1.1-jadval
Minerallarning nomi va kimyoviy belgisi
Mineral nomi
Kimyoviy belgisi
Cu, %
Kovellin
CuS
64,5
Xalkozin
Cu
2
S
79,9
Xalkopirit
CuFeS
2
34,6
Bornit
Cu
5
FeS
4
63,3
Kubanit
CuFeS
3
23,5
Talnaxit
CuFeS
(1,8-2)
36-34,6
Malaxit
CuCO
3
∙Cu(OH)
2
57,4
Azurit
2Cu∙CO
3
∙Cu(OH)
2
55,3
Kuprit
Cu
2
O
88,8
Tenorit
CuO
79,9
Xalkantit
CuSO
4
∙5H
2
O
25,4
Xrizokolla
CuSiO
3
∙2H
2
O
36,2
Dioptaz
CuSiO
3
∙nH
2
O
< 45
23
Bugungi kunda qazish ishlari olib borilayotgan va o‘rganilayotgan mis
konlar haqidagi ma’lumotlarga e’tibor berilsa, tarkib jihatidan ular ancha kerakli
metallar bo‘yicha kambag‘aldir. Misning tarkibi bu konlarda ko‘p hollarda 1–2 %
ni tashkil etsa, katta konlarda bu ko‘rsatkich 0,35–0,75 % dangina iborat. Lekin
shunday mis konlari mavjudki, ular tabiatda o‘ziga xos mo‘jiza kasb etgan, desak
mubolag‘a bo‘lmaydi. Tarkibida misi bor tabiiy birikmalarning bir joyga mujassam
bo‘lishi o‘z o‘rnida mis konlarini hosil qilsa-da, ular joylashuvi va kimyoviy
tarkibi jihatidan yuqorida sanab o‘tilgan barcha ruda turlariga to‘g‘ri keladi.
Qadimgi ruda konlari nafaqat Ural tizmalarida, balki Qozog‘iston, Buyuk
Turkiston hamda Kavkazorti tog‘larida ham keng miqyosda ishlatilganligi
arxeologiya qazilmalaridan bizga ma’lum. Barcha MDH respublikalarini qadimdan
eng katta mis konlariga boy tizma tog‘, deb atasak arziydi.
Agar xaritaga nazar tashlansa, yashil-ko‘k rangli tog‘ tizmalarida Turon
qazilma boyliklarini, Gay, Sibay, Qorabosh konlari va boshqa hududlar haligacha
mis olish bo‘yicha yetakchi konlardan ekanligiga ishonchimiz komil bo‘ladi.
Umuman, Ural tog‘lari mis-ruxli sulfid rudalari toifasiga mansub bo‘lib, bu
rudalarga yo‘ldosh metallar: rux, nikel, qo‘rg‘oshin, oltin, kumush, goh kam
bo‘lsa-da, vismut, indiy, kobalt, talliy, tellur kabi elementlar uchrab turadi [10].
Bu azim Ural tizmalari qo‘ynidan olingan mis metali va unga yo‘ldosh
bo‘lgan elementlar Qizil Ural, O‘rta Ural, Qorabosh hamda Mednogorsk tog‘-kon
kombinatlarini to‘la ta’minlab kelmoqda.
Qozog‘iston Respublikasini oladigan bo‘lsak, juda ko‘p ro‘znoma va
oynomalarda yangi mis konlarini ochish, geologiya-ekspeditsiya ishlarini keng
ko‘lamda olib borish bo‘yicha yaqin yillar ichida u MDH mamlakatlari orasida
oldingi o‘rinlarni egallashi mumkinligi haqida ma’lumotlar berilmoqda. Ancha
yillardan beri ishlab kelayotgan Jezqozg‘on mis kombinati to‘liq ta’minlanib turgan
bir paytda, Balxash, Boshikel va yana mingga yaqin piritga boy mis-ruxli hamda
kichik oksidli ruda konlari topilganligi yosh mustaqil Qozog‘iston uchun quvonarli
holdir. Shuningdek, Kolsk, Taymir yarim orollari, Kavkaz va Baykalortidagi
Udokon konlari bir me’yorda ishlab turmasa-da, misli rudalarga ancha boydir.
24
O‘rta Osiyoning Chotqol, Qurama tog‘ tizmalari Ohangaron tumanining
o‘ng va so‘l tomonlarida joylashgan bo‘lib, oltin, kumush, mis, rux, molibden,
uran va boshqa metallarga boy, bizning davrimizda ham Qurama tog‘ tizmasi
foydali qazilma boyliklar olishning asosiy manbai hisoblanadi. Minglab tonnadan
ortiq rangli metallarga boy toshqol qoldiqlari shundan dalolat beradiki, qadimdan
bobokalonlarimiz mis, qo‘rg‘oshin, oltin, kumush metallarini toza holda olishga,
ularga ishlov berish va har xil zeb-u ziynat buyumlari tayyorlashga mohir
bo‘lganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |