasiz.2015 yil parhez tutish uchun qulay.

Umumiy vazifangiz- aniq fikrlash va harakat qilish, kunlik ishlarga va atrofga xotirjam munosabatda bo’lish. Kamroq xom xayollarga beriling. Ko’proq vaqtingizni farzand tarbiyasiga, xo’jalik ishlari bilan shug’ullanishga bag’ishlang. Yozda uyingizni ta’mirlash bilan shug’ullanishingiz uchun xaridlar qiling. Dam olishni ham unutmang.

Karyera va biznes

Bu yil ilmiy faoliyat bilan shug’ullanishingiz uchun qulay keladi. Haddan tashqari keng miqyosli rejalarni amalgam oshiraman, deb ovvora bo’lmang. Yaxshisi osmonda yerga tushib, aniq maqsad sari intiling, ammo me’yordan ortig’iga berilmabg. Aks holda sog’lig’ingizga ziyon yetadi. Faqat o’z kuchingiz va imkoniyatlaringizga tayanmang. Yaqinlaringiz yordam qo’lini cho’zishga shaylar. Ofis, xonadon dizayni bilan shug’ullanuvchilarning faoliyatlari samarali bo’ladi. Qanday ishda bo’lmasin, ko’tarinki ruhda ishlasangiz, moddiy masalalar o’z yechimini topadi. Yil boshida ish boshlamang, yaxshisi, hali yachimini kutayotgan muammolaringizni hale ting. Shunda ilgarilashingiz oson kechadi. Bahorda uzoqdagi hamkoringiz bilan munosabatlaringiz yanada yaxshilanadi. Asabiylik mavhumlik alomatlari bezovta qilishimumkin. Shuning uchun o’zingizni chalg’itish va moddiy ahvolingizni yaxshilash umidida ter to’kib mehnat qilasiz. Yoz omad qushini tutishuchun qulay payt. Hozir oma siz tomonda. Taqdirning birorta ham tuhfasini qo’ldan chiqarmaysiz. Kuz oylarida qarindoshlaringiz yordamidamuhtojlik sezishadi.




TAROZI:

Hayot yo’li:

Kirib kelayotgan 2015 yilda farzand tarbiyasiga oid yangicha yo’l va usullarni izlash muhimvazifangizga aylanadi. Ularga qilgan g’amxo’rligingiz, hayot haqidagi bilimlarni o’rgatish uchun sarflangan vaqtingiz, albatta, o’zining ijobiy natijasini byeradi.Bu yil uzoqqa mo’ljallangan rejalar tuzish va hayotingizga jiddiy o’zgarishlar kiritish uchun unchalik qulay fursat emas. Oilaviy hayotingizda ko’plab o’zgarishlar qilishga ehtiyoj sezasiz. Gohida uyingizda ta’mirlash ishlarini boshlash, goh yangi uyga ko’chib o’tish fikri keladi.Yaxshisi, yilning oxirigacha sabr qiling. Birovlarning shaxsiy hayotiga aralashish, boshqalarga tazyiq o’tkazish uchun qulay bo’lgan tartib qoidalar o’rnatishingiz ko’ngilsizliklarga sabab bo’lishi mumkin.



Karyera va biznes

2015 yilda barcha reja va loyihalaringizni tartibga keltirishingiz lozim. Albatta, hammasi pishiq puxta o’ylangan bo’lishi kyerak. Nufuzli va ishonchli shaxslar bilan hamkorlik o’rnatishingiz mumkin. Ishxonangizda hammasi joyida qobilyatingizni namoyon etasiz-siz tomondan taklif etiladigan ko’plab ixtrochilik goyalari obro’ingizni yanada oshiradi. Rahbar yaki hamkasblaringiz bilan do’stona aloqalaringiz yanada mustahkamlanadi. Mehnat va dam olishni uyg’unlashtirishga harakat qiling. Mehnat ta’tilingizni orqaga surmang. Agar siz san’at sohasi vakili bo’lsangiz, muhlislar olqishi va e’tirofiga sazovor bo’lasiz. Mazkur yilda sizni ko’plab romantic va qiziqarli uchrashuvlar kutmoqda. Eng muhimi-dam olishga joy tanlashda xato qilmang, har qanday to’siqlarga qaramay, yashashdan quvonishni o’rganing. Hadeb moliyaviy masalalrga o’ralashib qolmang, axir pul qo’lning kiri, bugun keladi, ertaga ketadi. Hayotingizni ea quvonchli voqealar va qiziqarli uchrashuvlar bezaydi. Yil o’rtasiga kelib lavozimingiz oshishi yoki ishingizni o’zgartirishingiz mumkin. Hamkorlaringiz qo’llab quvvatlashadi, yangi takliflar olasiz, moliyaviy foyda ko’rasiz. Yil oxiriga kelib rosa pul ishlaysiz. Bunda sizga, ayniqsa, istarangiz issiqligi va xushmuomalangiz qo’l keladi. Yangi yilni sevimli insonlaringiz bilan o’tkazasiz.



CHAYON:

Hayot yo’li:

Kelayotgan yilda ko’p narsa oilangizga bog’liq bo’ladi. Endi moddiy ahvolingizni yaxshilaysiz, sarmoyangizni ko’chmas mulkka, keyinroq esa daromad keltiradigan ishlarga tikasiz. Qo’shimcha tahsil olishga, xizmat safarlariga ko’p vaqtingiz ketadi. Mayda chuyda tashvishlaringiz ko’payadi. Ushbu yilda yaqin qarindoshlar va ota – onangizga e’tiborli bo’ling. Hozir oilangiz birinchi o’rinda, shaxsiy maqsadlaringiz ikkinchi darajaga tushishi to’g’ri bo’ladi. Ichki muammmolaringizni hal qilishni o’rganing. Agar turmush qurmagan bo’lsangiz oila qurish uchun qulay payt keladi. Ko’chmas mulk sotib olish, uy-joy qurishni boshlashning ham ayni fursati. Arzimas narsalardan xafa bo’lishni bas qiling. Aql bilan ih ko’rsangiz, turli muammolardan xalos bo’lasiz. Mayda gap so’z, g’iybatlarga e’tiborsiz bo’ling. Muhimi, sog’ligingizni asrang, dam olishni ham unutmang.



Karyera va biznes

Kirib kelayotgan 2015 yilda lavozimingiz oshishi kutilmoqda. Xorijlik hamkorlar bilan faol aloqa o’rnatish imkoniyati paydo bo’ladi. Ta’lim tarbiya, tibbiyat va ijtimoiy muhofaza sohasida ishlasangiz, muofaqqiyatga erishasiz. Faoloiyatingiz ko’chmas mulk, umumiy ovqatlanish, savdo sotiq sohasi bilan bog’liq bo’lsaham, yaxshi natijalarga erishishingiz mumkin. Bahorda pulingizni behuda sarflamaslikka intiling. Yangi tanishlar orttirasiz, kelgusida ularning foydasi tegishi mumkin.Ishingizni o’zgartirish ehtimoli bor. Ishdagi qiyinchiliklar sizga o’zingizni ko’rsatish imkonini beradi. Natijada amalingiz oshib boradi. Yozda moliyaviy ahvolingiz yaxshilanib, hayotingizda ijobiy fikrlaringiz tufayli mo’maygina pul ishlab topasiz. Daromadiy ishlaringiz o’ngidan keladi. Yil oxiriga kelib hayotning barcha jabhasida omadingiz chopadi. Omad qushini tutishingizga ichki sezgingiz yordam beradi. Lavozimingiz ham oshishi mumkin. Baxtsiz hodisalardan ehtiyot bo’ling. Yangi yil bayramini uyda ota-onangiz, yaqinlaringiz davrasida o’tkazing. Bayram kechasi yaxshi niyatlar qiling.


O’QOTAR:

Hayot yo’li:

Yangi yida kelajak rejalaringiz, oilangiz, ishingiz va sog’lig’ingiz birinchi darajaga ko’tariladi. Maishiy turmush sharoiti haqida bosh qotirasiz. Ilmiy faoliyat bilan shug’ullanadiganlar uchun samarali va qulay davr kelyapti. 2015 yil siz uchun bilim olish va yorqin istiqbollar yilidir. Malaka oshirish kurslariga, o’zingiz qiziqqan to’garaklarga qatnash yaxshi samara beradi. Yoy burjining ba’zi vakillari uchun ushbu yil chinakamiga tub burilish yili bo’ladi. Yangi do’stlar orttirasiz. Aka-uka, opa-singil va ota-onangizga ko’proq e’tiborli bo’lsangiz, oilaviy munosabatlar yanada mustahkamlanib, bu ishingizga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi.Yangi turar-joyga ko’chishingiz mumkin.



Karyera va biznes

2015 yil chuqur bilim egallash uchun qulay palla. Kasbingiz ijod bilan bo’g’liq bo’lsa, ishingiz barakali, sermahsul bo’ladi. Atrofdagi barcha voqea-hodisalar, kitoblar olami siz uchun bitmas-tuganmas bilim manbaidir. Kasbiy faoliyatingiz barqarorlashadi, ishlaringizni tartibga keltirasiz. Anchadan buyon chala yotgan loyihalarni yakuniga yetkazasiz. Yanada ko’p mehnat qilishingiz kerak. Unitmangki, chekayotgan mashaqqatlaringiz kelajakda o’z mevasini beradi. Vadabozlarga also ishonmang. Birvarakayiga bitta o’q bilan ikkita quyonni otishga harakat qilasiz. Ajablanarlisi, buning uddasidan chiqasiz. Kasbiy faoliyatingizda sizni kerakli mutaxasis sifatida qadrlashadi. Shunday ekan, ulardan maoshingizni oshirishlarini so’rasangiz bo’ladi. Agar turmush qurmagan bo’lsangiz, kuzdga borib o’z juftingizni topishingiz mumkin. Yil yakunida ijodiy faoliyatingiz avj pallaiga chiqadi, biznesingiz gullab-yashnaydi. Moddiy qiyinchiliklarga duch kelmaysiz. Do’stlaringiz va yaqinlaringiz sizni sevishadi, hurmat qilishadi. Har jabhada ularning yordamiga suyanishingiz mumkin. Sizni muvaffaqiyatlar va yuksak ehtrom kutmoqda. Yangi yil bayramini sevimli insonlaringiz davrasida xushnudlikda o’tkazasiz.




TOG’ ECHKISI.

Hayot yo’li

2015 yilda taqdiringizda keskin o’zgarishlar yasamang. His-tuyg’ularingizga bag’ishlang. Bundan tashqari, tasodifiy daromadlardan, olib-sotarlik faoliyatidan va tavakkali bitimlardan voz keching.

O’zingizga mahliyo bo’lish va muammolaringizni oshkor etishdan ehtiyot bo’ling. Yil boshida yuksak cho’qqilarni zabt etishga kirishasiz. Ammo moliyaviy ahvolingiz pand berib qo’yishi mumkin.Shunin uchun ehtiyot choralarini ko’rib qo’ying. Bahorga kelib hayotingizda uzoq kutilgan omadli davr boshlanadi. Qaysi ishni boshlamang baroridan kelaveradi. Omadingiz chopyotganidan quvonchingiz ichingizga sig’maydi, fursatdan foydalanib qoling.

Karyera va biznes

Ushbu yilda ilgari ulgurolmagan ishlaringizni bitirasiz.Ish faoliyatingiz xorijiy firmalar bilan bog’liq bo’lsa, katta muvoffaqiyatlarga erishishingiz mumkin. Sizga qiziqarli ishlar taklif etishadi. Yangi daromad manbalarini qidirasiz. Ammo behuda sarf-xarajatlar qilmang. Tejamkorlik va aniq rejalar yutuqlar garovidir.Ishda ilgari qo’ldan chiqarilgan imkoniyatlaringiz o’rnini to’ldirish harakatiga tushasiz. To’g’ri, bu osonlikcha bo’lmaydi. Yoz oylariga kelib muammolaringizni o’zingiz hal qilihingizga to’g’ri keladi. Nima bo’lganda ham yaqinlaringizga zahringizni sochmang.Ishdagi turli bahs munozaralarda o’zingizni ko’rsatib, diqqat markazida bo’lasiz. Mehnatingizgayarasha taqdirlanasiz. Kuzga kelib kutilmagan tasodiflar hayotingizda muim rol o’ynashini anglab yetasiz. Shundan so’ng intilishlaringizni tahlil qilishga tushasiz. Yil oxiriga kelib tugayotgan yilni sarhisob qilishga tushasiz. Bunda o’zingizni kuchli va ojiz tomonlarinizni aniqlashga urinasangiz, foydali bo’ladi. Shunda kelgusi yilda nimalarga e’tabor berish kerakligini tushunasiz.

Asosiy vaqtingizni oilangiz, shaxsiy ishlaringiz va salomatligingizga bag’ishlaysiz.

QOVG’A

Hayot yo’li

Siz uchun chinakamiga ajoyib va unutilmas yil kelayapti. Yil nihoyatdaqiziqrli voqealarga boy bo’ladi. Ilgari chekkan mashaqqatlaringizning mevasini totish fursti keladi. Oilaviy hayotingizda muhim o’zgarishlar yuz berishi kutilmoqda, yaxshi tomonga, albatta. Ishingiz ham rivoj topadi. Ilgari kundalik tashvishlar tufayli amalgam oshirolmagan orzularingizga yetishishga harakat qiling. Ammo bu yil yangi turar-joyga ko’chib o’tishingizni maslahat bermaymiz.

Yil o’rtasiga kelib xonadoningizning tinchlik, xotirjamligini yanada ko’proq qadirlay boshlaysiz. Hayolingizda o’ziga xos g’oyalar tug’iladi.

Eski tanishlaringiz bilan aloqalaringiz yana asta-sekin tiklana boradi.

Kuzda farzandlaryingizning yutuqlarini ko’rib quvonasiz, ular bilan birga dam olsngiz, kuchingizga kuch qo’shiladi.

Tezkor hayot sur’ati ba’zan sizni cho’chitadi, ammo bora-bora bundan zavq ola boshlaysiz.



Karyera va biznes

Kirib kelayotgan 2015-yil mustaqil bo’lishingizni, zimmangizga katta ma’suliyat olishingizni taqazo qiladi. Kasbiy faoliyatda hali haqiqiy o’rningizni egallamagan bo’lsangiz, unda hozirdagi mavqeyingizga yanada yaxshiroq o’ranashing, garchi u sizni qoniqtirmasa ham. Birovlarning orqasiga pana bo’lishga harakat qilmang.

Ushbu yil anchadan buyon to’planib qolgan muammolaringizni hal bo’lishi bilan yodingizda qoladi. Bu davrda o’ta ishonuvchanlikdan ham, o’rinsiz shubhalardan ham saqlaning.

Ichkisezgingizga quloq tutsangiz, also xato qilmaysiz. Boshqalarning maqtov va bahosini kutib o’tirmasdan ishlashda davom eting. Payti kelib mehnatlaringiz o’z mevasini beradi. Unutmang, muvaffaqiyatingizning asosini sizning faolligingiz tashkil etadi.

Hamkorlaringiz bilan aloqalaringiz yanada mustahkamlanadi, ter to’kib mehnat qilasiz. Buning samarasi o’laroq moddiy ahvolingiz yaxshilana boradi. Mansabingizning oshishi ikkinchi darajali masalaga aylanadi. Moddiy manfaatdorlikni muhim deb bilasiz.

Dekabr oyi do’stlaringiz bilan uchrashish uchun qulay payt. Yangi yilni qayerda kutib olishingizdan qat’i nazar, bayram ko’ngilli o’tadi.


BALIQ.

Hayot yo’li

Hayotingizda o’zingiz anchadan beri kutayotgan o’zgarishlar yuz beradi. Eng muhimi, oqim bo’ylab emas, balki ko’zlagan mazilingiz sari quloch yoyib suzing. Mayda chuyda qiyinchiliklarni osongona yengib o’tasiz. 2015 yilda turmushingizda ko’plab yangilklar yuzberishi kutilmoqda. Odatlangan tartibingiz endi o’zingizni qoniqtirmay qo’yadi. Salomatligingizni mustahkamlahdaturli tibbiy usullardan foydalaning. Shaxsiy hayotingiz qizg’in kyechib, taasurotlarga boy bo’ladi.hali oila qurmagan bo’lsangiz, juftingizni topishingiz mumkin.Eski tanishlaringiz bilan aloqalaringiz tiklanadi, do’stlaringiz safi kengayadi. Yozga kelib turar-joy bilan bog’liq muammolaringiz hal bo’ladi. Sevimli odamlaringiz, oila a’zolaringiz bilan janjanlashib qolishdan ehtiyot bo’ling.



Karyera va biznes

Kirib kelayotgan 2015 yilda o’zingizdagi qat’iat, sabot va iroda kabi xususiyatlarni namayon eting, shunda omad va yutuqlarning o’zi siz tomon oqib keladi. Faqat sog’lig’igizga be’tibor bo’lmang. Esingizda bo’lsin, ushbu yil bilim cho’qqilarini egallashingiz uchun nihoyatda qulaydir. Kasbiy faoliyatingizda katta yutuqlarni qo’lga kiritasiz, orzu-istaklaringiz ham amalgam oshadi.Ilgarigi g’alabalaringizni sarhisob qilib, kelgusi ishlaringizni rejalashtirasiz. Bahor oylariga kelib, ishingiz ko’payganda ko’payadi, lekin harakat qilsangiz barchasiga ulgurish muammo emas. Yangi yo’nalishda harakat qilish istagi tug’uladi.muhimi yo’nalishni to’g’ri tanlasangiz bas. Xayolingizda yangidan-yangi ijodiy g’oyalar g’ujg’on o’ynaydi. Xullas, zerikishga vaqtingiz bo’lmaydi. Kuz fasliga kelib zimmangizga me’yoridan ortiq mas’uliyat olasiz. Keyinroq buni his etsangiz-da, azbaroyi ko’nglingiz bo’shligi tufatli so’zingizdan qaytmaysiz. Faqat barcha ishlarga ulgura olmayman, degan uy bezovta qiladi. Aslo chochimang, mehnatingiz singgan g’oyalaringiz va rejalaringiz daromad keltiradi. Kasb mahoratingizni oshirishda davom etasiz. Qolaversa, o’z ustingizda ishlash zaruriyati zarracha ham malol keltirmaydi. Hamkorlar bilan munosabatlar ham silliq kechadi. Yaqinlaringizga bayram sovg’asi olishni unutmang. Yangi yilni ko’tarinki ruhda kutib oling.


XULOSA

Jamiyatimizda iqtisodiy-ijtimoiy, ta’lim soxalarda olib borilayotgan islohatlar yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib turmush tarzini yaratish bilan birga, jismoniy va ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’limni yuksaltirish, milliy mafkurani yaratish va uni ruyobga chiqarishda faol ishtirok eta oladigan raqobatbardosh, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir. Zamon talabiga mos ravishda yangi o’quv reja va dasturlari, darsliklarning yaratilishi, ayniqsa, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining tubdan yangilanishi, moddiy-teхnik bazasini mustahkamlanayotgani ta’lim soxasida tub o’zgarishlar amalga oshirilganligidan dalolat beradi.

Bunday o’zgarishlar va yangilanishlar natijasida pedagogika va uning tarmog’i bo’lgan fizika va astranomiyani o’qitish uslubiyoti (xususiy pedagogika) fanlari oldiga hal etilishi lozim bo’lgan yangi izlanishlar va ilmiy-metodik tavsiyalar yaratilmoqda.

Davlat ta’lim standartlarida belgilab quyilganidek, umumta’lim fanlaridan (jumladan astronomiya fanidan ham) ta’lim mazmunining o’rnatilgan minimumiga erishish barcha o’quvchilar uchun majburiydir. O’quvchining umumta’lim fanlaridan olgan bilimlari akademik litsey va kasb-hunar kollejini tugatgandan keyingi amaliy faoliyatida hamda uning oliy ta’lim muassasasida davom ettiradigan o’qish faoliyatida ham ishonchli vosita bo’lib xizmat qiladi.

Demak, astranomiya o’qitish uslubiyoti ham o’qitishning umumiy masalarini tahlil qilib, ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish, umumlashtirish hamda o’quv jarayoniga tadbiq etish, astronomiyadan egallangan bilim va ko’nikmalarni amaliyotda qo’llay olishni o’rgatish, milliylik ruhi bilan boyitilgan, xalq rivoyatlariga asoslangan, zamonaviy pedagogik texnalaogiyalarni qamrab olgan o’quv qo’llanmalar va darsliklar yaratish imkoniyatiga egadir.

Astronomiya o’qitish tarixini tahlil etishda milliy merosining boy namunalaridan foydalanish asosida mustaqil bilimlar olish, kuzatish va astronomik hodisalarni fizika qonunlari asosida tushuntirish astronomiya faniga muhabbat va hurmat o’yg’otish, o’quvchilarning bilim va ijodiy qobiliyatlarini rivojlanishiga olib keladi.

Shunday ekan ijtimoiy-iqtisodiy isloxatlarni amalga oshirishda o’tmishni teran his etib, xalqimiz ruhiyatini, uning tarixiy va milliy o’ziga xos jixatlarini, an’ana va urf-odatlarini hisobga olib, tarixiy taraqqiyot davomida to’plangan ma’naviy merosi va milliy qadriyatlaridan oqilona foydalanish o’quv jarayoni samaradorligini oshirish bilan birga o’quvchi va talabalarda ilmiy dunyoqarashi shakllanadi. Ular ongida yurtga sadoqat, Vatanga muhabbat va boshqa ma’naviy-tarbiyaviy tushunchalar o’sib boraveradi.

Adabiyotlar

1. O’zbekiston Respublikаsi Prezidenti Islom Kаrimoвning «Jаhon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston shаroitidа uni bаrtаrаf etishning yo’llаri ва chorаlаri» nomli аsаrini o’rgаnish bo’yichа o’quv qo’llаnmа. T.: Iqtisodiyot, 2009. – 120 b.

2. M.Mаmаdаzimov, Ulug`bek ва uning rаsаdxonаsi, T., "Uzbekiston" 1994.

3. G.Rojаnskаya i dr.,Elementы аstronomii Аxmаdа аl-Fergаni, M., "Nаukа" 1999.

4. B.Аxmedov. «Tаrixdаn sаboqlаr». T., "O’qituvchi", 1994.

5. M.Mаmаdаzimov. Аstronomiya tаrixi (mа’ruzа mаtni) 2000y.

6. Mirkаrim Osim. «Аjdodlаrimiz fojeаsi». T., O’qituvchi, 1983.

MUNDARIJA:

So’z boshi…………………………………………………………………

1-§ Astronomiyaning rivojlanish bosqichlari…………………………….

2-§ Astronomiyani o’rganish pedagogik masaladir………………………

3-§ Astronomiya fanini o’qitishda milliylik prinsipi……………………..

4-§ Yulduz burjlari……………………………………………………….

5-§ Maqol va iboralarda yil fasillarini aks etirilishi…………..………….

6-§ Rivoyatlar yahshilikka etaklar…………………………..……………

7-§ Yulduzlar mifalogiyasi to’g’risida……………………………………

8-§ Astronomik lug’at…………………………………………………….

9-§ Astronomik bashoratlar to’g’risida……………………………………

10-§ Burjiy jadval…………………………………………………………



Xulosa………………………………………………………..……………

Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………
Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish