Kuydirilgan rux boyitmasini sulfat kislota eritmalarida tanlab eritish
Dunyo amaliyotida turli hil tanlab eritish sxemalari qo‘llaniladi: bir, ikki va
uch bosqichli, davriy va uzluksiz va boshqalar. Eng keng tarqalgan sxema-bu
uzluksiz qarama-qarshi oqimli ikki bosqichli tanlab eritishdir.
Kuyindi tarkibidagi ruxning erishi, N
2
SO
4
konsentrasiyasi va harorat oshishi
bilan ko‘tariladi, ammo bunda zarar moddalar ham erishi mumkin va bu hodisa
bo‘lajak elektroliz jarayonida qiyinchilik yaratadi.
Eritmada ko‘p zarar moddalarning miqdorini rN qiymatini 5,2-5,4 gacha
ko‘tarish yo‘li bilan kamaytirish mumkin. pH ko‘rsatgichini belgilangan qiymatdan
ko‘tarilishi eritmadagi ruxni gidrolizlanishiga olib keldi va rux gidroksid shaklda
cho‘kmaga tushib qolishi mumkin.
Qarama-qarshi oqim prinsipida tanlab eritishning ikkinchi bosqichi kuchli
sulfat kislota eritmalarida olib boriladi (130-150 g/l N
2
SO
4
) (nordon tanlab eritish
bosqichi). Birinchi bosqichda esa tanlab eritish jarayoni kuchsiz sulfat kislota
eritmasi bilan olib boriladi (50-60 g/l N
2
SO
4
) (neytral tanlab eritish bosqichi).
158
Birinchi bosqichda olinadigan eritmada, sulfat kislotasining miqdori juda kam
(rN=5,2-5,4), va buning natijasida neytral eritmada zarar moddalar deyarli yo‘q.
Tanlab eritishning birinchi bosqichida (neytral tanlab eritish) quyidagi
texnologik masalalar echiladi:
1) kuyindidagi rux sulfatini va rux oksidini qisman erishi;
2) eritmadagi ortiqcha sulfat kislotasini neytralizasiyalash;
3) eritmani zarra moddalardan gidrolitik tozalash;
4) eritmani qattiq moddalardan ajratib olish;
5) kuyindini issiqligidan oqilona foydalanish.
Neytral tanlab eritishning yakuniy maqsadi gidrolitik usul bilan tozalanadigan
moddalardan toza rux saqlovchi eritma olishdir.
Tanlab eritishning ikkinchi bosqichi (nordon tanlab eritish) vazifalari:
1) kuyindidagi ruxni to‘liq eritish;
2) zarar moddalarning erishini cheklash;
3) mыshyak va germaniyni oksidlantirish;
4) eritmani zarar moddalardan tozalash;
5) qattiq va suyuq fazalarni bir-biridan ajratib olish.
Nordon tanlab eritishning yakuniy maqsadi kekda eruvchan rux birikmalarini
to‘liq eritmaga o‘tkazish.
3.4.- rasmda rux kuyindilarini uzluksiz qarama-qarshi oqimli ikki bosqichli
tanlab eritish sxemasi ko‘rsatilgan.
Kuyindi
Neytral tanlab eritish
Ifloslangan eritma
Zararli moddalardan tozalash
Chiqindi va
yarim
mahsulotlar
Maxsus qayta
ishlashga
Toza eritma
Elektroliz
Katod rux
Ishlatilgan
elektrolit
Quyuqlashgan
bo
‘
tana
Nordon tanlab eritish
Rux keki
Nоrdon
eritma
159
Do'stlaringiz bilan baham: |