A. A. Shernaev, N. E. Jiyanova


-BOB   DAVLAT  MOLIYASINI  BOSHQARISHDA  DAVLAT



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/178
Sana25.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#101346
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   178
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

12-BOB
  DAVLAT  MOLIYASINI  BOSHQARISHDA  DAVLAT 
MOLIYAVIY  NAZORATINI  AMALGA  OSHIRISHNING    NAZARIY  VA 
TASHKILIY  ASOSLARI
 
12.1. Davlat moliyaviy nazorat organlari, ularning vazifalari va 
funksiyalari 
Bozor  iqtisodiyoti  uchun  davlat  moliyaviy  nazorati  faoliyatning 
alohida  bir  sohasiga  aylanib  boradi.  Davlat  moliyaviy  nazoratning 
ob‘yekti  bo‗lib  boshqarishning  barcha  darajalarida  moliyaviy 


330 
 
resurslarning  shakllanishi  va  ishlatilishidan  taqsimlanish  jarayonlari 
maydonga chiqadi. Bu boradagi davlat moliyaviy nazorati avvalo davlat 
moliyaviy  resurslaridan  maqsadga  muvofiq  va  samarali  foydalanishi, 
davlat  mulkidan  oqilona  foydalanishini  ta‘minlashga  xizmat  qilmog‗i 
lozim. 
Rossiyalik  iqtisodchi  olim  N.S.Maleinning  fikricha,  ―Moliyaviy 
nazorat  –  moliyaviy,  kredit  va  xo‗jalik  organlari  (tashkilotlari)ning 
rejalarning  bajarilishi  jarayonida  moliyaviy,  byudjet,  soliq,  kredit,  hisob–
kitob va kassa intizomini ta‘minlanishiga qaratilgan va pul xarajatlarining 
qonuniyligi, asosligi va oqilonaligini tekshirishdan iborat qonun normalari 
bilan tartibga solinuvchi faoliyatidir‖
107

Davlat  moliyaviy  nazorati  bu  davlatning  asosiy  qonunlariga 
tayanadigan va hokimiyat hamda boshqaruv organlari iqtisodiy-huquqiy 
harakatining kompleksli va maqsadga yo‗naltirilgan tizimidir. Moliyaviy 
nazoratni tashkil etishda mamlakatning Konstitutsiyasi hal qiluvchi rolni 
o‗ynaydi.  Uning  huquqiy  reglamenti  davlatning  tipiga,  uning  sotsial-
siyosiy  yo‗naltirilganligiga,  iqtisodiy  tarqqiyot  darajasiga,  mulkchilik 
shakllarining  nisbatiga  bog‗liq.  Davlat  moliyaviy  nazorati  YaIM 
taqsimlanishining  qiymat  proportsiyalarini  kuzatishga  qaratilgan.  Bu 
nazorat  davlat  moliyaviy  resurslarini  shakllantirish,  ularning  to‗liq  va 
o‗z vaqtida tushib turishi va ulardan maqsadli foydalanish bilan bog‗liq 
bo‗lgan  pul  resurslari  harakatining  barcha  kanallariga  (tarqatiladi) 
tegishli  hisoblanadi.  Bu  narsa,  eng  avvalo,  barcha  darajalardagi 
byudjetlar  va  nobyudjet  fondlarni  ishlab  chiqish,  muhokama  qilish, 
tasdiqlash  va  ijro  etish,  korxona  va  tashkilotlar,  banklar  va  moliyaviy 
korporatsiyalarning  moliyaviy  faoliyati  ustidan  nazoratni  anglatadi. 
Agar  umummilliy  iqtisodiy  manfaatlar  bilan  belgilangan  (aniqlangan) 
bo‗lsa,  davlat moliyaviy nazoratchilari ham davlat sektorida va xususiy 
hamda  korporativ  biznes  sektorida  taftish  va  tekshirishlarni  amalga 
oshirish  huquqiga  egadir.  Biroq  iqtisodiyotning  nodavlat  sektorida 
davlat  tomonidan  amalga  oshiriladigan  moliyaviy  nazorat  faqat  soliqlar 
                                                           
107
 Малеин Н.С. Кредитно-расчетные правоотношения и финансовый контроль.–М.: Наука.-2009 г. 248 стр. 


331 
 
va boshqa majburiy to‗lovlarni ham qo‗shib olgan holda davlat oldidagi 
pul  majburiyatlarining  bajarilishi  sohalarini,  ularga  ajratilgan  byudjet 
subsidiyalari  va  kreditlarini  sarflashda  maqsadga  muvofiqlilik  va 
qonuniylikning  rioya  qilinishi,  shuningdek,  hukumat  tomonidan 
o‗rnatilgan  (belgilangan)  pul  hisob-kitoblarini  tashkil  qilish, 
buxgalteriya  hisobi  va  hisobotni  yuritish  qoidalariga  rioya  etilishini 
qamrab oladi. 
Byudjet  tashkilotlarini  moliyaviy  mablag‗  bilan  ta‘minlashda 
umudavlat  moliyaviy  nazoratni  mustahkamlash  va  yanada  kuchaytirish, 
moliyaviy  nazorat  organlari  faoliyatini  muvofiqlashtirish  muammosi 
hamisha  dolzarb  masala  bo‗lib  kelgan  va  hozirgi  sharoitda  ham 
dolzarbligicha  qolmoqda.  Bu  esa  mazkur  sohada  ilmiy  tadqiqotlar  olib 
borishning naqadar muhimligini yanada aniqroq ko‗rsatib beradi. 
Davlat  moliyaviy  nazorati  davlat  hokimiyati  organlarining  hamda 
mahalliy  o‗z-o‗zini  boshqarish  organlarining  huquqiy  normalari  bilan 
tartibga  solinadigan  davlat  moliyaviy  resurslarining  shakllanishi, 
taqsimlanishi,  maqsadga  muvofiq  va  samarali  ishlatilishi  ustidan, 
shuningdek,  davlat  va  mahalliy  mulkdan  qonuniy  tarzda  foydalanish 
ustidan  nazorat  qilish  yuzasidan  moliyaviy  huquq  normalari  bilan 
tartibga  solinadigan  maqsadli  faoliyatdir.  Bu  faoliyatning  asosiy 
maqsadi  nazorat  qilinadigan  ob‘yektlar  faoliyatidagi  kamchiliklarni 
topish  va  mansabdor  shaxslarni  jazolashdan  iborat  bo‗lib  qolmasdan, 
balki  bu  kamchiliklarning  oldini  olish,  ularga  yo‗l  qo‗ymaslik, 
ogohlantirishdan iboratdir. 
Davlat  moliyaviy  nazorati  byudjet  to‗g‗risidagi  qonun 
hujjatlarining  moliyaviy  nazorat  ob‘yektlari  tomonidan  buzilishi 
hollarini  aniqlash,  bartaraf  etish  va  unga  yo‗l  qo‗ymaslik  maqsadida 
davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi. 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Hisob 
palatasi, 
O‗zbekiston 
Respublikasi  Moliya  vazirligi  va  uning  tasarrufidagi  vakolatli  organlar 
davlat  moliyaviy  nazorat  organlaridir.  Davlat  byudjetining  va  davlat 
maqsadli  jamg‗armalari  byudjetlarining  daromadlari  qismi  bo‗yicha 
davlat  moliyaviy  nazorati  berilgan  vakolatlar  doirasida  davlat  soliq 


332 
 
xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi
108

Mulkchilik  shakllaridan  qat‘iy  nazar,  xo‗jalik  yurituvchi 
sub‘yektlarni  tekshirishni  tartibga  solish,  nazorat  organlari  tomonidan 
ularning  faoliyatiga  asossiz  ravishda  aralashuvga  yo‗l  qo‗ymaslik 
maqsadida  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  ―Tekshiruvlarni 
tartibga  solish  va  nazorat  organlarining  faoliyatini  muvofiqlashtirish 
to‗g‗risida‖ 1996 yil 8 avgustdagi №UP-1503 Farmoni bilan Respublika 
nazorat  organlarining  faoliyatini  muvofiqlashtirish  kengashi  faoliyat 
ko‗rsatmoqda. 
Mazkur Kengash xo‗jalik  yurituvchi sub‘yektlar faoliyatini davlat 
nazorat 
etish 
sohasidagi 
markaziy 
muvofiqlashtiruvchi 
organ 
hisoblanadi. Kengash qarorlari xo‗jalik yurituvchi sub‘yektlar faoliyatini 
tekshirish bo‗yicha davlat nazoratini amalga oshirishga vakolat berilgan 
barcha organlar uchun majburiy hisoblanadi. 
Kengash  tarkibi  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tomonidan 
tasdiqlanadi.  Kengash  o‗z  faoliyatini  Respublika  nazorat  organlarining 
faoliyatini  muvofiqlashtirish  kengashi  to‗g‗risida  nizomga  asosan 
amalga oshiradi
109

Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarda 
tegishli  hududiy  komissiyalar  tuzilgan  bo‗lib,  ularning  tarkibi 
Respublika nazorat organlarining faoliyatini  muvofiqlashtirish kengashi 
tomonidan tasdiqlanadi. 
Kengash  faoliyatining  maqsadi,  mulkchilik  shakllaridan  qat‘iyy 
nazar,  xo‗jalik  yurituvchi  sub‘yektlarni  tekshirishni  tartibga  solish  va 
muvofiqlashtirish,  ularning  ish-faoliyatiga  nazorat  organlari  tomonidan 
asossiz ravishda aralashishga yo‗l qo‗ymaslikdan iborat. 
Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari qilib belgilangan: 
1) Nazorat  organlarining  xo‗jalik  yurituvchi  sub‘yektlar  ish-
faoliyatini tekshirish masalalari bo‗yicha faoliyatini muvofiqlashtirish
2) Xo‗jalik  yurituvchi  sub‘yektlarning  ish-faoliyati  bo‗yicha 
o‗tkaziladigan tekshiruvlarning umumiy sonini qisqartirish; 
                                                           
108
 O‗zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi. (173-moddasi). T.: Norma MCHJ. 2014 y. 96 b. 
109
 O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 19 noyabrdagi № PF-2114–sonli Farmoni. 


333 
 
3) Tekshiruvlar,  shuningdek  nazorat  organlarining  faoliyatini 
qaytarishga 
yo‗l 
qo‗yuvchi 
kompleks 
tekshiruvlarning 
muvofiqlashtiruvchi rejalarini ishlab chiqish
4) Tekshiruvlar  o‗tkazish  bo‗yicha  muvofiqlashtiruvchi  rejalarga 
rioya  etilgan  holda  nazorat  organlarining  faoliyati  ustidan  nazorat 
o‗rnatish  va  Kengash  bilan  kelishilmay  turib,  rejadan  tashqari,  qarshi 
tekshiruv  va  nazorat  tartibida  tekshiruvlar  o‗tkazilishiga  yo‗l 
qo‗ymaslik; 
5) Tekshiruvlarni qisqartirish va takomillashtirish maqsadida ularni 
tashkil  etish  tizimini  tartibga  solish  yuzasidan  chora-tadbirlar  ishlab 
chiqish. 
Kengash hududiy komissiyalarining asosiy funksiyalariga: 
-  xo‗jalik  yurituvchi  sub‘yektlar  faoliyatini  tekshirish  bo‗yicha 
hududiy muvofiqlashtiruvchi reja-grafiklar ishlab chiqish; 
-  muvofiqlashtiruvchi  reja-grafiklar  bajarilishiga  rioya  etilishi 
ustidan monitoring o‗rnatish kabi vazifalar kiradi. 
Kengash  o‗z  zimmasiga  yuklatilgan  vazifalarni  bajarishi  uchun 
hamda o‗z maqomiga muvofiq ravishda quyidagi huquqlarga ega: 
-  respublika  barcha  vazirliklari  va  idoralaridan  yaqinlashib 
kelayotgan  davr  uchun  mo‗ljallangan  xo‗jalik  yurituvchi  sub‘yektlar 
faoliyatini tekshiruv rejalarini so‗rash va olish; 

tekshiruvlarni  muvofiqlashtirish  bo‗yicha  qonunchilikda 
belgilangan  tartibga  rioya  etilishini  ta‘minlash  talab  qilingan 
ko‗rsatmalarni,  Kengash  Raisi  imzosi  qo‗yilgan  holda,  nazorat 
organlariga jo‗natish; 
-  tekshiruvlarni  muvofiqlashtirish  to‗g‗risidagi  qonunchilikni 
buzish  yoki  Kengash  qarorlarini  buzishda  aybdor  bo‗lgan  nazorat 
organlari  rahbarlari  va  mansabdor  shaxslarga  ma‘muriy  choralar 
belgilanganligi  to‗g‗risidagi  taqdimnomalarni,  Kengash  Raisi  imzosi 
qo‗yilgan holda, jo‗natish; 
-  nazorat  organlarining  rejadan  tashqari  tekshiruvlar  o‗tkazish 
to‗g‗risidagi  qarorlarini,  agar  ularni  o‗tkazish  uchun  yetarlicha  asoslar 
bo‗lmasa, bekor qilish. 


334 
 
Kengash  nazorat  organlari  tomonidan  nazoratni  tartibga  solish 
sohasidagi  qonunchilikka  qat‘iyy  rioya  etishi,  xo‗jalik  yurituvchi 
sub‘yektlarning  nazorat  organlarining  noqonuniy  harakatlari  ustidan 
tushgan  arizalarini  o‗z  vaqtida  ko‗rib  chiqishi,  ular  yuzasidan  qarorlar 
qabul  qilishi  hamda  olib  borilayotgan  ishlarning  natijalari  to‗g‗risida 
hukumatga muntazam ravishda axborot berib turishi shart. 
O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2002  yil  27  iyundagi  
―O‗zbekiston  Respublikasi  Hisob  palatasini  tashkil  etish  to‗g‗risida‖gi  
PF-3093  farmoni
110
  ga  muvofiq  O‗zbekiston  Respublikasi  Davlat 
byudjetining  ijrosi,  davlat  aktivlari  va  passivlarining  holati  hamda 
harakati,  qimmatbaho  metallar  va  toshlar  bilan  operatsiyalar  amalga 
oshirilishi,  oltin-valyuta  zaxiralarini  boshqarish,  xorijiy  kapitalni 
respublika  iqtisodiyotiga  jalb  etish  va  undan  samarali  foydalanish, 
davlatning  tashqi  qarzi  o‗z  vaqtida  qaytarilishi  doimiy  monitoringi  va 
nazoratini  ta‘minlash  maqsadida  -  O‗zbekiston  Respublikasining  Hisob 
palatasi tashkil qilindi. 
O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2005  yil  4  apreldagi 
―O‗zbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyatini tashkil qilishni 
takomillashtirish  to‗g‗risida‖gi  PF-3592-son  Farmoniga  muvofiq  Hisob 
palatasi  O‗zbekiston  Respublikasi  Davlat  byudjeti  va  byudjetdan 
tashqari  maqsadli  jamg‗armalarning  maqsadli  va  samarali  ijro  etilishi, 
davlat  aktivlari  va  passivlarining  holati  va  harakati,  oltin  valyuta 
zaxiralari hamda tashqaridan qarz olishlarni amalga oshirish, boshqarish 
va  tasarruf  etish  ustidan  davlat  nazoratini  amalga  oshiradigan  moliya 
nazoratining yuqori organi hisoblanadi. 
Hisob  palatasi  o‗z  zimmasiga  yuklangan  vazifalarni  qonuniylik, 
xolislik,  mustaqillik  va  oshkoralik  qoidalari  asosida  amalga  oshiradi. 
Davlat  moliyaviy  nazorati  tizimida  Hisob  palatasiga  katta  rol  ajratilgan 
bo‗lib, u mustaqil va ob‘yektiv organ sifatida O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidenti va O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisob beradi. 
Hisob  palatasining  nazorat  faoliyati  O‗zbekiston  Respublikasi 
                                                           
110
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.04.2005 y.dagi PF-3592-son Farmoni bilan o‘zgartirishlar kiritilgan
 


335 
 
Prezidentining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy masalalari va tashkiliy-nazorat 
masalalari bo‗yicha davlat maslaxatchilari bilan kelishilgan yarim yillik 
va yillik Nazorat ishlari dasturlari asosida amalga oshiriladi. 
Belgilangan  tartibda  Hisob  palatasining  Nazorat  ishlari  dasturiga 
kiritilgan  yuridik  shaxslar  (byudjet  tashkilotlaridan  tashqari)  ro‗yxati 
nazorat  qilish  organlari  faoliyatini  muvofiqlashtiruvchi  Respublika 
Kengashi bilan kelishiladi. 
Nazorat  tadbirlarining  yarim  yillik  va  yillik  dasturlari  asosida 
tekshirishlarni  amalga  oshirayotganda  Hisob  palatasi  vazirliklar  va 
idoralarning  ma‘sul  xodimlarini,  shuningdek  malakali  mustaqil 
ekspertlarni  jalb  etgan  holda  huquqbuzarliklarning  turi  va  xususiyatini, 
huquqbuzarliklarni sabablarini aniqlaydi va ularni bir tizimga soladi. 
Yuqoridagi  farmonga  muvofiq  quyidagilar  Hisob  palatasining 
asosiy vazifalari etib belgilangan: 
- davlat  byudjeti  loyihasining  makroiqtisodiy  ko‗rsatkichlari  va 
parametrlarini shakllantirish jarayonini chuqur va puxta o‗rganish, ularni 
bozor  islohotlarini  chuqurlashtirish  va  iqtisodiyotni  erkinlashtirish 
borasida  o‗tkazilayotgan  siyosatning  g‗oyat  muhim  ustuvor 
yo‗nalishlariga, respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish sohasida 
qabul  qilingan  maqsadli  kompleks  dasturlarga  to‗la-to‗kis  mos  kelishi 
nuqtayi nazaridan tanqidiy baholash
- tarmoqlar  va  hududlar  bo‗yicha  davlat  byudjetining  daromad 
qismi  shakllantirilishi  va  ijrosini  moddama-modda,  har  tomonlama 
chuqur  tahlil  etish,  byudjet  daromadlarining  asosiy  moddalari  bo‗yicha 
prognoz  ko‗rsatkichlarining  realligi  va  tig‗izligiga  baho  berish,  bunda 
yoqilg‗i-energetika kompleksi, qazib chiqarish sanoati, iste‘mol tovarlari 
ishlab chiqarish va savdo, iqtisodiyotning daromad hosil qiluvchi boshqa 
tarmoq va sohalaridagi zaxiralarni aniqlashga alohida e‘tibor qaratish; 
- agrosanoat  kompleksidagi  xo‗jalik  yurituvchi  sub‘yektlarning 
moliyaviy  holati  monitoringini  amalga  oshirish,  qishloq  va  suv 
xo‗jaligini  rivojlantirishga  ajratiladigan  byudjet  mablag‗lari  hamda 
byudjetdan tashqari jamg‗armalarning mablag‗laridan maqsadli, oqilona 
va samarali foydalanilishini nazorat qilish; 


336 
 
- mahalliy  byudjetlar  shakllantirilishi  va  amalga  oshirilishini, 
ularning  balanslanishini  muntazam  tahlil  etish  va  nazorat  qilish, 
mahalliy  boshqaruv  va  fuqarolarning  o‗zini-o‗zi  boshqarish  organlari 
zimmasiga  yuklatilgan  vazifalar  hamda  funksiyalarni  bajarish  uchun 
ularga  real  moliyaviy  mablag‗lar  ajratib  berish  vazifasini  hal  etish 
zarurligidan  kelib  chiqqan  holda  respublika  va  mahalliy  byudjetlar 
o‗rtasidagi nisbatni maqbullashtirish bo‗yicha takliflar ishlab chiqish
- byudjetdan  tashqari  jamg‗armalarga  yig‗iladigan  mablag‗lari 
to‗liq  tushishi,  ulardan  maqsadli,  oqilona  va  samarali  foydalanilishi 
ustidan qattiq nazoratni amalga oshirish; 
- o‗tkazilayotgan 
pul-kredit 
siyosatini, 
milliy 
valyutani 
mustahkamlash,  uning  xarid  qobiliyatini  oshirish,  pul  massasi  va  pul 
agregatlarini  maqbul  holga  keltirish,  bankdan  tashqari  pul  aylanishini 
keskin qisqartirish bo‗yicha ko‗rilayotgan chora-tadbirlarni chuqur tahlil 
qilish va baholash
- tashqaridan  olinadigan  qarzlarning  hajmlari  va  maqsadga 
muvofiqligini  tanqidiy  baholash,  olinadigan  xorijiy  kredit  va  grant 
mablag‗laridan  samarali  va  oqilona  foydalanilishini,  shuningdek 
hukumat  tomonidan  yoki  hukumatning  kafolati  bilan  olingan  tashqi 
kreditlarga o‗z vaqtida xizmat ko‗rsatilishini qattiq nazorat qilish; 
- oltin-valyuta  zahiralarining  holati  va  uning  harakati  ustidan 
nazoratni amalga oshirish, tashqi aktivlarni boshqarish bo‗yicha amalga 
oshirilayotgan  chora-tadbirlarni  tahlil  qilish  va  ularni  xorijiy  banklarda 
samarali  joylashtirish  va  qayta  joylashtirish  bo‗yicha  takliflar  ishlab 
chiqish, oltin-valyuta zaxiralari, shu  jumladan, qimmatbaho  metallar va 
qimmatbaho toshlar bilan o‗tkaziladigan operatsiyalar ustidan nazoratni 
ta‘minlash. 
O‗zbekiston  Respublikasig  Moliya  vazirligi  davlat  vazifalari  va 
funksiyalarini  amalga  oshirish  uchun  zarur  moliyaviy  negiz  yaratishni, 
respublika byudjetini ishlab chiqish va ijro etishni, uning daromad qismi 
barqarorligini  ta‘minlashni,  valyuta  rejasini  tuzish  va  ijro  etishni,  pul 


337 
 
resurslaridan oqilona va tejab sarflashni ta‘minlaydi.
111
 
O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi,  Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi  Moliya  vazirligi,  viloyatlar  va  tumanlar  hokimliklari 
boshqarmalari  va  bo‗limlari,  davlat  sug‗urta  idoralari,  shuningdek, 
ularga  qarashli  davlat  korxonalari,  muassasalari  va  tashkilotlari 
O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligining  yagona  tizimini  tashkil 
etadi. 
 Moliya vazirligi o‗z tizimiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va 
tashkilotlar  faoliyatini  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  yoki  o‗zi  tashkil  etadigan 
organlar orqali muvofiqlashtiradi va yo‗naltiradi. 
O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligining  zimmasiga  davlat 
moliyaviy nazoratini amalga oshirish bo‗yicha quyidagi asosiy vazifalar 
va funksiyalar yuklangan: 
                                                           
111
 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‖. PQ-№2847-sonli Qarori, 2017 yil 18 mart 
 


338 
 
 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish