6.1. О‘ralgan juftlik asosidagi kabellar
О‘ralgan juft simlar hozirgi kunda eng arzon va eng kо‘p tarqalgan kabellarda ishlatiladi. О‘ralgan juftlik asosidagi kabel tuzilishi ikkita mis sim dielektrik material bilan har biri alohida qoplanib, ular о‘zaro bir-biriga о‘ralgan, bunday juftliklarning bir nechtasi umumiy dielektrik (plastikli) g‘ilofga olingan bо‘ladi. U ancha egiluvchan va uni aloqa kanaliga yotqizish qulaydir.
Odatda о‘ralgan juft kabel tarkibi 2 ta yoki 4 ta juftlikdan iborat bо‘ladi (6.1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |