meliorativ
obyektlarni
joriy ta‟mirlash — meliorativ
obyektlarni ish holatida saqlashga mo‗ljallangan, muntazam ravishda
amalga oshiriladigan ta‘mirlash ishlari. Bunda foydalaniladigan moddiy-
texnika resurslari (temir-beton, metall konstruksiya, sement, metall va
hokazolar), ehtiyot qismlar va asbob-uskunalar qiymati ta‘mirlash-
tiklash ishlari jami qiymatining 20 foizidan ortiq bo‗lmasligi kerak;
meliorativ obyektlarni mukammal ta‟mirlash — jarayon
davomida obyekt yoki uning ayrim elementlarini to‗liq yoki qisman
tiklash, inshootlarning eskirgan konstruksiyalari va asbob-uskunalarini
almashtirish yoki ularni mustahkamroq va tejamlilari bilan yangilashga
doir ishlar. Bunda foydalaniladigan moddiy-texnika resurslari, ehtiyot
qismlar va asbob-uskunalar qiymati ta‘mirlash-tiklash ishlari jami
qiymatining 20 foizidan ortiqni tashkil qiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |