A. A. Shernaev, N. E. Jiyanova



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/178
Sana25.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#101346
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   178
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

xarajatlari. 
1-rasmda  ko‗rsatilganidek,  avtomatik  ravishda  yuzaga  keladigan 


byudjet  defitsiti  hamda  profitsitlari  hajmi,  o‗z  navbatida,  o‗rnatma 
stabillik  soliqda  SMM  kattaligi  o‗zgarishiga  soliqlardagi  o‗zgarishlar 
ta‘sirchanligiga bog‗liq. Agar SMM  o‗zgarishi ortidan soliq tushumlari 
shiddat  bilan  o‗zgarsa,  u  holda  T  chiziq  og‗ishi  tik  bo‗ladi,  T  bilan  G 
orasidagi  vertikal  masofa,  ya‘ni,  davlat  byudjeti  defitsiti  yoki  profitsiti 
katta bo‗ladi. Buning natijasi iqtisodiy yuksalishning pasayishi va davlat 
byudjetining  defitsitini  bartaraf  etish  va  byudjet  profitsitini  yuzaga 
keltirish tendensiyasini shakllantirish bo‗ladi. 
Shunday  qilib,  Keyns  nazariyasi  bo‗yicha  fiskal  siyosatning  asosiy 
ko‗rsatkichi  byudjet  pozitsiyasining  o‗zgarishi,  ya‘ni,  byudjet  defitsiti 
yoki profitsiti hajmini oshirish hisoblanadi. 
Soliq  tartibotining  neoklassik  modeli  ―takliflar  iqtisodiyoti‖ 
nazariyasiga  asoslanib,  uning  tarafdorlari  jamg‗armalar  o‗sishi  va 
investitsion  faoliyat  kengayishini  ta‘minlovchi  shartlardan  biri  sifatida 
soliqlarning past darajasi ekanligini ta‘kidlashadi. Buning uchun ular A. 
Lafferning  byudjeti  konsepsiyasidan  foydalanib,  unda  soliqlarning 
chegaraviy stavkalari asosiy o‗zgaruvchan kattalik hisoblanadi. Masalan, 
agar  chegaraviy  stavkalar  yetarlicha  yuqori  darajaga  erishgan  bo‗lsa,  u 
holda  tadbirkorlik  tashabbuslari  va  ishlab  chiqarishni  kengaytirishga 
rag‗bat  kamayadi,  foyda  pasayadi,  soliq  to‗lashdan  bo‗yin  tovlash 
jarayonlari  kuchayadi,  o‗z  navbatida,  umumiy  soliq  tushumlari  ham 
kamayadi.  Chegaraviy  soliq  stavkalarini  kamaytirish  qarama-qarshi 
ta‘sirni yuzaga keltiradi. 
Davlat  moliyasi  uchun  soliqlarni  kamaytirish  oqibati  tahlili  Laffer 
egri chizig‗i asosida amalga oshiriladi. Soliq tushumlari soliq stavkalari 
va  soliq  bazasi  mahsuli  ekanligini  hisobga  olgan  holda,  Laffer  ular 
o‗rtasidagi  grafik  o‗zaro  aloqani  kuzatadi  (2-rasm)  va  soliqqa  tortish 
me‘yorlaridagi  o‗zgarishlarning  byudjet  tushumlariga  ta‘sir  samarasi 
soliq  stavkasi  bo‗yicha  mahsulot  ishlab  chiqarish  elastikligiga  bog‗liq 
degan xulosaga keladi. Uning qiymati – 1 ga yetganda, soliq tushumlari 
pasaya  boshlaydi.  Shunday  qilib,  soliqqa  tortish  me‘yorining  0  dan 
100% gacha o‗sishi ta‘sirida davlat byudjetiga tushumlar 0 dan muayyan 
maksimal  darajagacha  o‗sadi,  keyin  esa  undan  yuqori  soliq  stavkalari 
iqtisodiy  faollikni  sekinlashtirishi  va  soliq  bazasini  qisqartirishi  tufayli 


yana 0 gacha pasayadi.  
 
 
 
2-rasm. Laffer egri chizig„i 
Laffer egri chizig‗i miqdoriy mezonlarni o‗rnatmagan, ular keyinroq 
ishlab  chiqilgan.  Foydadan  barcha  soliq  chegirmalari  uning  yarmidan 
oshmasligi  lozimligi  belgilab  qo‗yilgan,  chunki  aks  holda  soliqning 
ishlab chiqarish-rag‗batlantirish funksiyasi ta‘siri buziladi va u iqtisodiy 
faoliyatga  nostabillashtiruvchi  ta‘sir  ko‗rsata  boshlaydi.  Foydaning  1/3 
qismi  yoki    qiymatining 30-40 foizidan  iborat  soliq  chegirmasi  optimal 
hisoblanadi. 
Shunday  qilib,  neokeynschilar  soliq  tartiboti  mexanizmini  soliq 
darajalaridagi  o‗zgarishlar  asosida  (antisiklik  siyosat  o‗tkazish  vositasi 
sifatida  ularni  pasaytirish,  yuksalish  davrida  ishbilarmon  faollikni 
sekinlashtirish maqsadida uni oshirish) neoklassiklar esa – jamg‗armalar 
va  investitsiyalarning  yuqori  darajasini  saqlab  qolish,  shuningdek, 
umumiy  soliq  tushumlarini  kengaytirish  uchun  soliqlarning  umumiy 
darajasini keng miqyosda va maqsadga yo‗naltirilgan tarzda kamaytirish 
asosida quradilar. 
Muhtaram  Yurtboshimiz  ta‘kidlab  o‘tganidek,  soliq  siyosatining 
avvalgi  yilla-ridagi  holatining  tanqidiy  tahlili  mazkur  sohada  bir 
maromda iqtisodiy o‘sishga,  ishbilarmonlik va investitsiyaviy faollikni 
oshirishga,  sog‘lom  raqobat  muhitini    shakllantirishga,  shuningdek, 


soliqlar  va  boshqa  majburiy  to‘lovlarning  yig‘iluvchan-ligi  zaruriy 
darajasini  ta‘minlashga  to‘sqinlik  qilayotgan  bir  qator  tizimli  muam-
molarning mavjudligini ko‘rsatdi. Mavjud tizimli muammolarni bartaraf 
etish, 2017–2021 yillarda O‘zbekiston  Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar  strategiyasida belgilangan 
soliq  yukini  kamaytirish  va  soliq  solish  tizimini  sod-dalashtirish,    soliq  
ma‘muriyatchiligini    takomillashtirish    vazifalarini    amalga    oshirish 
maqsadida  keng  jamoatchilik  muhokamasi  natijalari  hamda  Xalqaro 
valyuta    jamg‘armasi,  Jahon  banki  va  xalqaro  ekspertlarning 
tavsiyalariga  asoslanib  ishlab    chiqilgan  O‘zbekiston  Respublikasining 
soliq siyosatini takomillashtirish kontsep-tsiyasining asosiy yo‘nalishlari 
belgilab olindi. 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish