14.1. ASCII asosidagi protokollar
ASCII ga asoslangan protokollar soddaligi tufayli ko‘p qo‘llaniladi. Asosiy kamchiligi bir nechta qurilmalari mavjud katta sistemalarda ma’lumot almashinuvi sekin kechadi. Odatda ASCII asosidagi protokollar faqat bitta master bilan cheklangan tizimlar uchun qo‘llaniladi. Shuningdek ASCII ga asoslangan protokollar avtonom qurilmalarni boshqarishda keng qullaniladi, bunda ketma ket interfeyslar qo‘shilgani mavjud proektni o‘zgartirmaydi. Aslida, qo‘shimcha ketma-ket port boshqa klaviatura kabi ishlashini anglatadi.
ASCII ga asoslangan protokollar oddiy bo‘lishi bilan birga, tajribasida ma’lum ishlab chiqaruvchilar tomonidan aniq tarif berilmasligi sababli ularni amalga oshirishda bir qancha muammolar kelib chiqadi. Quyida ASCII ga asoslangan 2 ta protocol qo‘llanmasi berilgan. Birinchisi, aqlli uzatkichlar uchun, ikkinchisi o‘zgaruvchan tezlik o‘zgartirgichlari uchun. Aqlli uzatkichlar uchun qo‘llaniladigan protocol oddiy protocol strukturaga ega, ANSI-X3.28-2.5-A4 protokoli esa anchagina murakkab yondashuv asosida ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |