A. A. Shernaev, N. E. Jiyanova


Davlat  korxonalari  moliyasi



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/178
Sana25.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#101346
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   178
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

Davlat  korxonalari  moliyasi  –  davlat  korxonalarining  pul 
daromadlari  va  jamg‗armalarini  shakllantirish  va  taqsimlash, 
shuningdek,  tashqi  majburiyatlarni  bajarish  uchun  ulardan  foydalanish, 
kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarish,  ijtimoiy  xizmatlar  va  korxona 
xodimlarini  moddiy  rag‗batlantirish  xarajatlarini  moliyalashtirish  bilan 
bog‗liq pul munosabatlaridir. 
Davlat  korxonalari  orasida  metallurgiya,  ko‗mir  sanoati,  elektr 
energetikasi  va  boshqa  ko‗plab  korxonalar  alohida  ahamiyatga  ega. 
Ko‗plab  mamlakatlarda  ishlab  chiqariladigan  elektr  energiyasining  100 
foizigachasi  davlat  korxonalari  tomonidan  ishlab  chiqariladi.  Hatto 
AQShda,  davlat  sektori  nisbatan  kichik  bo‗lgani  holda  elektr 
energiyasining 20 foizi davlat korxonalari tomonidan ishlab chiqariladi. 
Davlat  sektorining  salmoqli  qismini  ilmiy-texnik  taraqqiyotni 
belgilab  beruvchi  strategik  tarmoqlar  korxonalari  tashkil  qiladi. 
Dunyoning  barcha  mamlakatlarida  pochta,  telegraf,  telefon,  temir 
yo‗llarning salmoqli qismi davlat qo‗lida sanaladi. 
Mahsulot  ishlab  chiqarish  va  sotish  uchun  davlat  korxonalari  o‗z 


mablag‗larini, byudjetlarini shakllantiradi. 
Davlat  korxonalari  uchun  moliyalashtirishning  asosiy  manbai 
ularning markaziy hukumat bilan o‗zaro munosabati asosida belgilanadi. 
Bir tomondan, ular mamlakatning barcha firma va kompaniyalari singari 
davlat  va  mahalliy  byudjetlarga  soliq  to‗lash  majburiyatini  oladi, 
ikkinchidan,  ular  o‗z  faoliyatini  moliyalashtirish  uchun  markaziy 
byudjetdan  subsidiyalar  oladi.  Ko‗pgina  mamlakatlarda  davlat 
korxonalari  moliyalashtirilishini  ta‘minlash  uchun  markaziy  hukumat 
soliqlarni  kamaytiradi  (yoki  ular  soliqlardan  to‗liq  ozod  qilinadi). 
AQShda  davlat  korxonalari  soliqdan  to‗la  ozod  qilingan.  Ba‘zi 
mamlakatlarda  davlat  korxonalari  faqat  mahalliy  byudjetga  soliq 
to‗laydi. 
Davlat  korxonalarining  asosiy  xususiyati,  odatda,  ularning  past 
rentabelligi  bo‗lsa-da,  ba‘zi  firmalarda  ishlab  chiqarish  samaradorligi 
xususiy kompaniyalardan ortda qolmaydi. 
Rentabellikning  turli  darajalari  davlat  korxonalari  moliyasini 
shakllantirishga  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  ta‘sir  qiladi.  Foyda  bilan  ishlashga 
qodir  bo‗lgan  davlat  korxonalari,  ya‘ni,  nafaqat  ishlab  chiqarish 
xarajatlarini qoplash, balki foyda olishga ham qodir bo‗lish uchun davlat 
korxonalari  mustaqil  byudjetga  ega  bo‗ladi.  Markaziy  davlat  yoki 
mahalliy  byudjetlarda  faqat  ular  faoliyatining  moliyaviy  natijalari  qayd 
qilinadi. 
Faoliyatini 
samaradorlik 
nuqtayi 
nazaridan 
belgilab 
bo‗lmaydigan korxonalar (ijtimoiy ahamiyatga molik mahsulotlar ishlab 
chiqarganlari uchun) davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi, ya‘ni, 
byudjetdan  moliyalashtirish  tarkibida  bo‗ladi.  Ularning  daromadlari  va 
xarajatlari  davlat  byudjetiga  kiritilgan.  Odatda,    bunday  korxonalarning 
birinchi guruhiga davlat temir yo‗llari, pochta aloqasi, telegraf va telefon 
kiritiladi.  Ikkinchi  guruh  esa  davlat  nashriyotlari,  atom  sanoati 
korxonalari, verflar va harbiy korxonalardan iborat. 
Davlat  ishtirokidagi  korxonalar  orasida  aralash  kompaniyalar 
alohida o‗rin tutadi. Ular xususiy kapital ishtirokida yangi kompaniyalar 
tuzish  yo‗li  bilan  yoki  xususiy  kapitalga  mansub  kompaniyalar 
aksiyalarini  sotib  olish  yo‗li  bilan  tashkil  etiladi.  Bunday  korxonalar 
ochiq aksionerlik jamiyatlari shaklida yuzaga keladi. 


Davlat kapitali ishtirokidagi aralash kompaniyalar ikkiga bo‗linadi. 
Birinchisi,  rentabelligi  xususiydan  kam  bo‗lmagan  korxonalardir. 
Xususiy  korxonalar  kabi  ular  ham  foydadan  soliq  to‗laydi,  qimmatli 
qog‗ozlar bo‗yicha dividend va foizlar to‗laydi, o‗z mablag‗lari hisobiga 
investitsiyalarni  amalga  oshiradi.  Shuning  uchun  ularning  moliyaviy 
manbalarining  asosiy  qismi  daromad  hisoblanadi.  Shu  bilan  ular  o‗z-
o‗zini  moliyalash  juda  kam  rivojlangan  davlat  korxonalaridan  tubdan 
farq qiladi. Zarurat tug‗ilganda, aralash kompaniyalar uchun aksiyalar va 
obligatsiyalar  chiqarish  hamda  ularni  sotishdan  tushgan  tushumlar 
qo‗shimcha moliyaviy manbaga aylanadi. Bundan tashqari, shu guruhga 
mansub  aralash  kompaniyalar  ko‗pincha  banklarga  kredit  olish  uchun 
murojaat  qilishadi.  Ularning  moliyasini  shakllantirishda  davlatning  roli 
quyidagicha:  kapital  qo‗yilmalarni  moliyalashtirish  uchun  daromad 
yetarli  bo‗lmaganda  davlat  ularga  davlat  byudjeti  mablag‗laridan 
yordam  beradi  yoki  aralash  kompaniyalar  aksiyalarining  xususiy 
egalariga  byudjet  mablag‗lari  hisobidan  dividendlar  to‗lanishini 
kafolatlaydi. 
Ikkinchi  guruh  esa  byudjetdan  moliyalashtiriladigan  aralash 
kompaniyalardan  iborat.  Ularning  faoliyati  to‗liq  davlat  tomonidan 
belgilanadi  (mahsulot  ishlab  chiqarish  va  sotish,  narxlarni  belgilash, 
foydani  taqsimlash).  Kapital  qo‗yilmalar  manbai  faqat  davlat  (yoki 
mahalliy) byudjetdan moliyaviy mablag‗lar hisoblanadi. 
Chet davlatlarining moliya tizimida davlat korxonalari muhim o‗rin 
tutadi.  Rivojlanishning  hozirgi  bosqichida,  80-yillarda  o‗tkazilgan 
xususiylashtirishga  qaramay,  ushbu  mamlakatlarda  davlat  mulkchiligi 
iqtisodiyotda  kuchli  pozitsiyasini  saqlab  qolmoqda.  Davlat  korxonalari 
ko‗plab    buyurtmalar  olib,  bu  bilan  xususiy  tadbirkorlikni  bir  qator 
mahsulotlar  sotish  bo‗yicha  keng  va  kafolatlangan  bozor  bilan 
ta‘minlaydi.  Moliya  tizimining  boshqa  bo‗g‗inlari  foydasiga  milliy 
daromadni  qayta  taqsimlash  yo‗li  bilan  kapital  jamg‗arish  jarayonini 
(davlat  mahsulotlariga  past  narxlar  va  tariflar,  davlat  korxonalari 
tomonidan  iste‘mol  qilinadigan  xususiy  korxonalarning  mahsulotlari 
uchun  yuqori  narxlar  orqali)  va  o‗z  mablag‗larini  iqtisodiyotning  kam 
rentabelli tarmoqlariga investitsiya qilish rag‗batlantiradi. 


