A. A. Shernaev, N. E. Jiyanova



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/178
Sana25.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#101346
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   178
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

shakllantirish jarayoni
14
 
 
Byudjet  daromadlari  ularni  to‗lovchilar,  soliqqa  tortish  obyektlari, 
undirish  usullari,  to‗lov  muddatlari  bo‗yicha  farqlanadi,  biroq  ayni 
paytda barcha uchun davlat byudjetining daromad qismini shakllantirish 
umumiy  xususiyatga    ega.  Byudjetga  to‗lovlar  pul  shaklida  bo‗ladi, 
                                                           
14
 Нурмухамедова Б.И. Кабирова. Молия. Касб-ҳунар коллежлари учун дарслик, 2010. 
 
Ялпи ички маҳсулот
 
Амортизация жамғармаси
 
Соф миллий маҳсулот
 
ишчилар маоши
 
тадбиркорлар фойдаси
 
тадбиркорлар рентаси
 
тадбиркорлар ва омонатчиларнинг ссуда 
фоизи
 
солиқлар 
 
Давлат бюджети
 
йиғимлар
 
божлар 
 
заѐмлар
 
д а в л а т   б ю д ж е т и   д а р о м а д л а р и
 
д а в л а т   б ю д ж е т и   х а р а ж а т л а р и
 
иж.-мадан. соҳа,
 
ижтимоий ѐрдам 
 
Мудофаа, ҳуқуқ-
тартибот, давлат 
хавфсизлиги 
эҳтиѐжлари
 
давлат
 
бошқаруви
 
иқтисодиѐт, 
давлат 
инвестициялари
 


byudjetga  kelib  tushganda  ular  naqdsiz  holga  keltiriladi,  ya‘ni, 
byudjetning daromad qismini shakllantirish jarayoni pul mablag‗larining 
bir tomonlama xarakteriga ega bo‗lib, ular umumiy ―g‗aznaga‖ tushgach 
davlat  va  jamiyat  manfaatlari  yo‗lida  sarflanadi.  Shunday  qilib,  davlat 
byudjetida  davlat,  xo‗jalik  subyektlari  va  alohida  fuqarolarning 
manfaatlari kesishadi. 
A.A.  Golubev  va  N.P.  Gavrilovga  ko‗ra,  davlat  byudjeti 
daromadlari  byudjet  munosabatlarining  jismoniy  va  yuridik  shaxslar 
tomonidan  milliy  daromadning  muayyan qismini davlatga o‗tkazishdan 
iborat  bo‗lgan  qismi  –  byudjet  jamg‗armasini  shakllantirishni 
ifodalaydi
15

Z.X.  Srojiddinovaning  fikricha,  byudjet  daromadlari  –  bu 
qonunchilikka muvofiq davlat byudjet tizimining byudjetlariga beg‗araz 
va qaytarilmas tartibda kelib tushayotgan pul mablag‗laridir
16

L.M.  Teterinaning  fikriga  ko‗ra,  byudjet  daromadlari  –  bu 
davlatning  o‗z    funksiyalarini  bajarish  uchun  zarur  bo‗lgan 
markazlashtirilgan  moliyaviy  resurslarining  bir  qismidir.  Byudjet 
daromadlari 
davlat 
pul 
mablag‗larining 
markazlashtirilgan 
jamg‗armasini  shakllantirish  jarayonida  yuzaga  keladigan  iqtisodiy 
munosabatlardir.  Ular  jismoniy  va  yuridik  shaxslar  tomonidan 
to‗lanadigan  turli  to‗lovlardan  iborat  bo‗lib,  shuningdek,  jismoniy  va 
yuridik shaxslar, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar hukumatlaridan 
beg‗araz tushumlar shaklini ham olishi mumkin
17

I.M.  Mislyaevaga  ko‗ra  esa,  byudjet  daromadlari  –  bu  milliy 
daromadning  bir  qismini  qayta  taqsimlash  hisobiga  shakllanadigan  va 
davlat  hamda  mahalliy  o‗zini-o‗zi  boshqarish  organlari  tomonidan  o‗z 
funksiyalarini 
bajarish 
uchun 
foydalaniladigan 
davlatning 
markazlashtirilgan  moliyaviy  resurslarining  bir  qismidir.  Byudjet 
daromadlari  –  ―davlat  daromadlari‖    tushunchasiga  nisbatan  tor 
                                                           
15
 Голубев А.А., Гаврилов Н.П. Финансы и кредит: Учебное пособие – СПб, ГУИТМО, 
2011. – 95 с.
 
16
 Срожиддинова З.Х. Бюджетная система Республики Узбекистан: Учебник – Ташкент, 
2010. – 480 с. 
17
  Тетерина Л.М. Государственный бюджет: Учеб.-метод. комплекс; Минский институт 
управления. – Мн.: Изд-во МИУ, 2015
 


tushuncha,  chunki  davlat  daromadi  byudjet  mablag‗lari,  byudjetdan 
tashqari  jamg‗armalar  resurslari,  davlat  sektori  mulki,  shuningdek, 
davlatga tegishli barcha to‗plangan boylikni ham o‗z ichiga oladi
18

T.M.  Bogolibning  fikricha,  byudjet  daromadlari  moliyaviy 
munosabatlar  tizimining  muhim  tarkibiy  qismi  hisoblanib,  uning 
to‗liqligi  va  o‗z  vaqtidaligi  mamlakatning  faol  ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishi  uchun  xarajat  majburiyatlarining  bajarilishi  imkoniyatini 
belgilab beradi
19

O‗zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksiga muvofiq davlat 
byudjeti daromadlari: 

 
soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar; 

  davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan 
olingan daromadlar; 

  meros,  hadya  huquqi  bo‗yicha  davlat  mulkiga  o‗tgan  pul 
mablag‗lari; 

  yuridik  va  jismoniy  shaxslardan,  shuningdek,  chet  davlatlardan 
tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari; 

  rezident-yuridik  shaxslarga  berilgan  byudjet  ssudalarini  va  chet 
davlatlarga ajratilgan kreditlarni to‗lash hisobidan to‗lovlar; 

  qonun  hujjatlariga  muvofiq  boshqa  daromadlar  hisobidan 
shakllantiriladi
20

Byudjet daromadlarini shakllantirish shakllari va metodlari ko‗plab 
obyektiv  va  subyektiv  omillar  ta‘siri  ostida  o‗zgaradi,  ularning  orasida 
esa  ishlab  chiqarish  kuchlari  va  ishlab  chiqarish  munosabatlarining 
rivojlanganlik darajasi  birlamchi  ahamiyat  kasb  etadi. Mavjud  iqtisodiy 
va 
ijtimoiy 
vaziyat, 
siyosat 
va 
mazkur 
bosqichda 
jamiyat 
rivojlanishining  ustuvor  yo‗nalishlari,  ko‗zlangan  maqsadlarga  erishish 
strategiyasi  va  taktikasi  ham  daromadlarga  sezilarli  ta‘sir  ko‗rsatadi. 
                                                           
18
 Мысляева И.М. Государственные  и  муниципальные  финансы:  Учебник.  Изд.  2-е, 
перераб.  и доп.  —  М:  ИНФРА-М,  2013.  -  360, с. 100
 
19
 Боголиб Т. М. «Доходы бюджета в системе финансового регулирования», научный 
журнал «Europeansciencereview», выпуск № 5-6 / 2014
 
20
 Ўзбекистон Республикасининг  2013 йил 26 декабрдаги № ЎзРҚ-360 қонуни билан 
тасдиқланган Ўзбекистон Республикасининг Бюджет кодекси  
 


Biroq  har  qanday  holatda,  daromadlarni  safarbar  qilishning  asosiy 
maqsadi  barqaror  moliyaviy  bazani  shakllantirish  sanalib,  bu  barcha 
darajadagi  davlat  hokimiyati  organlariga  o‗z  funksiyalarini  bajarish  va 
umumdavlat  hamda  mintaqaviy  ehtiyojlarni  qondirishga  imkon  beradi. 
Daromadlarning  maqsadi  –  byudjet  xarajatlarini  qoplashdir.  Shu  bilan 
birga,  xo‗jalik  subyektlari  va  aholi  bilan  o‗zaro  moliyaviy 
munosabatlarda hamda byudjetning daromad qismini undirishda mehnat 
mahsuldorligini  oshirishga,  resurslardan  samarali  foydalanishga  va 
oqibat  o‗laroq  tushumlar  ortishiga  rag‗batlantiruvchi  shakllarni  topish 
lozim.  Daromadlarning  fiskal  va  rag‗batlantiruvchi  funksiyalari  ham 
aynan  shundan  iborat  bo‗lib,  bu  ular  o‗sishining  moddiy  bazasini 
kengaytirishni, 
byudjetning 
daromad 
qismi 
mustahkamlanishini 
ta‘minlaydi. 
Shunday  qilib,  byudjet  daromadlari  davlat  organlari  tasarrufida 
bo‗lgan pul tushumlari (soliq va soliqdan tashqari daromadlar) hisobiga 
shakllanadi  va  byudjetning  markaziy  ko‗rsatkichi  sanaladi.  Bu 
davlatning  iqtisodiyotni  rivojlantirishga  xarajatlari  miqdorini,  iqtisodiy 
o‗sish  sur‘atlari  va    xalq  farovonligini  darajasini  aniqlashga  imkon 
beradi. 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish