A. A. Shernaev, N. E. Jiyanova


 Davlat byudjet xarajatlarining mohiyati, zaruriyati va ularni



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/178
Sana25.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#101346
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   178
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

5.4. Davlat byudjet xarajatlarining mohiyati, zaruriyati va ularni 
moliyalashtirish usullari 
 
Byudjetdan  moliyalashtirish  deyilganda    rejada  ko‗zda  tutilgan 
tadbirlarni amalga oshirish uchun subyektlarga byudjetdan mablag‗larni 
taqdim  etish  tizimi  tushuniladi.  U  pul  mablag‗larini  taqdim  etishning 
o‗ziga  xos  bo‗lgan  shakl  va  metodlari  bilan  xarakterlanadi  hamda 
ma‘lum  bir  prinsiplarga  tayanadi.  Byudjetdan  moliyalashtirishning 
prinsiplari,  shakllari  va  metodlari  bu  tizimning  tarkibiy  elementlari 
bo‗lib  hisoblanadi  va  uning  amal  qilish  natijalariga  o‗z  ta‘sirini 
ko‗rsatadi.  Muhim  ijtimoiy-iqtisodiy  vazifalar  hal  etilayotgan  hozirgi 
paytda  oqilona  va  samarali  byudjetdan  moliyalashtirish  tizimining 
ahamiyati yanada ortadi. 
Iqtisodiy  mazmun-mohiyatiga  ko‗ra  davlat  byudjeti  xarajatlari  – 
davlatning  markazlashgan  pul  fondida  jamlanadigan  pul  mablag‗larini 


taqsimlash,  qayta  taqsimlash  va  ishlatish  bilan  bog‗liq  bo‗lgan,  davlat 
bilan  davlat  byudjetidan  mablag‗  oluvchilar  o‗rtasida  sodir  bo‗ladigan 
iqtisodiy pul munosabatlaridir. 
Davlatning  o‗z  funksiyalari  va  vazifalarini  bajarishi  bilan  bog‗liq 
ravishda  vujudga  kelgan  chiqimlar  –  byudjet  xarajatlari  davlatning 
markazlashtirilgan pul fondlari  mablag‗larini turli  yo‗nalishlar bo‗yicha 
foydalanish  jarayonida  vujudga  keladigan  iqtisodiy  munosabatlarni 
ifodalaydi.  
Byudjet xarajatlari tarkibi va tuzilmasi muayyan byudjet yili uchun 
tasdiqlanadigan  davlat  byudjeti  parametrlarida  bevosita  ko‗rsatiladi  va 
byudjet  daromadlari  kabi  mamlakatda  u  yoki  bu  davrda  qaror  topgan 
iqtisodiy  vaziyatga  hamda  ijtimoiy  ustuvorliklar  ko‗lamiga  bog‗liq 
bo‗ladi.  
Jamiyatning  iqtisodiy  hayotida  byudjet  xarajatlarining  roli  va 
ahamiyatini  aniqlash  uchun  ularni  ma‘lum  belgilarga  ko‗ra 
turkumlashtirish  maqsadga  muvofiq.  Ular  o‗zlarining  iqtisodiy 
mazmuni,  ijtimoiy  takror  ishlab  chiqarishdagi  roli,  ishlab  chiqarish 
tarmoqlari  va  faoliyat  turlari,  ijtimoiy  mo‗ljallanganligi  bo‗yicha  va 
ma‘lum maqsadlariga ko‗ra alohida guruhlarga ajratilishi mumkin.  
Eng  avvalo,  o‗zining  iqtisodiy  mazmuniga  ko‗ra,  Davlat 
byudjetining xarajatlari kapital va joriy xarajatlarga bo‗linadi. 
Byudjetning  kapital  xarajatlari  innovatsion  va  investitsion 
faoliyatga yo‗naltirilgan xarajatlardir.  
Davlat  hokimiyat    organlari,  mahalliy  o‗z-o‗zini  boshqarish 
organlari,  byudjet  tashkilotlarining  joriy  faoliyatini  ta‘minlashga 
yo‗naltirilgan  byudjet  xarajatlari,  boshqa  byudjetlar  va  iqtisodiyotning 
alohida  tarmoqlariga  dotatsiya,  subsidiya  va  subvensiya  shaklida 
ko‗rsatiladigan  davlat  tomonidan  qo‗llab-quvvatlash  bilan  bog‗liq 
bo‗lgan  xarajatlar  va  Davlat  byudjeti  xarajatlarining  turkumlanishiga 
muvofiq  kapital  xarajatlarning  tarkibiga  kiritilmagan  boshqa  xarajatlar 
byudjetning joriy xarajatlari deyiladi.  
Takror  ishlab  chiqarishdagi  roliga  ko‗ra,  Davlat  byudjetining 
xarajatlari    milliy  iqtisodiyotga  (xo‗jalikka)  qilinadigan  xarajatlar    va 
ijtimoiy  soha  hamda  aholini  ijtimoiy  qo‗llab-quvvatlash  xarajatlariga 


bo‗linadi.  
Davlat  byudjeti  xarajatlarining  tarmoq  belgisi  bo‗yicha  guruhlarga 
ajratishning  asosiga  milliy  iqtisodiyot  (xo‗jalik)ning  umume‘tirof  etilgan 
tarmoqlarga  bo‗linishi  qabul  qilingan.  Shunga  muvofiq  ravishda  byudjet 
xarajatlari  sanoat,  qishloq  xo‗jaligi,  qurilish,  transport,  aloqa,  maorif, 
sog‗liqni  saqlash,  madaniyat  va  sport,  fan,  ijtimoiy  sug‗urta  va  ijtimoiy 
ta‘minot,  davlat  boshqaruvi,  mudofaa    va  h.  k.  xarajatlariga  bo‗linishi 
mumkin.   
2.3 -jadval   

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish