A. A. Shernaev, N. E. Jiyanova


-2019 yillarda Davlat byudjetining ijtimoiy   xarajatlari



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/178
Sana25.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#101346
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   178
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

2017-2019 yillarda Davlat byudjetining ijtimoiy   xarajatlari 
tarkibi
31
 
№ 
Xarajatlar 
2017-yil 
2018-yil 
2019-yil 
mlrd 
so„m 
% da 
mlrd 
so„m 
% da 
mlrd 
so„m 
% da 

Ijtimoiy xarajatlar - jami 
26922,7 
54,56 
62 
170,00 
100 
58012,1 
100 
 
Ijtimoiy xarajatlar 
26708,7 
54,12 
42658,9 
68,6 
58012,1 
54,2 
1.

Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy 
qo‗llab-quvvatlash xarajatlari 
26708,7 
54,12 
39026,9 
33,9 
50334,1 
47
32
 
 
Maorif 
15977,7 
32,4 
19 504,3 
31,4 
28394,3 
48,9 
 
Sog‗liqni saqlash 
7030,3 
14,2 
9 562,0 
15,4 
12078,0 
20,8 
 
Madaniyat va sport 
750,2 
1,5 
1 165,4 
1,9 
1690,1 
2,91 
 
Fan 
275,6 
0,6 
389,3 
0,6 
801,0 
1,4 
 
Bolali oilalarni hisobga olgan 
holda ijtimoiy nafaqalar 
2239,6 
4,5 
3026,2 
4,9 
5167,2 
8,9 
2. 
Ijtimoiy sohaning boshqa 
xarajatlari 
435,3 
0,9 
570,0 
0,9 
1514,0 
2,6 
3. 
Qishloq joylarda yakka 
tartibdagi uy-joylar qurish 
dasturini birgalikda 
moliyalashtirishga kredit liniyasi 
214 
0,4 
3632,0 
5,8 
500,0 
0,9 
Kichik  korxonalar  biznes  faoliyati  bilan  shug‗ullanuvchi  
subyekt  hisoblanadi.  Hozirgi  jamiyatimizda  kichik  korxonalar 
faoliyatini 
ayrim 
kishilarning 
ehtiyojlarini 
qondirish 
sari 
yo‗naltirilgan.  Bu  narsa  maishiy  xizmat  ko‗rsatish  hamda  xalq 
iste‘moli  tovarlari  ishlab  chiqarish  sohalarida  yaqqol  ko‗rinmoqda. 
Kichik  korxonalar  texnologiya  yangiliklarini  joriy  etishda  ham 
g‗oyat katta ahamiyatga ega. 
                                                           
31
 
http://www.mf.uz
  - O‗zbekiston Respublikasi moliya vazirligi ma‘lumotlari asosida tayyorlandi.
 
 
 
 


Davlat  byudjetining ijtimoiy xarajatlarini tahlil qiladigan bo‗lsak, 
2017-yilda  ushbu  xarajat  26922,7  mlrd  so‗mni  tashkil  qilgan  holda  
ta‘lim  xarajatlari    (15977,7  mlrd  so‗m)  32,4  foizni,  sog‗liqni  saqlash 
xarajatlari (7030,3 mlrd so‗m) 14,2 foizni, madaniyat va sport xarajatlari 
(750,2  mlrd  so‗m)    1,5  foizni,  fan  xarajatlari  (275,6  mlrd  so‗m)  0,6 
foizni, bolali oilalarni hisobga olgan holda ijtimoiy nafaqalar xarajatlari 
(2239,6  mlrd  so‗m)  4,5  foizni,  ijtimoiy  sohaning  boshqa  xarajatlari 
(435,3  mlrd  so‗m)  0,9  foizni  va  qishloq  joylarda  yakka  tartibdagi  uy-
joylar  qurish  dasturini  birgalikda  moliyalashtirishga  kredit  liniyasi 
uchun  ajaratilgan  xarajatlar  (214  mlrd  so‗m)  0,4  foizni  tashkil  etgan. 
E‘tibor  qaratish  lozim  bo‗lgan  jihatlardan  biri  2017-  yilgacha  bo‗lgan 
davrda    ijtimoiy  soha  xarajatlari  tarkibida  ijtimoiy  ta‘minot 
xarajatlarining  mavjudligi  va    2017-yildan  boshlab  ijtimoiy  sohaning 
boshqa xarajatlarini kiritilganligidir. 
Davlat  byudjeti  xarajatlarining,  jumladan  ijtimoiy  soha  (ta‘lim, 
sog‗liqni saqlash, madaniyat va sport hamda fan) xarajatlari  2017-2018 
yillardagi ijrosi  keltirilgan bo‗lib, jami  xarajatlar  2017-yilda  105,12 
foizga,  2018-yilda  esa  128,3  foizga  bajarilgan  bo‗lsak,    shu  jumladan  
ijtimoiy  soha  xarajatlari  2018-yilda  152,0  foizga  bajarilgan.    Ijtimoiy 
soha  xarajatlarini  alohida-alohida  ko‗radigan  bo‗lsak,  ta‘lim  xarajatlari 
2018-yilda 
105,8  foizga  bajarilgan,  bu  o‗tgan  2017-yildagi 
ko‗rsatkichdan  50 foizga ko‗pdir. Sog‗liqni saqlash xarajatlarining ijrosi 
esa    102,14  foiz  o‗rniga  100,2  foizga  o‗zgargan.  Madaniyat  va  sport 
xarajatlari  2017-yildagi  155,9  foiz  o‗rniga  2018-yilda  115,5  foizni 
tashkil etgan. Fan xarajatlari   xarajatlari 99,1 foiz o‗rniga 113,3 foizga 
bajarilgan.  Ijtimoiy  soha  xarajatlari  ijrosining  bunday  o‗zgarishi  bir 
qator amalga  oshirilayotgan   chora-tadbirlar bilan bog‗liqdir. 
2017-2018-yillarda ijtimoiy soha  uchun rejalashtirilgan mablag‗lar 
summalarini    o‗zgarishlariga  to‗xtaladigan  bo‗lsak,    byudjetning  jami 
xarajatlari  summasi  2018-yilda  o‗tgan  2017-yilga  nisbatan  1,32 
barobarga,  jami  ijtimoiy  soha  xarajatlari  summasi    esa    1,28  barobarga  
ko‗paygan.  Jumladan,  ta‘lim  xarajatlari  summasi  1,19  barobarga, 
sog‗liqni  saqlash  xarajatlari  summasi    1,39  barobarga,      fan  xarajatlari 
summasi  1,40 barobarga va madaniyat hamda sport xarajatlari summasi 


2,42 barobarga ko‗paygan.  
Byudjetning  kapital  xarajatlari  innovatsion  va  investitsion 
faoliyatga yo‗naltirilgan xarajatlardir. Bu xarajatlarning tarkibiga:  
-  tasdiqlangan  investitsion  dasturga  muvofiq  harakatdagi  yoki 
yangidan  tashkil  etilayotgan  yuridik  shaxslarga  investitsiyalar  uchun 
mo‗ljallangan xarajatlar; 
-  yuridik  shaxslarga  investitsion  maqsadlar  uchun  byudjet 
kreditlari sifatida beriladigan mablag‗lar; 
-  kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarish  bilan  bog‗liq  bo‗lgan 
kapital  ta‘mirlashni  amalga  oshirish  xarajatlari  va  shu  bilan  bog‗liq 
bo‗lgan boshqa xarajatlar; 
-  amalga  oshirilishi  davlat  mulkiga  tegishli  bo‗lgan  mulkni 
oshirish yoki uni yangidan yaratishga olib keladigan xarajatlar; 
-  byudjet  xarajatlarining  iqtisodiy  turkumlanishiga  muvofiq 
byudjetning  kapital  xarajatlari  tarkibiga  kiritiladigan  boshqa  xarajatlar 
kiradi. 
Aniqroq 
ravishda 
byudjetning 
joriy 
xarajatlari 
tarkibi 
quyidagilardan iborat bo‗lishi mumkin: 
-  davlat  iste‘moli  xarajatlari  (iqtisodiy  va  ijtimoiy  infratuzilmani, 
milliy  xo‗jalikning  davlat  tarmoqlarini  saqlash,  fuqarolik  va  harbiy 
xarakterdagi tovarlar va xizmatlarni sotib olish, davlat muassasalarining 
joriy xarajatlari); 
-  hokimiyatning  quyi  organlari,  davlat  korxonalari  va  xususiy 
korxonalarga joriy subsidiyalar; 
-  transfert to‗lovlari; 
-  davlat qarzlari bo‗yicha foizlarni to‗lash; 
-   boshqa xarajatlar. 
Amaliyotda  byudjetdan  moliyalashtirish,  yuridik    nuqtayi 
nazardan, quyidagi ikki ko‗rinishda amalga oshiriladi: 
1)  Xarajatlarni respublika byudjetidan moliyalashtirish; 
2)  Xarajatlarni  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  byudjetidan  va 
mahalliy byudjetlardan moliyalashtirish. 
Byudjetdan  mablag‗larni  taqdim  etishning  metodlari  byudjetdan 
moliyalashtirishning  muhim  elementi  bo‗lib  hisoblanadi.  Ularning 


yordamida  moliya  organlari  byudjetda  ko‗zda  tutilgan  tadbirlarni  pul 
mablag‗lari  bilan  ta‘minlaydi,  pul  mablag‗laridan  foydalanishda 
yuqoriroq  natijalarga  erishish  uchun  mablag‗larni  qayta    o‗zgartirib 
taqdim  etishni  amalga  oshiradi,  moliyaviy  resurslarni  taqsimlashda 
tarkib topayotgan proporsiyalarni tartibga soladi. 
Byudjet  mablag‗larini  sarf  qilishning  asosiy  tamoyili  ularning 
mo‗ljallanganligi va vaqt bo‗yicha qattiq reglamentatsiya qilinganligidir 
(tartibga solinganligidir).  
 
 
5.4.-rasm. Xarajatlar smetasining mohiyati

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish