A. A. Shernaev, N. E. Jiyanova



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/178
Sana25.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#101346
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   178
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

Soliq undirish xarakteri bo„yicha: 
• bevosita; 
• bilvosita. 
                                                           
23
 Перов А.В., Толкушкин А.В.  Налоги и налогообложение: учеб.пособие для бакалавров 
— М.: Издательство Юрайт, 2012. — 899 с, стр. 27
 
24
 Перов А.В., Толкушкин А.В.  Налоги и налогообложение: учеб.пособие для бакалавров 
— М.: Издательство Юрайт, 2012. — 899 с.
 
25
  Ўзбекистон  Республикасининг  Солиқ  кодекси,  Ўзбекистон  Республикасининг 
25.12.2007 йилдаги ЎзРҚ-136-сонли Қонуни билан қабул қилинган.
 


Boshqaruv darajalari bo„yicha: 
• Umumdavlat; 
• Mahalliy. 
Soliqqa tortish subyektlari bo„yicha: 
• Yuridik shaxslardan olingan soliqlar; 
• Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar. 
Soliqqa tortish obyektlari bo„yicha: 
• Tovarlar va xizmatlarga soliqlar; 
• Daromad (foyda) solig‗i. 
Maqsadga yo„naltirilganligi bo„yicha: 
• Umumiy; 
• Maxsus. 
Umumiy  soliqlar  xarajatlarning  qandaydir  turiga  biriktirilmagan 
holda  davlat  xarajatlarini  moliyalashtirish  uchun  ishlatilsa,  maxsus 
soliqlar maqsadga yo‗naltirilgan bo‗ladi. Maxsus soliqlarga quyidagilar 
kiradi: ijtimoiy sug‗urta uchun ajratmalar, yo‗l jamg‗armasiga ajratmalar 
va boshqalar. 
Soliq stavkasi va daromad o‗rtasidagi nisbat belgisiga ko‗ra soliqlar 
quyidagilarga ajratiladi: 
• Progressiv, bunda daromadlar oshib borishi bilan o‗rtacha stavka 
ham ortib boradi; 
•  Regressiv,  bunda  daromadlar  ortishi  bilan  o‗rtacha  stavka 
pasayadi; 
•  Proporsional,  bunda  daromad  miqdoridan  qat‘i  nazar  o‗rtacha 
stavka o‗zgarmasligicha qoladi. 
Soliqqa  tortish  obyektiga  ko‗ra  soliqlarni  mulk,  yer,  renta,  kapital, 
xizmatlar,  tovarlar,  iste‘mol  vositalari  va  boshqalardan  undiriladigan 
soliqlarga ajratish mumkin. Soliqlarni tasniflash asosida tovarlar (ishlar, 
xizmatlar),  mulk,  daromad,  foyda,  tabiiy  qazilmalar  va  boshqalarni 
sotish bo‗yicha operatsiyalarni tavsiflovchi belgi yotadi. 
Undirish usuliga ko‗ra soliqlar tasnifini batafsil ko‗rib chiqamiz (3-
rasm).  To‗g‗ri  soliqlar  moliyaviy-xo‗jalik  faoliyati  natijasi,  kapital 
aylanmasi,  mulk  qiymatining  ortishi  bilan  bevosita  bog‗liq  soliqlardir. 
To‗g‗ri  soliqlar  afzalligi  shundaki,  ularni  muayyan  shart-sharoitlarga  – 


oilaning  kattaligi,  daromadi,  yoshi  va  umumiy  ma‘noda  to‗lov 
qobiliyatiga moslashtirish oson. To‗g‗ri soliqlar quyidagilarni o‗z ichiga 
oladi:  daromad  solig‗i,  foyda  solig‗i,  resurs  to‗lovlari,  mulk  solig‗i  va 
soliqqa tortish uchun asos bo‗lib xizmat qiladigan mulkka egalik hamda 
undan foydalanish bo‗yicha soliqlar. 
 
3-rasm. Undirish usuli bo„yicha soliqlar tasnifi 
 
Egri  soliqlar  –  bu  narxga  qo‗shimcha  sanaladi  yoki  qo‗shimcha 
qiymat, aylanma yoxud tovarlar, ishlar, xizmatlarni sotish hajmiga qarab 
aniqlanadigan  soliqlar  hisoblanadi.  Egri  soliqlarning  to‗g‗ri  soliqlardan 
afzalligi sifatida ularning kichik miqdorda bo‗lishi va to‗plash osonligini 
aytish  mumkin,  chunki  ular  chakana  va  ulgurji  savdo  darajasi  bilan 
belgilanadi. 
Hokimiyat organlarining kompetensiyalari darajasi bo‗yicha soliqlar 
quyidagilarga bo‗linadi: 
•  davlat  –  davlat  qonunchiligi  tomonidan  o‗rnatiladigan  va  butun 
mamlakat hududida amal qiladigan umumdavlat soliqlari va yig‗imlari; 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish