A. A. Qaxxarov, yu. Sh. Avazov, U. A. Ruziyev kompyuter tizimlari va tarmoqlari



Download 7,26 Mb.
bet62/312
Sana06.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#321187
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   312
Bog'liq
Компьютер тизимлари Дарслик Юсуф 18 10 2019

Hisoblash tizim – bu bir yoki bir necha kompyuterlarni yoki protsessorlarni, dasturiy ta’minotni, tashqi qurilmalarni axborot-hisoblash jarayonini birgalikda bajarish uchun mо‘ljallangan tо‘plami.

Hisoblash tizimida kompyuter bitta bо‘lishi mumkin, lekin kо‘p vazifali tashqi qurilma bilan birgalikda ulangan bо‘lishi mumkin. Tashqi qurilmaning narxi kо‘pincha kompyuter narxidan kо‘p marotaba ortiq bо‘ladi. Kо‘p tarqalgan bir kompyuterli XT ga misol tariqasida axborotga teleishlov berish tizimini keltirish mumkin. Lekin hisoblash tizimining ananaviy varianti kо‘p kompyuterli va kо‘p protsessorli variantlardir.

Birinchi hisoblash tizimlari tezlikni va ishlash ishonchliligini oshirish maqsadida hisoblash operatsiyalarni parallel bajarish yо‘lini qо‘llash orqali yaratilgan. Kompyuterning keyingi tezligini oshirishdagi “tо‘siq” bu elektromagnit tо‘lqinlarining tarqalishini oxirgi tezligi, yorug‘lik tezligi – 300 000 km/s. XT elementlari orasida signallarning tarqalish vaqti elektron sxemalarning о‘tish vaqtidan ancha oshishi mumkin. Shuning uchun operatsiyalarni qatʻiy ketma-ketlikda bajarilishi fon Neyman tarkibli kompyuterga xarakterlidir, bu tarkib esa XT tezligini jiddiy oshirishga imkon bermaydi.

Operatsiyalarni bajarilishini parallelligi tizim tezligini jiddiy oshiradi; u shuningdek agarda operatsiyalar ikki martta bajarilsa va ularning natijalari solishtirilsa ishonchlilikni (tizimdagi bitta kompyuter buzilsa uning vazifasini boshqa kompyuter о‘z zimmasiga oladi) va tizim vazifasini tо‘g‘ri bajarilishini jiddiy oshirishi mumkin.

Zamonaviy XT uchun, superkompyuterlardan tashqari, ularning zarurlik kо‘rsagichlarini asoslashning о‘zi ham boshqacha – foydalanuvchiga axborot xizmatlarini kо‘rsatishning о‘zi va bu xizmatning sifati hamda servisi muhim. Superkompyuterlar va kо‘p protsessorli XT uchun muhim kо‘rsatgich ularning unumdorligi va ishonchliligidir.

Hisoblash tizimlari kompyuterlar asosida tuzilishi mumkun – kо‘p mashinali XT, yoki alohida protsessorlar asosida tuzilishi mumkin – kо‘p protsessorli XT.

Hisoblash tizimlari yana bо‘lishi mumkin:


  • bir turdagi;

  • bir turda bо‘lmagan.

Bir turdagi XT bir turdagi kompyuterlar asosida yoki protsessorlarda tashkil etiladi, unda dasturiy vositalarni standart tо‘plamlarini, qurilmalarni ulash uchun anaʻnaviy protokollarni ishlatish mumkin bо‘ladi. Ularni tashkillashtirish ancha oson, tizimga xizmat kо‘rsatish va ularni rivojlantirish yengillashadi.

Bir turda bо‘lmagan XT о‘z tarkibiga turli xildagi kompyuterlarni yoki protsessorlarni oladi. Tizimni qurishda ularning turli texnik va funksional kо‘rsatgichlarini hisobga olishga tо‘g‘ri keladi, bu esa bundek tizimlarni yaratishni va ularga xizmat kо‘rsatishni jiddiy qiyinlashtiradi.

Hisoblash tizimlari ishlashi mumkin:



  • tezkor ish tartibida (online);

  • tezkor bо‘lmagan ish tartibida (offline).

Tezkor tizimlar real vaqt о‘lchamida ishlaydilar, ularda axborotlar almashuvini tezkor ish tartibi joriy etiladi – sо‘rovlarga javoblarni juda tez olinadi. Tezkor bо‘lmagan XT “javobni keyinga qoldirish” ish taribiga yо‘l qо‘yiladi, sо‘rovlarga javoblarni bajarilishi ba’zi ushlanish bilan amalga oshirilishi mumkin (ba’zida tizim ishlashining keyingi seansida).

Hisoblash tizimlarini yana markazlashtirilgan va tarqatilgan boshqarishli guruhga ajratiladi. Birinchi holda boshqarishni ajratilgan kompyuter yoki protsessor bajaradi, ikkinchi holda esa kopmyuterlar teng huquqli va ularning har biri boshqarishni о‘zi olishi mumkin.

Undan tashqari XT bо‘lishi mumkin:


  • iudud bо‘yicha jamlangan (barcha kompyuterlar bevosita bir-biriga yaqin joylashtirilgan);

  • taqsimlangan (kompyuterlar bir-biriga nisbatan katta masofada joylashgan, masalan, hisoblash tarmog‘i);

  • tarkibiy jihatidan bir bosqichli (axborotlarga ishlov berishning faqat bitta umumiy bosqichi mavjud);

  • kо‘p bosqichli (iyerarxik, shajara) tarkib. Shajara XT kompyuterlar yoki protsessorlar axborotlarga ishlov berishning turli bosqichlariga taqsimlangan, ba’zi kompyuterlar (protsessorlar) ba’zi vazifalarni bajarishga maxsuslashtililishi mumkin.

Va nihoyat XT aytib о‘tilganidek bо‘linishi mumkin:

  • bir mashinalik;

  • kо‘p mashinalik;

  • kо‘p protsessorlik.




Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish