A. A. Shernaev, N. E. Jiyanova


 Xorijiy mamlakatlar moliya tizimida byudjetdan tashqari



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/178
Sana25.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#101346
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   178
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

 
6.2. Xorijiy mamlakatlar moliya tizimida byudjetdan tashqari 
jamg„armalarning ahamiyati  
 
Byudjetdan tashqari jamg‗armalar byudjet paydo bo‗lishidan ancha 
avval  yuzaga  kelgan.  Ularning  paydo  bo‗lishi  davlat  faoliyatining 


233 
 
kengayishi  bilan  bog‗liq  bo‗lib,  bu  yangi  xarajatlarni,  mos  ravishda, 
ularni  amalga  oshirish  uchun  qo‗shimcha  mablag‗larni  talab  qilgan. 
Davlat  jamg‗armalarining  soni  doimo  o‗zgarib  turgan.  Ular,  odatda, 
vaqtinchalik  xarakterga  ega  bo‗lib,  maxsus  jamg‗armalar  yoki  maxsus 
hisob shaklida bo‗lgan, shuningdek, ularni boshqarish uchun qo‗shimcha 
xarajatlar zarur edi. 
Ilk  byudjetdan  tashqari  jamg‗armalarga  Xitoy,  Hindiston,  Misr, 
Qadimiy  Yunoniston  va  Qadimiy  Rim  kabi  qadimgi  dunyo 
mamlakatlarida  vujudga  kelgan  xayriya  jamg‗armalarini  kiritish 
mumkin. Islom dunyosida ―vaqf‖ jamg‗armalari shakllanib, arab tilidan 
tarjima  qilinganda  u  ―fuqarolik  muomalasidan  chiqarilib,  davlat 
tomonidan  diniy  yoki  xayriya  maqsadlari  uchun  berilgan  mulk‖  degan 
ma‘noni  anglatadi.  Keyinchalik  ushbu  jamg‗armalar  turli  funksiyalarga 
ega bo‗ldi: ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy va boshqalar. 
Markazlashgan  davlatning  mustahkamlanishi  ko‗plab  maxsus 
jamg‗armalarni  birxillashtirishga  olib  keldi,  oxir-oqibat,  ular  davlat 
byudjetiga (XVII asr oxiri) birlashtirildi. 
Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida byudjetdan tashqari jamg‗armalarni 
shakllantirish  davlatlar  tomonidan  o‗z  funksiyalari  va  vazifalarini  to‗la 
hajmda amalga oshirish uchun qo‗llanishda davom etadi. Masalan, XIX 
asr oxirida Germaniya kansleri Otto fon Bismark dunyoda birinchi marta 
ijtimoiy  sug‗urta  tizimini  joriy  qildi,  u  keyinchalik  pensiya 
jamg‗armalarini  tashkil  etishga  asos  bo‗lgan  avlodlar  oldida  birdam 
mas‘ullik  tamoyiliga  asoslangan  bo‗lib,  jahonning  turli  mamlakatlariga 
keng tarqaldi. 
1929-1933-yillardagi  jahon  iqtisodiy  inqirozi  davrida  davlatlar 
o‗rtasida  byudjetdan  tashqari  pul  mablag‗larining  qo‗shimcha 
jamg‗armalarini  shakllantirishga  ehtiyoj  yuzaga  keldi,  bu  davlatning 
iqtisodiy  rivojlanish  jarayonida  ta‘sirini  kengaytirish  zaruratidan  kelib 
chiqadi.  Ushbu  davrda  iqtisodiy  yordam  va  ijtimoiy  qo‗llab-quvvatlash 
bo‗yicha  davlat  byudjetidan  tashqari  jamg‗armalari  (ayrim  ijtimoiy 


234 
 
guruhlar manfaatlarini himoya qilish uchun) paydo bo‗ladi
80

Hozirgi 
shart-sharoitlarda 
davlat 
byudjetdan 
tashqari 
jamg‗armalarining  dolzarbligi,  ayniqsa  o‗tish  iqtisodiyotiga  ega 
mamlakatlarda,  shuningdek,  iqtisodiy  inqirozlar  davrida  saqlanib 
qolmoqda, chunki: 
•  ushbu  jamg‗armalar  byudjet  bilan  bir  qatorda  davlatga 
iqtisodiyotga  aralashish  imkonini  beradi  va  tadbirkorlikka  moliyaviy 
yordam ko‗rsatadi; 
• 
byudjetdan 
tashqari 
jamg‗armalarning 
maqsadga 
yo‗naltirilganligi  va  mo‗ljallanganligi  davlat  tomonidan  ularning 
mablag‗laridan 
foydalanish 
samaradorligini 
nazorat 
qilishni 
yengillashtiradi; 
•  muayyan  sharoitlarda  (aktiv  saldoning  mavjudligida)  byudjet 
defitsitini  qoplash  uchun  jamg‗armalar  mablag‗laridan  foydalanish 
mumkin. 
Byudjetdan  tashqari  jamg‗armalar  qat‘iy  maqsadga  yo‗naltirilgan 
bo‗lib, avtonom boshqaruvga ega bo‗ladi. Ular byudjetdan mazkur davr 
uchun  muhim  ahamiyatga  ega  muayyan  xarajatlar  uchun  mablag‗lar 
ajratish  asosida,  yoki  jamg‗armalarga  daromadlarning  o‗z  manbalarini 
biriktirish asosida tashkil etilishi mumkin. 
Byudjetdan  tashqari  jamg‗armalar  hajmiga  ko‗ra  mamlakatning 
davlat byudjetiga yaqinlashadi, masalan, Fransiya va Yaponiyada davlat 
xarajatlarining yarmidan ko‗pi, Buyuk Britaniyada esa uchdan bir qismi 
byudjetdan  tashqari  jamg‗armalardan  moliyalashtiriladi.  Maxsus 
jamg‗armalar  hisobidan  davlat  korxonalarga  subsidiyalar  va  kreditlar, 
tashqi qarzlar ajratadi, aholi uchun ijtimoiy xizmatlar ko‗rsatadi. 
Byudjetdan tashqari jamg‗armalar, odatda, muayyan maqsad uchun 
yo‗naltiriladi. Masalan, ijtimoiy sug‗urta jamg‗armasi pensiya va nafaqa 
to‗lovlarini  to‗lash  uchun  mo‗ljallangan.  Kredit  jamg‗armalari 
korxonalar yoki boshqa davlatlarga kredit berish maqsadiga ega bo‗ladi. 
Biroq  ayrim  jamg‗armalarda  xarajatlar  turi  har  doim  ham  aniq 
                                                           
80
 Сирожиддинова З.Х. Ўзбекистон Республикасининг Бюджет тизими. Дарслик. - Т. ―infoCom‖, 2010. 
-б.343. 


235 
 
belgilanmagan. Misol uchun, Buyuk Britaniyada vazirlik va idoralarning 
mablag‗lari  qoldiqlaridan  barcha  jamg‗armalarda  muvozanatni  saqlab 
turish uchun tashkil etilgan bosh g‗aznachi (moliya vaziri) jamg‗armasi 
mavjud. 
Yaponiyada  soliq  tushumlarini  qayta  taqsimlash  uchun  maxsus 
hisob mavjud. Davlat byudjeti daromadlarining bir qismi ushbu hisobda 
jamlanadi  va  mahalliy  byudjetlarning  ehtiyojlariga  qarab  yo‗naltiriladi. 
Ushbu  qayta  taqsimot  aholi  soni  o‗rtasida  farq  va  prefekturalarning 
rivojlanish darajasi bilan bog‗liq. 
Maxsus jamg‗armalar huquqiy maqomi, foydalanish maqsadlariga 
ko‗ra bir-biridan farqlanadi. 
Huquqiy maqomiga ko‗ra maxsus jamg‗armalar davlat va mahalliy 
jamg‗armalarga  ajratiladi.  Davlat  jamg‗armalari  markaziy  hukumat 
ixtiyorida  bo‗ladi.  Ularning  eng  muhimlari  sirasiga  investitsiyaviy, 
valyuta va boshqa jamg‗armalarni kiritish mumkin. 
Mahalliy  hokimiyat  organlarining  tasarrufida  ko‗plab  mahalliy 
jamg‗armalar  mavjud  bo‗lib,  ularning  orasida  eng  yirigi  zayom 
jamg‗armalari hisoblanadi. Buyuk Britaniyada XIX asrning oxiridan beri 
bunday  jamg‗arma  kapital  qo‗yilmalarni  moliyalashtirish  uchun 
foydalaniladi.  Foydalanish  maqsadlariga  bog‗liq  ravishda  maxsus 
jamg‗armalar  iqtisodiy,  ilmiy-tadqiqiy,  kredit,  ijtimoiy,  harbiy-siyosiy, 
davlatlararo kabi turlarga bo‗linadi. 
Iqtisodiy  jamg‗armalar  xo‗jalik  hayotini  tartibga  solishga 
qaratilgan. Unga, masalan, investitsiyaviy, konyunkturaviy jamg‗armalar 
kiradi. 
Ushbu  jamg‗armalarning  mablag‗lari,  ayniqsa,  davriy  inqirozlar 
paytida  xususiy  kompaniyalar  va  past  daromadli  davlat  korxonalarini 
moliyalashtirishga  yo‗naltiriladi.  Yordam  beg‗araz  subsidiyalar  va 
imtiyozli kreditlar shaklida taqdim etiladi. 
AQShda  federal  byudjet  mablag‗lari  hisobidan  shakllantiriladigan 
iqtisodiyotni  qayta  qurish  va  rivojlantirish  jamg‗armasi  faoliyat 
ko‗rsatadi.  Uning  asosiy  vazifasi  –  xususiy  sanoat  kompaniyalari  bilan 
bank operatsiyalarini sug‗urtalashdir. 


236 
 
1984-yildan  beri  ushbu  jamg‗arma  orqali  yangi  iqtisodiy 
rivojlanish  dasturlari,  eng  avvalo,  qora  metallurgiyadagi  dasturlarni 
boshqarish  amalga  oshirildi.  Ushbu  jamg‗arma,  ayniqsa,  ishlab 
chiqarishda inqiroz kuzatilgan yillarda xususiy biznesni rag‗batlantiradi. 
Bundan  tashqari,  tadbirkorlikka  madad  shtatlar  darajasida  amalga 
oshirilishi  mumkin. Masalan, har bir shtat iqtisodiy taraqqiyot agentligi 
jamg‗armasiga  ega  bo‗lib,  uning  maqsadi  kompaniyalarga  to‗g‗ridan-
to‗g‗ri moliyaviy yordam ko‗rsatishdan iborat. 
Ikkinchi 
jahon 
urushi 
nihoyasiga 
yetgach, 
Fransiyada 
modernizatsiya  jamg‗armasi  tashkil  etilgan.  1955-yilda  u  boshqa 
jamg‗armalar  bilan  birlashtirilgandan  so‗ng,  Iqtisodiy  va  ijtimoiy 
taraqqiyot jamg‗armasiga (IITJ) aylantirildi. Unga asosan ssuda kapitali 
bozoriga joylashtiriladigan zayomlar, shuningdek, byudjetdan ajratmalar 
kelib tushadi. Jamg‗arma investitsiya dasturlar va mintaqaviy rivojlanish 
rejalarini,  mamlakatda  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarni  joylashtirishni, 
ishchi  kuchlarini  qayta  tayyorlashni,  sanoat  korxonalarini  industrial 
markazlardan  qoloq  hududlarga  ko‗chirishni  moliyalashtiradi.  Bunda 
mablag‗lar  umumdavlat  taraqqiyot  dasturiga  muvofiq  investitsiyalashni 
amalga  oshirayotgan  davlat  va  xususiy  korxonalarga  qaytarilmas 
ssudalar va uzoq muddatli imtiyozli zayomlar shaklida taqdim etiladi. 
Yaponiyada  investitsiyaviy  byudjet  (davlat  investitsiyalari  va 
zayomlari  dasturi)  deb  ataladigan  yirik  jamg‗arma  mavjud  bo‗lib,  u 
omonat,  sug‗urta,  pensiya  va  boshqa  maqsadli  jamg‗armalar 
mablag‗laridan  shakllantiriladi  hamda  davlat  sektorini,  shuningdek, 
maxsus  hisobni  (markaziy  hukumat  yoki  mahalliy  hokimiyatlarning 
avtonom  byudjetlari)  beg‗araz  subsidiyalar  va  imtiyozli  kreditlar 
shaklida moliyalashtirish uchun ishlatiladi. 
Ko‗plab  mamlakatlarda  fundamental  tadqiqotlar  olib  boruvchi 
ilmiy  markazlarni  qurish  va  ta‘minlash  uchun,  sanoatda  ilmiy 
tadqiqotlarni  qo‗llab-quvvatlash  uchun  ilmiy-tadqiqot  jamg‗armalari 
tashkil etilgan. Masalan, AQShda ikkita yirik jamg‗arma mavjud: Milliy 
fan  jamg‗armasi  (MFJ)  va  Standartlar  Byurosining  ilmiy  jamg‗armasi 
(SBIJ). 


237 
 
MFJ 
mablag‗lari 
federal 
byudjet 
tushumlari, 
sanoat 
korxonalarining  foydasidan  ajratmalar,  universitetlar  va  kollejlar 
badallari  hisobidan  shakllantiriladi.  Ular  fundamental  tadqiqotlar 
sohasidagi dasturlarni moliyalashtirish, ilmiy tadqiqotlar uchun olimlarni 
mukofotlash,  ilmiy  markazlar  qurish,  o‗quv  mashg‗ulotlari,  kadrlar 
tayyorlash  uchun  sarflanadi.  SBIJ  tajribalar  o‗tkazayotgan  va  ilmiy 
tadqiqotlarni sanoat hamda qishloq xo‗jaligida foydalanish darajasigacha 
yetkazadigan kompaniyalarni moliyalashtiradi
81

Buyuk  Britaniyada  tadqiqotlarni  rivojlantirish  bo‗yicha  milliy 
korporatsiya  jamg‗armasi  mustaqil  balansga  ega  va  davlat  byudjetiga 
bog‗liq emas. Uning mablag‗lari ixtirolardan foydalanish huquqi uchun 
litsenziyalarni  sotishdan  daromadlar  hisobidan  shakllantiriladi.  Davlat 
jamg‗armaga  muddatsiz  bo‗naklar  va  yillik  subsidiyalar  taqdim  etadi. 
Jamg‗arma  mablag‗lari  ilmiy  muammolarni  ishlab  chiqish  va  ushbu 
ishlanmalarning  natijalarini  ishlab  chiqarishga  tatbiq  etish  bilan 
shug‗ullanadigan  xususiy  korxonalarning  kapital  qo‗yilmalariga 
sarflanadi. Jamg‗arma mablag‗lari hisobiga davlat universitetlari, milliy 
va  xususiy  kompaniyalarning  laboratoriyalarida  tadqiqotlar  amalga 
oshirilib, ular sanoat tomonidan o‗zlashtirishgacha yetkaziladi. 
Kredit  jamg‗armalari  –  davlat  banklari,  omonat  kassalari,  boshqa 
kredit  tashkilotlari  tasarrufida  bo‗lgan,  qaytarish  va  foiz  to‗lash  sharti 
bilan  taqdim  etiladigan  resurslardir.  Davlat  buyurtmalarini  bajaradigan 
yoki  mamlakatni  rivojlantirish  bo‗yicha  davlat  dasturlari  doirasida 
faoliyat 
yurituvchi  yuridik  shaxslar  bunday  jamg‗armalardan 
foydalanishda  ustuvor  huquqqa  ega  bo‗ladi.  Kredit  jamg‗armalari 
Fransiyada ancha keng tarqalgan: Fransiya Banki, Tashqi savdo banki va 
depozitar-ishonch kassalari. 
Qo‗shma  Shtatlarda  uchta  eng  muhim  tarmoq  –  qishloq  xo‗jaligi, 
uy-joy qurilishi va tashqi iqtisodiy aloqalar bo‗yicha dasturlarni amalga 
oshiradigan bir qator kredit jamg‗armalari faoliyat yuritmoqda. Qishloq 
xo‗jaligini kreditlash uchun o‗rta muddatli kredit va federal kooperatsiya 
                                                           
81
 Финансы. Учебник для вузов. Под ред. проф. Л. А. Дробозиной. М. ЮНИТИ. 2010 г. – С. 256. 


238 
 
bo‗yicha 
federal 
yer 
banklari, 
federal 
banklar 
faoliyatini 
muvofiqlashtirishni  amalga  oshiruvchi  fermerlik  krediti  ma‘muriyati 
jamg‗armasi tashkil etilgan. 
Mazkur  kredit  muassasalarining  jamg‗armalari  g‗aznachilik 
mablag‗lari  hisobidan,  shuningdek,  o‗z  majburiyatlarini  sotish  orqali 
shakllantiriladi  va  turli  maqsadlar  (hosilni  sotish,  omborlar  qurish  va 
boshqalar) uchun ssudalar taqdim etishda foydalaniladi. 
Amerika  kapitalini  eksport  qilishda  AQSh  eksport-import  banki 
jamg‗armasi 
muhim 
o‗rin 
tutadi. 
Bank 
Amerika 
eksport 
kompaniyalariga  kredit  (15-20  yil  muddatgacha)  beradi,  xususiy 
banklarning  eksport  kreditlari  bo‗yicha  kafolatlar  taqdim  etadi  (kredit 
summasining  30-60%i  atrofida).  Bank  resurslarining  asosiy  manbai  – 
o‗z mablag‗lari va zayomlardir. 
Yaponiyada  ko‗p  sonli  kredit  jamg‗armalari  mavjud  bo‗lib, 
ularning  orasida  moliyaviy  korporatsiyalar  jamg‗armalari  (uy-joy 
qurilishini 
moliyalashtirish, 
kichik 
va 
o‗rta 
korxonalarni 
moliyalashtirish)  va  ixtisoslashgan  banklar  jamg‗armalari  (Yaponiya 
eksport-import  banki,  Yaponiya  taraqqiyot  banki,  qishloq  xo‗jaligi 
uchun  Markaziy  kooperatsiya  banki  va  boshqalar)  ancha  nufuzli 
sanaladi. 
Moliyaviy 
korporatsiyalarning 
jamg‗armalari 
byudjetdan, 
shuningdek,  berilayotgan  kreditlar  uchun  foizlardan  shakllantiriladi. 
Ushbu  jamg‗armalar  ―riskli  korxonalarni‖  moliyalashtirish  maqsadida 
yoki boshqa kredit manbalaridan foydalana olmaydigan kompaniyalarga 
yordam berish uchun o‗rtacha foizlar bilan zayomlar taqdim etadi. 
Ijtimoiy  jamg‗armalar  –  aholiga  ijtimoiy  xizmat  ko‗rsatish  uchun 
mo‗ljallangan  resurslardir.  Ishlab  chiqarish  rivojlanishi  natijasida 
yollanib  ishlovchilar  sonining  o‗sishi,  ilmiy-texnik  taraqqiyot  tufayli 
jamiyatning  turli  ijtimoiy  guruhlari  manfaatlarida  nomuvofiqlikning 
kuchayishi  va  avvalroq  tilga  olingan  boshqa  omillar  ijtimoiy  sug‗urta 
jamg‗armalarini ko‗paytirish zaruratini yuzaga keltirdi. 
2008-yildan  so‗ng  ijtimoiy  jamg‗armalarning  miqdori  5-8  barobar 
oshdi. Ular quyidagilar hisobidan shakllantiriladi: jismoniy shaxslarning 


239 
 
sug‗urta  badallari,  tadbirkorlarning  sug‗urta  badallari,  davlat 
subsidiyalari. 
Sug‗urtalangan  shaxslarning  badallari  ularning  daromadlaridan 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri  chegirma,  ya‘ni,  mohiyatan,    maqsadli  to‗g‗ri  soliq 
sanaladi.  Aksariyat  rivojlangan  mamlakatlarda  badal  stavkasi  yalpi 
daromadga foiz sifatida belgilanadi va daromad miqdoridan proporsional 
mustaqil hisoblanadi. Badalning yillik maksimal summasi yoki stavkasi 
qo‗llaniladigan maksimal daromad nazarda tutiladi. 
Badal  stavkalari  turli  mamlakatlarda  turlicha:  AQShda  –  7,15% 
(jismoniy va yuridik shaxslar uchun bir xil stavka), Buyuk Britaniyada – 
5,7 va 9% (daromadga qarab), Fransiyada – 5,7%, Yaponiyada – 5,3%. 
Ba‘zi  mamlakatlarda,  masalan,  Amerika  Qo‗shma  Shtatlarida 
jismoniy shaxslar tomonidan sug‗urtaning barcha turlari bo‗yicha bitta, 
boshqa  mamlakatlarda  esa  (Germaniya,  Yaponiya)  bir  qancha  badal 
to‗lanadi,  bunda  ularni  to‗lash  ijtimoiy  xizmatlarning  ayrim  turlaridan 
foydalanish huquqini beradi. 
Korxonalardan  olinadigan  sug‗urta  badallari  ish  bilan  band 
xodimlarning  umumiy  ish  haqiga  emas,  balki  oldindan  belgilangan 
maksimal  yalpi  ish  haqiga  nisbatan  foizlarda  undiriladi,  ya‘ni,  ushbu 
maksimumdan  oshgan  summa  hisobga  olinmaydi.  Kompaniyada 
malakali  xodimlar  ulushi  va  ularning  ish  haqi  qancha  yuqori  bo‗lsa, 
kompaniyaning ijtimoiy jamg‗armalarga ajratmasi shuncha kam bo‗ladi. 
Ijtimoiy  jamg‗armalarga  ajratmalar  ishlab  chiqarish  xarajatlariga 
kiritiladi  va  narxlarni  oshiradi.  AQShda  ijtimoiy  dasturlarni  amalga 
oshirish  uchun  turli  ma‘muriy  bo‗ysunuvdagi  ko‗plab  ijtimoiy 
jamg‗armalar faoliyat yuritadi. 
 


240 
 
 
 
2-rasm. AQShning yirik umummilliy jamg„armalari 
 
Germaniyada ijtimoiy sug‗urta jamg‗armalari sug‗urtaning alohida 
turlari, shu jumladan, ishchi va xodimlarning pensiya sug‗urtasi, kasallik 
sug‗urtasi, ishsizlik sug‗urtasi va boshqalarni o‗z ichiga olgan avtonom 
jamg‗armalar to‗plamini o‗z ichiga oladi. 
Buyuk Britaniyada ikkita asosiy ijtimoiy jamg‗arma mavjud: milliy 
sug‗urta jamg‗armasi va davlat korxonalarining pensiya jamg‗armasi. 
Yaponiyada  4  ta  yirik  jamg‗arma  mavjud:  sog‗liq  sug‗urtasi 
jamg‗armasi,  Milliy  pensiya  jamg‗armasi,  ishlab  chiqarishda 
jarohatlanish  sug‗urtasi  jamg‗armasi  va  ishsizlikdan  sug‗urtalash 
jamg‗armasi. 
Fransiyada  eng  muhim  ijtimoiy  jamg‗armalar  orasida  kasallik, 
nogironlik,  ona  sug‗urtasi,  pensiya  jamg‗armasi,  oilani  qo‗llab-
quvvatlash jamg‗armasi, milliy ishsizlik jamg‗armasi mavjud. 
Davlatlararo  jamg‗armalar  o‗rtasida  Xalqaro  valyuta  jamg‗armasi 
eng  muhim  ahamiyat  kasb  etib,  uning  maqsadi  to‗lovlar  balansidagi 
muvozanatni saqlash uchun xalqaro likvidlikni tartibga solishdan iborat. 
АҚШнинг йирик 
умуммиллий 
жамғармалари 
Давлат 
хизматчиларини 
суғурталаш 
жамғармаси 
Муҳтожларга  
кўмак  
жамғармаси 
Қарилик, ногиронлик ва 
боқувчисини йўқотганлик бўйича 
суғурта жамғармаси 


241 
 
Shuningdek,  a‘zo  mamlakatlarning  hukumatlari  kafolati  ostida 
ko‗pincha  20  yil  muddatga  ishlab  chiqarish  quvvatlarini  kengaytirish 
uchun uzoq muddatli kreditlar beradigan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot 
banki (XTTB) ham  muhim jamg‗armalar qatoridan joy olgan.  Yevropa 
Ittifoqida bir qator davlatlararo jamg‗armalar, jumladan, Yevropa Ittifoqi 
byudjeti, Yevropa Taraqqiyot jamg‗armasi va boshqalar tashkil etilgan. 
 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish