A. A. Shernaev, N. E. Jiyanova


G„aznachiligining asosiy vazifalari



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/178
Sana25.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#101346
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   178
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

G„aznachiligining asosiy vazifalari
119
 
 
Shuningdek,  O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya  Vazirligining 
G‗aznachiligi davlat xaridlari bo‗yicha Hukumat komissiyasining ishchi 
organi  sifatida  davlat  xaridlari  bo‗yicha  ma‘lumotlar,  shu  jumladan 
davlat  xaridlari  bo‗yicha  byudjetdan  mablag‗  oluvchilar  tomonidan 
joylashtiriladigan 
buyurtmalar, 
shuningdek 
byudjetdan 
mablag‗ 
oluvchilar  tomonidan  xarid  qilinadigan  tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)ga 
narxlar bo‗yicha ma‘lumotlar elektron bazasini shakllantiradi va doimiy 
ravishda yangilab boradi. O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 
G‗aznachiligi  moliyaviy  nazoratga  oid  asosiy  vazifalari  quyidagilardan 
iborat (1.6-rasm):  
Moliyaviy nazoratning ahamiyati shundan iboratki, uning yordamida 
birinchidan,  davlat  va  jamoat  tashkilotlari,  korxonalar,  muassasalar, 
tashkilotlar,  fuqarolar  tomonidan  o‗z  moliyaviy  faoliyatlarida  huquqiy 
tartibga rioya etilishini kuzatib borish; ikkinchidan, amalga oshirilayotgan 
moliyaviy  harakatlarning  iqtisodiy  asoslanganligi  va  samaradorligini,  bu 
harakatlarning  davlat  oldida  turgan  vazifalarga  muvofiq  kelishini 
tekshirish  amalga  oshiriladi.  Shunday  qilib,  moliyaviy  nazorat  moliyaviy 
faoliyatni  amalga  oshirish  paytida  qonunchilikka  rioya  etish,  harakatlarni 
maqsadga  muvofiqligini  ta‘minlashning  muhim  vositasi  bo‗lib  xizmat 
qiladi. 
Davlat  moliyaviy  nazorati  davlat  hokimiyati  organlarining  hamda 
mahalliy  o‗z-o‗zini  boshqarish  organlarining  huquqiy  normalari  bilan 
tartibga  solinadigan  davlat  moliyaviy  resurslarining  shakllanishi, 
taqsimlanishi,  maqsadga  muvofiq  va  samarali  ishlatilishi  ustidan, 
shuningdek,  davlat  va  mahalliy  mulkdan  qonuniy  tarzda  foydalanish 
ustidan  nazorat  qilish  yuzasidan  moliyaviy  huquq  normalari  bilan 
tartibga  solinadigan  maqsadli  faoliyatdir.  Bu  faoliyatning  asosiy 
maqsadi  nazorat  qilinadigan  ob‘yektlar  faoliyatidagi  kamchiliklarni 
topish  va  mansabdor  shaxslarni  jazolashdan  iborat  bo‗lib  qolmasdan, 
                                                           
119
  O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya  Vazirligining  G‗aznachiligi  to‗g‗risida  Nizom  (O‗zbekiston  Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 20 martdagi 53-sonli qarori bilan tasdiqlangan)  asosida mustaqil tayyorlandi 


354 
 
balki  bu  kamchiliklarning  oldini  olish,  ularga  yo‗l  qo‗ymaslik, 
ogohlantirishdan iboratdir. 
 
2017–2021  yillarda  O‗zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta 
ustuvor  yo‗nalishi  bo‗yicha  Harakatlar  strategiyasining  uchinchi  ya‘ni 
Iqtisodiyorni  yanada  rivojlantirish  va  liberallashtirish  ustuvor  yo‗nalishi 
belgilangan  vazifalarni  izchil  amalga  oshirish  maqsadida 
davlat  moliyasini  isloh 
qilish  yuzasidan  bugungi  kunda  olib  borilayotgan  o‘zgarishlarning  markazida 
davlat  byudjetining  shakllanishi  va  uning  mablag‘laridan  yanada  samarali 
foydalanish, byudjet taqchilligi o‘sishiga ta’sir etuvchi omillarning oldini olish, shu 
bilan  birga  byudjet  mablag‘laridan  foydalanish  jarayonida  byudjet  intizomlariga 
rioya  etilishini  va  bunda  moliyaviy  nazoratni  kuchaytirish,  qolaversa,  samarali 
moliyaviy  nazorat  tizimini  shakllantirish  orqali  davlat  byudjetining  mamlakat 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyatini oshirish masalalari turadi. 
Bu borada muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini 
keltirish o‘rinli: “Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy 
o‘sishning  yuqori  sur’atlarini  saqlab  qolish,  jumladan,  Davlat  byudjeti  barcha 
darajada  mutanosib,  milliy  valyuta  va  ichki  bozordagi  narx  darajasi  barqaror 
bo‘lishini ta’minlash – eng muhim ustuvor vazifamizdir. Bu borada faqat byudjet 
profitsiti haqida so‘z borishi mumkin va zarur. Bu muhokama qilishni emas, balki 
so‘zsiz bajarishni talab etadigan strategik vazifadir.”
120
 
Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, 2018 yil yakuniga ko‗ra, mamlakatning yalpi 
ichki mahsuloti (YaIM) 407,5 trln. so‗mni tashkil etgan holda 2017 yilga nisbatan 
5,1  foizga  o‗sdi.  YaIM  o‗sish  sur‘atiga  sanoat  tarmog‗i  eng  katta  ta‘sir  ko‗rsatdi 
(2,1 foiz).  Xizmatlar  sohasining  ijobiy  ta‘siri  esa,  1,8 foizni  tashkil  etdi.  Qurilish 
                                                           
120
  Sh.M.Mirziyoyev.  Tanqidiy  tahlil,  qat‘iy  tartib-intizom  va  shaxsiy  javobgarlik  –  har  bir  rahbar  faoliyatining 
kundalik qoidasi bo‗lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 
2017  yilga  mo‗ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo‗nalishlariga  bag‗ishlangan  Vazirlar 
Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma‘ruza, 2017 yil 14 yanvar. 6 b. 


355 
 
ishlari hajmi o‗tgan yil bilan taqqoslaganda 9,9 foizga o‗sdi va YaIMning mutloq 
o‗sishida  qurilish  tarmog‗ining  ijobiy  hissasi  0,5 foizni  darajasida  baholandi. 
Qishloq, o‗rmon va baliq xo‗jaligida 0,3 foiz darajasida ijobiy o‗sish sur‘ati qayd 
etildi.  Mazkur tarmoqning  YaIM  mutloq o‗sish sur‘atiga  ta‘siri  0,1  foizni tashkil 
qildi. 
O‗zbekiston  Respublikasi  Davlat  byudjetining  2018  yilgi  ijrosida  ijtimoiy 
sohalarni  yanada  rivojlantirish,  aholining  turmush  darajasini  oshirish  va  ularning 
ijtimoiy  himoyasini  ta‘minlash  borasidagi  masalalarning  moliyalashtirilishiga 
alohida  e‘tibor qaratilgani  qayd  etildi. Jumladan,  hisobot davrida  aholini  ijtimoiy 
qo‗llab-quvvatlashga  yo‗naltirilgan  xarajatlar  Davlat  byudjetining  53,8  foizini, 
ya‘ni YaIM nisbatan 10,5 foizni tashkil etdi. 
2018 yilda aholi umumiy daromadlari 286,3 trln. so‗mni tashkil etdi va 2017 
yilga  nisbatan  110,3  foiz  real  o‗sish  sur‘atiga  erishildi.  Yil  yakunlariga  ko‗ra, 
respublikada tashqi savdo aylanmasi 33,8 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, 2017 
yilga nisbatan 27,3 foizga o‗sdi. 
2018  yil  davomida  Davlat  byudjeti  daromadlari  79  trln.  99  mlrd.  so‗mni 
tashkil  qildi  va  2017  yilga  nisbatan  59,2  foizga  o‗sdi  hamda  belgilangan  62  trln 
500 mlrd. so‗m reja 16 599,0 mlrd. so‗mga ortig‗i bilan (126,6 foiz) bajarildi. O‗z 
navbatida,  Davlat  byudjeti  daromadlarining  Yalpi  ichki  mahsulotdagi  ulushi  19,4 
foizni tashkil qildi
121

Davlat  moliyasini  isloh  qilish  yuzasidan  olib  borilayotgan  o‘zgarishlarning 
markazida  davlat  byudjetining  shakllanishi  va  uning  mablag‘laridan  yanada 
samarali foydalanish,  byudjet  taqchilligi  o‘sishiga  ta’sir  etuvchi  omillarning  oldini 
olish,  shu  bilan  birga  byudjet  mablag‘laridan  foydalanish  jarayonida  byudjet 
intizomlariga rioya etilishini va bunda moliyaviy nazoratni kuchaytirish, qolaversa, 
                                                           
121
  O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  taqdim  etilgan  O‗zbekiston  Respublikasi  Davlat 
byudjetining va davlat maqsadli jamg‗armalari byudjetlarining 2018 yildagi ijrosi to‗g‗risidagi hisobot. 


356 
 
samarali  moliyaviy  nazorat  tizimini  shakllantirish  orqali  davlat  byudjetining 
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyatini oshirish masalalari turadi.  

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish