TEST
1. Hozir ham barhayot qabila va xalqlarni, qadimgi odamlarning saqlanib qolgan ko'pgina udumlari xo'jalik va an'analari qaysi fan olimlari o'rganadi?
a) Antropologlar b)Etnograflar c)Arxeologlar d)Epigraflar
2. Qanday omil olimlarga qadimgi ming yilliklar tarixini tiklashni osonlashtirdi?
a) Moddiy manbalarning keng tarqalishi b)Yozma manbalarning topilishi
c) Avestoning paydo bo'lishi d)Barchasi to'g'ri
3. Quyidagi qaysi tarixchi milodiy II asrda yashagan?
a) Kvint Kursiy Ruf b)Geredot c)Arrian d)Poliyen
4. Qaysi davrda buyuk muzlik davri boshlandi?
a) Ilk paleolitda b)So'nggi paleolitda c)I lk paleolitning oxirida d)Mezolitda
5. Ko'hna qadamjolar qazish chog'ida arxeologlar qaysi mamlakatlar hunarmandlari tomonidan tayyorlangan sopol va metal idishlar va zargarlik buyumlarini topishgan?
a) Hindiston, Eron va Vizantiya b)Eron, Mesopotamiya va Misr
c) Misr, Eron va Vizantiya d)Hindiston, Eron va Mesopotamiya
6. Qaysi hol odamlarning yangicha turmush sharoitiga moslashishga undadi?
a) Buyuk muzlik davrining boshlanishi b)Buyuk muzlik davrining tugashi
c) Odamlarning tabiat kuchlari oldida ojizligi d)Urug' jamoa bo'lib yashashlari
7. Teshiktosh g'oridagi murdaning dafn etilishi...?
a) Dastlabki odamlarning olam haqidagi g'ayratabiiy tushunchasi bilan bog'liq bo'lgan
b) Tevarak dunyoni qay yo'sinda tasavvur etgani bilan bog'liq bo'lgan
c) Ushbu hodisalar sababini tushuna olmagani bilan bog'liq bo'lgan
d) Dastlabki diniy etiqodlar bilan bog'liq bo'lgan
8. Astasekin ibtidoiy insonning fikrlash qobiliyati va tafakkurini o'zgartirib yuborgan omilni aniqlang?
a) Mehnat foaliyati, tevarak olam haqidagi to'plangan bilimlar
b) Tevarak dunyoni qay tarzda tasavvur etgani
c) Ushbu hodisalarni tushuna olmagani
d) Dastlabki diniy etiqodlar bilan bog'liq bo'lgan
9. Mezolit davri oxirida....?
1) inson hayvonlarni qo'lga o'rgata boshladi 2) muzlik davri poyoniga yetdi
3) old osiyoda xo'jalikning yangi tarmog'iibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik vujudga keldi
a) 1,2 b)2,3 c)1,3 d)1,2,3
10. Qaysi davrda insoniyat o'z rivojida bana bir pog'onaga yuksaldi?
a) ilk paleolit b)o'rta paleolit c)so'nggi paleolit d)mezolit
11. Qaysi davrda odamlar qarindoshlardan tashkil topgan ixcham guruhlargaurug' jamoalariga birlashdilar?
a) ilk paleolit b)o'rta paleolit c)so'nggi paleolit d)mezolit
12. Mezolit davri boshlanishi bilan...?
a) Muzlik davri boshlandi b) Inson hayvonlar ni qo'lga o'rgata boshladi
c) Old Osiyoda xo'j alikning yangi tarmog'iibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik vujudga keldi
d) Muzlik davri poyoniga yetdi
13. Quyidagi davlatlar va ularning poytaxti bilan tog'ri berilgan javobni aniqlang?
1. Ossuriya 2.Xett 3.Misr 4.Urartu 5.Ahamoniylar
a) Tushpa b)Persepol c)Xattusa d)Nineviya e)Fiva
A)1d,2c,3e,4b,5a B)1c,2d,3e,4a,5b C)1d,2c,3e,4a,5b
14. Qaysi davrda qabilalar o'troq turmush tarziga o'tib, doyimiy turar joylar qura boshlaganlar?
a) So'nggi paleolit b)Mezolit c)Neolit d)Eneolit
15. Qaysi davrda paxsadan uylar qurila boshlangan?
a) So'nggi paleolit b)Mezolit c)Neolit d)Eneolit
16. Qaysi davrdan boshlab qadimgi odamlar hayotida astasekin urug' jamoalarining manzilgohlari shakllanib borgan?
a) So'nggi paleolit b)Mezolit c)Neolit d)Eneolit
17. Neolit davrida o'troq turmush tarzi va mehnat qurollarining yanada takomillashishi...
a) Jamoalarining dehqonchilikka o'tib borishiga imkon bergan
b) Hunarmandchilikni shakllanishiga olib kelgan
c) Doyimiy turar joy qura boshlaganlar
d) Toshga ishlov berishning oldin malum bo'lmagan silliqlash va parmalash usullari kashf etildi
18. Misdan yasalgan mehnat qurollari tosh qurollar bilan birgalikda ishlatilish davri...... deb ataladi?
a) Mezolit b)Neolit c)Eneolit d)Bronza
19. Misr xudolari to'g'ri tariflangan javobni toping?
1) Osiris 2)Xatxor 3)Maat 4)Anubis 5)Tot
a) Oy, donishmandlik va tabobat "ilohi" b)Adolat va haqiqat "ilohasi" c)Musiqa, go'zallik va sevgi "xudosi" d)Marhumlar va mumiyolan ganlar "xudosi" e)Yerosti saltanati "xudosi"
A)1c,2e,3b,4a,5d B)1e,2b,3e,4d,5a C)1e,2c,3b,4d,5a D)1d,2e,3b,4c,5a
20. Quyidagi qaysi topilma Farg'ona vodiysida topilgan?
a) Zarautsoy qoyatosh suratlari b)Bronzadan yasalgan bilakuzuk
c) Ilonlar tasviri tushurilgan toshtumor d)Bronza ko'zgular
21. Bronzadan yasalgan bilaguzuk qaysi davrga tegishli bo'lgan?
a) Mil avv. XII asr b)Mil. avv. XV asr c)Mil.avv. XVII asr d)Mil. avv. XVIII asr
22. Bronza davriga tegishli bo'lgan qadimgi ziroatchilar manzilgohlaridan birini aniqlang?
a) Sopollitepa b)Zarautsoy c)Zamonbobo d)Jarqo'ton
23. Sof temir tabiatda kamyob metal bo'lganiuchun dastlab undan qanday buyum yasashda foydalanishgan?
a) Mehnat qurollar yasashda b)Zebziynat buyumlari yasashda
c) Dehqonchilik qilishda d)Uylar qurishda
24. Sof temirdan yasalgan zeb ziynat buyumlari kimlarning yodgorligidan topilgan?
1) Misr fir'avni Tutanxamon maqbarasi 2)Tutmos II maqbarasi
3) Kavkazdagi Maykop qo'rg'oni.
a) 1,2 b)2,3 c)1,3 d)1,2,3
25. Avestoga kora jamiyat ko'rinishlari qaysi javobda to'g'ri berilgan?
1. Qabila 2.Qabilalar ittifoqi 3.Katta patrirxal oila
4.Hududiy qo'shnichilik jamoasi 5.Urug'.
a) Nmana b)Daxyu c)Zantu d)Vis e)Varzana
A)1b,2c,3a,4e,5d B)1c,2b,3e,4a,5d
C)1c,2b,3a,4d,5e D)1c,2b,3a,4e,5d
26. Qadimgi misrliklar tomonidan qurilgan uylarni qanday materillardan qurilganini aniqlang?
1. Oddiy misrliklar uylari 2.Firavn saroylari 3.Zodagonlar 4.Ibodatxona.
a)toshdan b)oftobda quritilgan xom g'ishtdan c)loy suvalgan papirus poyasidan.
A)1c,2a,3b,4a B)1a,2c,3b,4a C)1c,2b,3a,4a D)1c,2a 3a, 4b
27. Qaysi davrda temirdan yasalgan ilk mehnat qurollari O'rta Osiyodan ham topilgan?
a) Mil. avv. IXVIII asrlar b) Mil. avv. VIII VII asrlar
c) Mil. avv. VII VI asrlar d) Mil. avv.VI V asrlar
28.Qaysi davrda qabilaurug' oqsoqollarining ta'siri tobora kuchaya borgan?
a)Temir davrida b)Neolit davri oxirida c)Eneolit davrda d)Bronza davrida
29.Qaysi voqeadan keyin jamiyatda yetakchilik erkaklar qo`liga o`tadi?
a) Harbiy demokratiya tartibi o`rnatilgandan keyin
b) Xo`jalik yuritish shakllari takomillashgandan keyin
c) Hududiy qo`shnichilik jamoasi shakllangandan keyin
d) O`zlashtiruvchi xo`jalikka o`tilgandan keyin
30. O`rta Misr podsholigining alohida “nom”larga bo`linib ketishining asosiy sababini aniqlang.
a) Bo`ysundirilgan xalqlarning doimiy kurashlari b) Ko`chmanchi giksoslar bosqini
c) Fors podsholigi bosqini d) “Nom”lar hukmronlarining boyib borishi