A. A. Shernaev, N. E. Jiyanova


Bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitida davlat va



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/178
Sana25.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#101346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   178
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

1.3. Bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitida davlat va 
moliya siyosatining iqtisodiy roli 
Zamonaviy  shart-sharoitlarda  davlatning  iqtisodiy  roli  mulkchilik 
munosabatlari, tuzum vertikalini isloh qilish, institutsional o‗zgarishlarni 
amalga  oshirish  va  jamiyatda  iqtisodiy  samaradorlik  hamda  ijtimoiy 
adolat o‗rtasida muvozanatga erishish hisoblanadi. 
Davlatning  iqtisodiy  roli  uni  tartibga  solish,  qayta  taqsimlash, 
ijtimoiy va nazorat funksiyalarida namoyon bo‗ladi. 
1. Tartibga solish funksiyasi shunga bog‗liqki:  
a)  davlatning  yetakchi  mavqeiga  ega  bo‗lgan  sohalar  mavjud 
(masalan, mudofaa, ijtimoiy yordam va boshqalar);  
b)  davlat  iqtisodiy  siyosatini  institutsional  tizim  orqali  amalga 
oshiradi; 
d)  davlat  mulkdor  sanaladi  va  iqtisodiyotning  tadbirkorlik 
sektoridagi turli tuzilmalar bilan o‗zaro munosabatga kirishadi. Tartibga 
solish  sohalariga  tadbirkorlik  faoliyati,  davlat  moliyasi,  pul  muomalasi, 
naqdsiz hisoblashishlar, tashqi iqtisodiy faoliyat, valyuta kursi, iqtisodiy 
xavfsizlik, ijtimoiy sektor kabilar kiritiladi. 
2. Qayta taqsimlash funksiyasi.  
Yaratilgan  milliy  daromad  ishlab  chiqaruvchilar  va  iste‘molchilar 
o‗rtasida qayta taqsimlanish obyekti sanaladi. Ushbu funksiyani amalga 
oshirish  uchun  davlatda  ijtimoiy-iqtisodiy  sohadagi  vakolatlar  va 


boshqaruv predmetlari taqsimoti hal qiluvchi o‗rin tutadi. Bunday qayta 
taqsimot mexanizmi sifatida soliq va byudjet tizimi xizmat qiladi. 
3.  Ijtimoiy  funksiya.  Davlat  ijtimoiy  adolat  va  ijtimoiy 
farovonlikning  muayyan  darajasini  qo‗llab-quvvatlaydi,  kun  kechirish 
uchun  zarur  bo‗lgan  narsalarning  eng  oz  miqdorini,  ish  haqi  o‗sishi va 
mehnat  mahsuldorligi  mutanosibligini  kafolatlaydi,  aholi  bandligini 
ta‘minlaydi.  Ushbu  funksiyani  amalga  oshirish  uchun  davlatning 
moliyaviy-iqtisodiy  salohiyati  hal  qiluvchi  rol  o‗ynaydi.  Mazkur 
funksiyani amalga oshirish iqtisodiyotning ijtimoiy sektori talablarining 
kengayishi  bilan  bog‗liq.  Ijtimoiy  transfertlar  tizimi,  respublika  va 
mahalliy  darajada  ijtimoiy  rivojlantirish  dasturlari,  davlat  minimal 
ijtimoiy  standartlarining  davlat  ijtimoiy  muhofaza  tizimi,  manzilli 
ijtimoiy  yordam  ushbu  funksiyani  amalga  oshirish  mexanizmi  sifatida 
xizmat qiladi. 
4.  Nazorat  funksiyasi.  Davlat  jamiyatni  ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish  bo‗yicha  mo‗ljallarni  vujudga  keltiradi,  iqtisodiy  va 
ijtimoiy o‗sish parametrlarini belgilaydi, tadbirkorlik faoliyati shartlarini 
aniqlaydi,  uzoq  muddatli,  o‗rta  muddatli  va  joriy  iqtisodiy  hamda 
ijtimoiy  dasturlarni  shakllantiradi,  ularning  bajarilishi  esa  nazorat 
obyekti  bo‗lib  xizmat  qiladi.  Mazkur  funksiyaning  amalga  oshirilishi 
davlat  nazorati,  jumladan,  moliya  organlari  va  institutsional  tizimlar 
orqali  ta‘minlanadi.  Ushbu  funksiyani  amalga  oshirish  mexanizmi  turli 
darajadagi  qonunchilik  hujjatlarida  belgilangan  ko‗rsatkichlar  va 
mezonlar  tizimi,  sanksiyalar,  rag‗batlar  va  imtiyozlar,  jamiyatni 
ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishning  ustuvor  vazifalarini  tanlash  tizimi 
hisoblanadi. 
Davlatning  iqtisodiy  roli  va  funksiyalari  moliya  siyosati  va 
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishning moliyaviy metodlarini 
belgilab beradi. 
Davlat  moliyasi  holati  –  iqtisodiy  barqarorlik  va  ijtimoiy  tizim 
mukammalligining  asosiy  ko‗rsatkichlaridan  biridir.  Byudjetdan  eng 
muhim  investitsiya  dasturlari,  ekologiya,  mudofaa  va  boshqalarni 
moliyalash ta‘minlanadi. 
Davlat  va  mahalliy  moliya  quyidagi  asosiy  prinsiplarga 


yo‗naltirilgan: 
– qonunchilik va normativ baza birligi; 
– oshkoralik va shaffoflik; 
– vakolatlar va boshqaruv predmetlari chegaralarini belgilash; 
– maqsadli yo‗nalganlik; 
– ko‗zlangan maqsadlarni amalga oshirishga ilmiy yondashuv; 
– tejamkorlik va ratsionallik; 
– 
moliyaviy 
oqimlarning 
markazlashgan 
asosda 
boshqariluvchanligi. 
Maqsadlarga  erishish  rivojlanish  strategiyasi  bilan  belgilanadi. 
Moliyaviy  strategiya  iqtisodiyotning  davlat  va  mahalliy  sektorlari 
tasarrufida  bo‗lgan  moddiy-texnik  vositalar  va  moliyaviy  resurslarni 
qiymat  bahosini  balanslashtirilgan  boshqarish  imkoniyatini  belgilab 
beradi. 
Iqtisodiyotni  isloh  qilishda  moliya  rolini  belgilash  alohida 
ahamiyat kasb etib, bu uchta hal qiluvchi omilga olib kelishi mumkin: 
1) iqtisodiy barqarorlik; 
2) bozor o‗zgarishlariga moslashish; 
3) investitsion faollikni rag‗batlantirish. 
1.  Makrodarajada  iqtisodiy  barqarorlik  iqtisodiyotda  umumiy 
moliyaviy  barqarorlik  bilan  chambarchas  bog‗liq.  Shuning  uchun 
makroiqtisodiy  ko‗rsatkichlar  monitoringi  moliyaviy  sohadagi  haqiqiy 
ahvolni aniqlash imkonini beradi. Makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar orasida 
byudjet defitsiti darajasi, byudjet ijrosi jarayoni, korxonalarning byudjet 
va  kontragentlar  oldida  qarzdorlik  darajasi,  inflyatsiya  darajasi, 
Markaziy  bankning  qayta  moliyalash  stavkasi,  valyuta  kursining 
o‗zgarishi  va  boshqalar  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega.  Moliyaviy 
barqarorlik  barqaror  moliyalashtirish  manbalari  mavjudligi,  kapital 
bozoridan  mablag‗  jalb  qilish,  ishlab  chiqarishni  kengaytirish  va 
iqtisodiyotning  ijtimoiy  sektorini  rivojlantirish  uchun  resurslarni 
to‗plash imkoniyati borligini anglatadi. 
2.  Bozor  o‗zgarishlariga  moliyaviy  moslashish  shunda  namoyon 
bo‗ladiki,  davlat  va  korxonalar  kreditor  yoki  qarz  oluvchi  sifatida 
qatnashgan  holda  kapital  bozorining  to‗laqonli  ishtirokchilari  sanaladi. 


Moliyani  tashkil  qilish  bozordagi  vaziyat  o‗zgarishiga  tez  javob 
qaytarish, 
yangi 
shart-sharoitga 
moslashish, 
muqobil 
moliya 
instrumentlaridan  foydalanish,  soliq  va  boshqa  pul  majburiyatlarini 
bajarishga imkon beradi. 
Moliyaviy  moslashtirish  uchun  iqtisodiyotni  isloh  etish  narxlarni 
liberallashtirish,  xususiylashtirish,  ijtimoiy  o‗zgarishlar,  jahon  tizimiga 
integratsiyalashtirish kabilarni o‗z ichiga oladi. 
Iqtisodiy  munosabatlarni  o‗zgartirish  inflyatsiya  va  ishsizlikning 
past  darajasi,  tashqi  iqtisodiy  muvozanat,  qulay  ekologik  muhit  va 
yetarlicha  yuqori  turmush  darajasiga  asoslangan  iqtisodiy  o‗sishning 
yangi  turiga  o‗tishni  anglatadi.  O‗zgartirish  maqsadi  –  ijtimoiy 
yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotini yaratishdir. 
3.  Davlat  va  har  bir  korxonaning  investitsion  faolligi  iqtisodiy 
o‗sishning  natijasi  va  indikatori  hisoblanadi.  Moliya  investitsiyalarni 
jalb  qilish,  kapital  bozori  faoliyati  uchun  qulay  shart-sharoitlarni 
yaratishda  hal  qiluvchi  rol  o‗ynaydi.  Investitsion  faollikka  nisbatan 
strategik  yo‗nalganlik  tamoyili  hal  qiluvchi  sanaladi  va  moliyaning 
vazifasi uni amalga oshirishdan iborat. 
Davlat moliya siyosati – makroiqtisodiy siyosat elementidir. Hozirgi 
vaqtda  davlat  moliya  siyosati  moliyaviy-iqtisodiy  inqiroz  oqibatlarini 
bartaraf 
etish, 
mamlakatdagi 
ijtimoiy-iqtisodiy 
vaziyatni 
barqarorlashtirishga qaratilgan. 
Moliya siyosati quyidagi yo‗nalishlarni o‗z ichiga oladi:  
1) soliq siyosati;  
2) byudjet siyosati;  
3) pul-kredit siyosati;  
4) institutsional o‗zgarishlar;  
5) investitsiya siyosati;  
6) ijtimoiy siyosat. 
Moliya siyosatini amalga oshirish uchun quyidagilar zarur: 
–  ijtimoiy keskinlikni pasaytirish; 
– davlat moliyasini takomillashtirish; 
– bank sektorining normal faoliyatini tiklash; 
–  tovar va pul oqimlarining balanslashganligi; 


–  moliyaviy suiiste‘molliklar va korrupsiyani bartaraf etish. 
Moliya siyosatining muhim tarkibiy qismi soliq siyosati hisoblanadi. 
U  davlat  va  bozor  ishtirokchilari  uchun  maqbul  bo‗lgan  soliqqa  tortish 
shartlarini  yaratishga  yo‗naltirilgan  bo‗lishi  kerak,  bu  iqtisodiyotning 
real  sektoridagi  moliyaviy  ahvol  yaxshilanishini  ta‘minlaydi.  Uning 
asosiy vazifalari: 
– soliq bazasini optimallashtirish, to‗lovsizlik darajasini pasaytirish 
maqsadida soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlarini keng isloh etish; 
– amaldagi soliq va bojxona imtiyozlarini qayta ko‗rib chiqish; 
–  yagona soliq to‗lovchi reestrini joriy qilish; 
– soliq ma‘muriyatchiligini kuchaytirish; 
–  byudjetga  va  byudjetdan  tashqari  davlat  fondlariga  to‗lovlar 
bo‗yicha penya va jarimalarni qayta tarkiblash. 
Byudjet  inqirozini  bartaraf  etish  byudjet  siyosatining  eng  muhim 
vazifasidir. Ushbu sohadagi eng dolzarb vazifalar quyidagilardir: 
–    xizmat  ko‗rsatish  va  tashqi  qarzlarni  to‗lash  uchun  eksport 
bojlarini kiritish; 
– davlat xarajatlarini tejash dasturlarini amalga oshirish; 
–    barcha  daromadlar  va  byudjet  mablag‗larini  g‗aznachilik 
organlari hisob raqamlariga markazlashtirish; 
–  optimallashtirish maqsadida maqsadli dasturlarni taftish qilish; 
–  spirtli  ichimliklarni  ishlab  chiqarish  va  aylanmasida  davlat 
monopoliyasini ta‘minlash; 
–  byudjet  tashkilotlari  va  boshqa  byudjet  mablag‗lari  oluvchilarga 
qarzdorlikni 
qoplash 
xarajatlarini 
maqsadli 
moliyalashtirish 
mexanizmidan foydalangan holda hisob-kitoblarni amalga oshirish; 
– davlat qarzlarini qayta tarkiblash; 
–  tashqi  va  ichki  qarzlarni,  ulardan  foydalanish  natijalarini 
inventarizatsiya qilish. 
Pul-kredit  siyosatining  eng  muhim  vazifasi  bank  inqirozini  bartaraf 
etish,  bank  tizimiga  bo‗lgan  ishonchni  tiklash  va  aholining  tashkiliy 
jamg‗armalarini  rag‗batlantirishdan  iborat.  Pul-kredit  siyosatining 
vazifalari: 
– bank tizimini qayta tashkil etish; 


–  banklar tomonidan  majburiy standartlarga rioya etilishini nazorat 
qilish tartibini takomillashtirish; 
–  milliy  valyutaning  xorijiy  valyutalarga  nisbatan  kursining 
o‗zgarishini yumshatish; 
–  davlatning valyuta zaxiralarini to‗ldirish va kapitalning chet elga 
chiqib ketishini kamaytirish; 
–    davlat  fondini  to‗ldirish  uchun  oltin  zaxirasi  sotib  olishni 
kuchaytirish; 
– bojxona nazoratini kuchaytirish. 
Davlat  moliyaviy  siyosatini  amalga  oshirishda  davlatning  asosiy 
vazifalaridan kelib chiqqan institutsional islohotlar muhim rol o‗ynaydi. 
Bunga quyidagilar kiradi: 
–  tashkilotlarning  kechiktirilgan  soliq  qarzlarini  kapitalizatsiya 
qilish va ularni keyinchalik sotish natijasida davlat tomonidan aksiyalar 
sotib olish; 
–    davlatga  tegishli  aksiyalar  paketini  ishonchli  boshqarishga 
o‗tkazish; 
– ko‗chmas mulkni inventarizatsiya qilish va yagona mulk registrini 
yaratish; 
– tugallanmagan qurilish obyektlarining jalb etilishi; 
– korxonalarni yagona mulkiy kompleks sifatida xususiylashtirish; 
– yoqilg‗i-energetika kompleksi, temir yo‗l transporti, aloqa va uy-
joy-kommunal  xizmatlarida  raqobatni  rivojlantirish  va  samaradorligini 
oshirishga qaratilgan tarkibiy islohotlar; 
–  tabiiy  monopoliya  mahsuloti  va  xizmatlari  uchun  narx-navo 
registratsiyasi  va  tizimini  takomillashtirish;  respublika  va  viloyat  ijro 
hokimiyat  organlari  o‗rtasida  tabiiy  monopoliyalarni  tartibga  solish 
bo‗yicha vakolatlarni belgilash; 
–  xususiylashtirish  loyihalarini,  investitsiya  dasturlarini,  moliyaviy 
oqimlarni,  bankrotlikni,  qarzlarni  respublika  byudjetiga  to‗lashni 
boshqarish  va  nazorat  qilish  bo‗yicha  davlatning  pozitsiyasini 
mustahkamlash. 
Davlat  moliya  siyosati  ijtimoiy  yo‗naltirilgan  bo‗ladi.  Ushbu 
sohadagi vazifalarga quyidagilar kiradi: 


–  byudjet  sohasi  xodimlariga  joriy  ish  haqini,  harbiy 
xizmatchilarning  pul  ta‘minoti  va  boshqa  davlat  ijtimoiy  transfertlarini 
to‗liq  hajmda  to‗lash,  shuningdek,  byudjetdan  bu  guruhlar  bo‗yicha 
qarzdorlikni qoplash grafigini bajarish; 
–  aholining  kam  ta‘minlangan  qatlamlari  daromadlarini 
kompensatsiya 
qilish, 
jumladan, 
pensiyalarni 
differensial 
indeksatsiyalash  va  byudjet  sohasi  xodimlari  stavkalari  va  ish  haqini 
bosqichma-bosqich indeksatsiyalash mexanizmlarini ishlab chiqish; 
– ishsizlik o‗sishini cheklash va bandlikni kengaytirish uchun shart-
sharoit yaratish; 
–  barqaror  moliyalashtirish  bilan  ko‗p  bosqichli  pensiya  tizimini 
shakllantirishni  ta‘minlovchi  pensiya  islohotlarini  amalga  oshirish; 
pensiyani jamg‗arish orqali moliyalashtirish elementlarini joriy etish; 
–  davlat  ko‗magining  asosiy  qismini  aholining  kam  ta‘minlangan 
qatlamlariga yo‗naltirgan holda ijtimoiy imtiyozlar va to‗lovlar tizimini 
tartibga solish; 
– majburiy migratsiyani tartibga solish. 
Moliya  siyosatini  amalga  oshirishda  investitsion  faoliyat  muhim 
o‗rin egallab, u quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 
–  davlat  investitsiya  siyosatini  moliyaviy  ta‘minlash  manbasi 
sifatida rivojlantirish byudjeti rolini oshirish; 
– aholi jamg‗armalarini tartibli jamg‗arish va investitsiyalash uchun 
shart-sharoitlar yaratish; 
– ipoteka kreditini rivojlantirish; 
– to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish. 
Moliya  siyosati  iqtisodiyotning  barcha  tarmoqlarini  rivojlantirish 
istiqbollarini belgilab beradi. 
 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish