10.1. Birlamchi tarmoqlar
Birlamchi yoki transport tarmoqlari (transmission networks) – bu maxsus kо‘rinishdagi telekommunikatsion tarmoqlardir, ular doimiy global yuqori tezlikdagi kanallarni yaratish uchun mо‘ljallangan bо‘lib, sо‘ng boshqa tarmoqlarni yaratishga ishlatiladi, masalan, telefon yoki kompyuter tarmoqlarini.
Birlamchi tarmoqlarni boshqa telekommunikatsion tarmoqlardan farqi quyidagidan iborat, u telefon apparatlarini bog‘lovchi telefon tarmoqlari qiladigandek yoki kompyuterlarni о‘zaro bir-biri bilan ulovchi oxiridagi foydalanuvchining terminal qurilmalari bilan ishlamaydi. Buning о‘rnida birlamchi tarmoq kanallari boshqa tarmoqlarning kommunikatsion qurilmalarini ulaydilar va ular esa о‘z navbatida oxiridagi foydalanuvchining terminaliga xizmat kо‘rsatadilar.
Telefon va kommunikatsion tarmoqlar birlamchi tarmoqlarga nisbatan ikkalamchi yoki ustama (overlay) tarmoq bо‘lib xizmat qiladi.
Birlamchi tarmoq arxitekturasi telekommunikatsion tarmoqning umumlashtirilgan arxitekturasiga mos keladi, yaʻni kabelli aloqa yо‘llari va kommutatorlardan tashkil topgandir.
Birlamchi tarmoqlarda kanallar kommutatsiya texnikasi ishlatiladi, shuning uchun bu tarmoqlarning kanallari qayd qilingan о‘tkazish xususiyatiga ega.
Birlamchi tarmoq kommutatorlarining alohida xususiyati bо‘lib, ular kanallarni dinamik kommutatsiyalamaydi, yaʻni telefon tarmoqlarida sodir bо‘ladiganidek foydalanuvchi qurilmasining sо‘rovi bilan emas, apparatda nomer terilganda tuzilgan kanalni chaqirilayotgan abonent apparati bilan kommutatsiyalanadigan, balkim tarmoq operatorining buyrug‘i bilan statik kommutatsiyalanadi.
Shuning uchun birlamchi tarmoqning tuzilgan ularni kanalini ulovchi ustama tarmoqning ikki kommutatori uchun doimiy oddiy kabel ulanishi bо‘lib qoladi, ustama tarmoq kommutatorlari ular orasida joylashgan birlamchi tarmoq kommutatorlarini “kо‘rmaydilar”. Bunday hollarda, birlamchi tarmoq ularning kanallari orqali ishlovchi ustama tarmoq uchun shaffof deb aytiladi.
10.1-rasmda birlamchi tarmoq orqali ulangan uchta marshrutizatorli (pastdagi yuza), ustama tarmoq paketlarni kommutatsiyalashdagi (yuqoridagi yuza) qismi kо‘rsatilgan.
10.1-rasm. Birlamchi tarmoq orqali marshrutizatorlarni ulanishi.
Odatda birlamchi tarmoqning bitta kabeli multipleksirlash hisobiga kompyuter yoki telefon tarmoqlarining bir necha yuz magistral kanallarining trafigini uzatish imkoniyatini beradi.
Birlamchi tarmoqlarni yaratishning bir necha texnologiyasi mavjud:
plezioxronli raqamli iyerarxiya (PDH);
sinxron raqamli iyerarxiya (SDH/SONET);
zichlashtirilgan tо‘lqinli multipleksirlash (DWDM);
optik transport tarmog‘i (OTN).
Do'stlaringiz bilan baham: |