Ko‗pincha  bir-biriga  bog‗liq  bo‗lgan  davlat  korxonalarini 
shakllantirishning bir nechta sabablarini ajratib ko‗rsatish mumkin. 
1.  Iqtisodiy  sabablar  davlatning  iqtisodiy  jarayonlarga  aralashuvi 
zarurligidan  kelib  chiqqan.  Davlat  korxonalarining  faoliyati  moddiy 
ishlab chiqarishning alohida tarmoqlaridagi munosabatlarga ta‘sir qiladi, 
uning  tuzilmasi  o‗zgarishiga  hissa  qo‗shadi,  ilg‗or  tarmoqlar  o‗sishini 
tezlashtiradi. 
Yangi texnika va ilmiy yutuqlarni keng joriy etish, ishlab chiqarish 
jarayonlarini  avtomatlashtirish  yirik  moliyaviy  resurslar  va  yuqori 
darajada  rivojlangan  energetika  bazasini  talab  qiladi.  Shu  munosabat 
bilan  davlat  doirasida  gaz,  elektr  energiyasi,  neft  va  ko‗mir  kabi 
sohalarni rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. Bundan tashqari, davlat 
ilmiy-tadqiqot  markazlari  va  tajriba  korxonalari  tashkil  etiladi; 
bankrotlik chegarasida bo‗lgan monopol korxonalar qayta tashkil etiladi; 
yirik  kapital  talab  etiladigan  tarmoqlarda  yangi  korxonalar  quriladi. 
Davlat  korxonalari  antisiklik  va  antiinflyatsion  tartibga  solish 
instrumenti sifatida keng qo‗llaniladi. 
2.  Yuqorida  sanab  o‗tilgan  sohalarni  rivojlantirish,  ilmiy-tadqiqot 
ishlarini olib borish yirik boshlang‗ich kapital qo‗yilmalarni talab qiladi. 
Xususiy  korxonalar  yangi  ishlab  chiqarishni  o‗zlashtirish  bilan  bog‗liq 
risklarni  qabul  qilishga  uncha  xayrixoh  bo‗lmaydi.  Shuning  uchun  bu 
xarajatlar  davlat  tomonidan  moliyalashtiriladi.  Moliyaviy  sabablar  ham 
shundan iborat. 
3.Siyosiy  sabablar  baynalmilallashuv  rivojlanishi  bilan  bog‗liq 
bo‗lib,  bu  ishlab  chiqarish  va  kapitalni  integratsiyalash  jarayonlarida 
davlat  korxonalari  ham  keng  ishtirok  etishiga  olib  keldi.  Zamonaviy 
sharoitda davlat va aralash korxonalar chet el kapitali ishtirokida xorijiy 
filiallar  tashkil  etmoqda,  ilmiy-texnikaviy  hamkorlik  bo‗yicha 
litsenziyaviy  va  boshqa  shartnomalar  tuzilmoqda  va  shu  tariqa  xalqaro 
iqtisodiy  munosabatlarning  bevosita  ishtirokchilariga  aylanishmoqda. 
Ko‗plab  davlat  korxonalari  ishlab  chiqarilgan  mahsulotining  salmoqli 
qismini  chet  elga  sotmoqda  (Bu  ayniqsa  Fransiya  uchun  xos  bo‗lib,  u 
yerda davlat kompaniyalari ishlab chiqargan barcha mahsulotlarning 50-
60% i chet elga sotiladi). 


Rivojlangan mamlakatlarda davlat korxonalarining faoliyat sohasi 2-
jadvalda aks ettirilgan. 
Chet mamlakatlarda davlat korxonalari huquqiy maqomi, boshqaruv 
tizimi,  iqtisodiyot  va  moliyasini  tashkil  qilish,  byudjet  bilan  o‗zaro 
munosabatlar xarakteriga ko‗ra  farqlanadi. Ularni uchta asosiy guruhga 
ajratish mumkin: davlat korporatsiyalari, aralash korxonalar, byudjetdan 
moliyalashtiriladigan korxonalar. 
Yirik  sanoat  majmualari  bo‗lgan  va  tarmoqning  barcha 
korxonalarini  yoki  ularning  katta  qismini  o‗zida  qamrab  olgan  davlat 
korporatsiyalari  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Har  bir  korporatsiya 
maxsus  parlament  akti  bilan  tasdiqlanadi;  u  ishlab  chiqarish  va 
moliyaviy  mustaqillikka,  boshqa  korxonalar  bilan  shartnomaviy 
munosabatlarga kirishish huquqiga ega bo‗ladi. 
Davlat  korporatsiyalarining  o‗ziga  xos  xususiyati  ularning 
―avtonomligi‖dir,  ya‘ni,  ularning  kundalik  ishlab  chiqarish  faoliyati 
parlament  nazoratidan  tashqarida,  moliyasi  esa  davlat  byudjetidan 
ajratilgan. 
Aralash  korxonalar  –  bu  kapitalining  bir  qismi  davlatga  tegishli 
korxonalardir.  Ular  davlat  tomonidan  xususiy  kapital  ishtirokida 
korxonalar  qurish  yoki  davlat  tomonidan  korxonalarning  aksiyalarini 
sotib  olish  natijasida  tashkil  etiladi.  Bunday  korxonalarni  boshqarish 
aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruviga o‗xshaydi. 
Byudjetdan  moliyalashtiriladigan  korxonalar  tegishli  vazirlik  yoki 
mahalliy  hukumat  organlari  boshqarmasi  tarkibiga  kiradi.  Ularning 
barcha xo‗jalik faoliyati davlat tomonidan tartibga solinadi. Foyda to‗liq 
yoki  qisman  tegishli  byudjetga  kelib  tushadi,  kapital  qo‗yilmalar  esa 
asosan  byudjet  ajratmalari  hisobidan  moliyalashtiriladi.  Ushbu 
korxonalar  har  yili  davlat  yoki  mahalliy  byudjetlar  bilan  bir  vaqtning 
o‗zida  tasdiqlanadigan  smeta  tuzadi.  Davlat  va  mahalliy  byudjetlarga 
nisbatan amal qiladigan tartib ularga ham to‗liq tatbiq qilinadi. 
Davlat korxonalari moliyasi korxonalarning pul mablag‗lari fondi va 
jamg‗armalarni shakllantirish va ulardan foydalanish, shuningdek, ushbu 
fondlar  va  jamg‗armalarni  shakllantirish,  taqsimlash  va  ulardan 
foydalanish  ustidan  nazorat  qilish  bilan  bog‗liq  iqtisodiy  pul 


munosabatlari majmuini o‗zida ifodalaydi. 
Byudjet 
tizimi 
bilan 
davlat 
korporatsiyalarining 
o‗zaro 
munosabatlari  ular  tomonidan  davlat  va  mahalliy  byudjetlarga  soliqlar 
to‗lash, kreditlar bo‗yicha foiz to‗lash hamda asosan kapital qo‗yilmalar, 
dotatsiyalar va yuqori foizli kreditlarni moliyalashtirish uchun markaziy 
byudjetdan subsidiyalar olish orqali amalga oshiriladi. 
Aralash  korxonalarning  davlat  byudjeti  bilan  soliq  yo‗nalishidagi 
o‗zaro munosabatlari xuddi oddiy aksiyadorlik jamiyatidagi kabi yo‗lga 
qo‗yiladi. 
 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish