A ashirov, sh. Atadjanov


V.4. Milliy madaniyat. An’ana, urf-odat va marosimlar



Download 5,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/165
Sana29.01.2022
Hajmi5,1 Mb.
#417043
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   165
Bog'liq
fayl 336 20210420 (1)

V.4. Milliy madaniyat. An’ana, urf-odat va marosimlar
Tarixiy etnologiya fani etnografiyadan, ya’ni xalqlar turmush 
tarzi, moddiy va ma’naviy madaniyatini tavsiflashdan boshlangan.
XIX asr, XX asrning birinchi yarmida mutaxassis olimlar va 
tadqiqotchilar tomonidan asosan maiumotlarni yig‘ish, to ‘plash 
ishlari bajarilgan. Ayniqsa, bunga aynan mazkur davrda dunyo 
bo‘yicha olib borilgan mustamlakachilik siyosati ham bevosita 
ko£maklashgan bo‘lib, bu siyosat mustamlaka mamlakatlarning 
madaniyati, turmush tarzi va umuman milliy xususiyatlaridan 
to‘la xabardor boiishni taqozo etar edi.
Tadqiqotchilar tomonidan ma’lum darajada faktik materiallar 
yigilgandan keyin etnologik yo'nalishdagi tadqiqotlarda to‘plangan 
materialiarni umumlashtirish va ma’lum bir nazariy-metodologik 
konsepsiyaga suyangan holda tahlil qilish jarayoni boshlangan.
Zamonaviy etnologiya fanida tadqiqot mavzusi yanada 
chuqurlashtirilgan holda dunyodagi eng yirik etnoslardan tortib, 
eng mitti xalqlarni yanada izchil o‘rganishga va ularning an’anaviy 
hamda zamonaviy turmush tarzi, madaniyatini bilishga katta 
e’tibor qaratilmoqda.
Umuman olganda, insoniyatning bir necha ming yillik tarixi 
davomida turli-tuman madaniyatlar mavjud boigan. Har bir 
madaniyat, shubhasiz, ma’lum bir etnos yoki etnik jamoa ta’sirida 
shakllanadi. Xilma-xil etnomadaniyatlar orasida olimlar an’anaviy 
madaniyatni alohida ajratib ko‘rsatishadi. An’anaviy madaniyat 
deyilganda biz turli etnos namoyandalari, ya’ni bir necha avlod 
vakillari tomonidan asrlar mobaynida yig‘ilgan va bir avlodning 
o‘rgatilishi natijasida unutilib ketmagan urf-odatlami tushunamiz.
Har bir milliy-etnik madaniyat o‘ziga xos xususiyatlari bilan 
ajralib turadi va o ‘ziga xoslik turli-tuman narsa, voqea, hodisa, 
jarayonlarda namoyon boiishi mumkin. Har bir etnik madaniyat 
o‘ziga xos mantiqqa ega va aynan mazkur mantiq asosida ushbu 
m adaniyatga xos asosiy o ‘zgarm as va ikkinchi darajali 
o'zgaruvchan xususiyatlarni izohlash mumkin.
An’anaviy milliy madaniyatni yaxlit va ko‘p qirrali hodisa 
sifatida o ‘rganish, uning tuzilishi, asosiy ko‘rinishlari, shakl-
130


larini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Shu bois biz etnoma- 
daniyat evolutsiyasi va umumqabul qilingan madaniyat tasnifidan 
kelib chiqib, xalq m adaniyatining asosiy sohalariga e ’tibor 
qaratamiz. Holbuki, etnomadaniyat va uning tarkibiy qismi 
bo'lgan an’anaviy xalq madaniyat tizimining tarkibiy qismida: 
xalq donishmandligi, xalq falsafasi, xalq e’tiqodi, xalq peda- 
gogikasi, xalq odatlari, xalq ijodi, xalq o'yinlari, dam olish 
madaniyati, xalq pazandaligi, milliy liboslar, xalq m e’mor- 
chiligi, xalq amaliy san’ati, xalq tabobati, xalq turmush m ada­
niyati kabi ko‘plab sohalarni ajratsa bo'ladi.
An’anaviy xalq madaniyatining barcha sohalarida avlodlarning 
dunyoqarashlari, falsafiy tushunchalari o ‘z aksini topganligi 
uchun etnomadaniyat tarkibida xalq donishmandligiga alohida 
e’tibor berish lozim. Buning sababi shundaki, xalqning tafakkur, 
g‘oya, fikr, bilim, dunyoqarashini ifoda etgan etnomadaniyat 
ko‘rinishini xalq falsafiy donishm andligisiz tasavvur qilib 
bo‘lmaydi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, xalq madaniyatining 
falsafiy-g‘oyaviy mazmuni qanchalik chuqur bo‘lsa, uning shakli 
ham shuncha baquwat, ijtimoiy ahamiyati kuchli, umri ham 
boqiy boiadi.
Xalq madaniyati deyilganda keng m a’noda etnos hayotidagi 
barcha qadriyatlar tushunilsa ham, uning tub ma’nodagi negizini 
xalq an’analari tashkil etadi.
Etnologiya fanida «marosim», «urf-odat», «an’ana», «bay- 
ram»lar fanning asosiy tadqiqot obyekti sifatida keng qo‘llaniladi. 
Chunki, har bir xalqning shakllanish jarayoni bilan birga unga 
xos va mos milliy-etnik an’analar, urf-odatlar, marosimlar va 
bayram va sayillar shakllanib taraqqiy etadi. Ular kishilar turmush 
tarzining muhim bir bo‘g‘ini shaklida tarkib topib boradi.
Etnologiya fani shakllangan davrdan boshlab milliy an’analar, 
rasm-rusumlar va urf-odatlarni xalq madaniyatining fenomeni 
sifatida o‘rganish fanning dolzarb muammolaridan biri hisob- 
lanib kelgan. Ayniqsa, respublikamizda milliy qadriyatlarimizga va 
ma’naviy merosimizga davlat miqyosida e’tibor berilayotgan tari- 
xiy bir jarayonda mutaxassis olimlar tomonidan an’anaviy maro- 
simlarimizni tadqiq qilishda ularning yozma tavsifini berish


bilangina cheklanib qolmaslik darkor. 
Bu 
borada qadimiy tarixga 
ega bo'lgan milliy marosimlarning xalq turmushi va an’anaviy 
madaniyatida tutgan o'rni, ular genezisi va o‘ziga xos xususiyatlari 
hamda saqlanish omillari borasidagi tadqiqotlar muhim ilmiy- 
amaliy ahamiyat kasb etib bormoqda. Lekin, hanuzgacha 
etnologiya, madaniyatshunoslik, folklorshunoslik va xalq turmush 
tarzi bilan shug‘ullanuvchi fanlar doirasida yuqoridagi 
terminlarning ta’rit'i va tavsifi hamda farqli xususiyatlari borasida 
mukammal nazariy-metodologik qarashlar ishlab chiqilmagan. 
Shu bois ba’zi hollarda ayrim tadqiqotchilar tomonidan «maro- 
sim» va «urf-odat», «an’ana» va «bayram» kabi qator terminlarni 
sinonim tarzida ishlatish yoki izchil farqlanmagan holda qo‘llash 
holatlari ham uchramoqda. Shubhasiz bu o ‘rinda “marosim”, 
“urf-odat», “an’ana” va “bayram” atamalarining qanday o‘x- 
shashliklari va farqli xususiyatlari mavjud? — degan savol tug‘ilishi 
tabiiydir. Bizningcha, ushbu terminlar bir-biri bilan chambarchas 
bogliq, ammo bir-biridan keskin farq qiluvchi tushunchalardir.

Download 5,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish